Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə60/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Amudaryo rayoni. Amudaryoning o’zaniga yaqin har ikkala sohillarida to’qayzorlar mavjud bo’lib, ular ekoturlar uchun juda qiziqarli noyob landshaft ko’rinishlardan bo’lib hisoblanadi. Quyi Amudaryoning o’ng sohilida to’qay langshaftidagi qushlar va hayvonlarni muhofaza qilish uchun Badayto’qay qo’riqxonasi tashkil etilgan. Unga ma’rifiy-ma’naviy maqsadda tashrif buyurishni uyushtirish mumkin. Ornitafaunani saqlash uchun Xorazm buyurtmaxonasi tashkil etilgan. Bulardan tashqari Qizilqumning g’arbiy qismida, Amudaryoning o’ng qirg’og’ida, kembriy va kembriygacha burmalangan tog’ jinslari ochilmalaridan iborat, balandligi 485 metrlik Sulton Uvays tog’lariga ekoturlar uyushtirish mumkin. Amudaryo rayonida O’zbekistonning ko’hna shaharlaridan biri Xorazm joylashgan. Xorazmdagi arxitektura yodgorliklari tarixiy turizm markazlaridan biri hisoblanadi. Ekoturlarni tarixiy turlar bilan kompleks olib borish tavsiya etiladi.
Qizilqum rayoni cheksiz qumliklardan iborat bo’lsada, lekin boy o’simlik va hayvonot olamiga ega. Bu yerda eolrelef shakllari – qum marzalari, do’ng qumliklar faqatgina shu yerga xos bo’lgan go’zal tabiat manzaralariga ega. U “sahro kemasi” — tuyalarda ekuskursiyalar uyushtirish ekzotik turizmni eslatadi. 1971 yilda tashkil etilgan va 10.3 mingga maydonda joylashgan Qizilqum davlat qo’riqxonasida to’qay va cho’l landshafiga xos bulgan o’simlik va xayvonlarni muhofaza etadi. Ekoturistik obyektlardan biri bulgan qo’riqxonada buxoro bo’g’usi (xongul), tung’iz, qirgovul, echkemar, jayron, qum charxiloni, turkiston kobrasini va xattoki, Prajivalskiy otlari saqlanadi. Ko’rkam tabiat o’rtasidagi ovullarda mehmon bo’lib, yulduzli osmon ostida kechani o’tkazish sayyohlarga zavq bag’ishlaydi. Kizilqumda bahor oylarida kishilarga estetik zavq berib, xordiq chiqaradigan chiroyli gulli o’simliklar – lola, chuchmoma, eremurus, lolaqizg’aldoq, boychechak kabilar o’zgacha go’zallik kasb etadi. Qizilq­um rayoni yilning barcha fasllarida ajoyibdir. Tuyalar karvoni esa unga yanayam ekzotik tus beradi, hamda uni jozibadorligini ortiradi.
Nurota rayoni o’zining ajoyib tabiat manzaralari, tari­xiy arxitektura yodgorliklari bi­lan kishilarni maftun etadi. 1975 yilda tashkil etilgan va maydoni 17,8 ming ga bo’lgan Nurota tog’ yong’oqzor - meva qo’riqxonasi mavjud. Bu qo’riqxonaga "Ekosan" qoshidagi "Ekosantur" firmasi tomonidan ko’plab marshrutlar uyushtirilgan. Oqtog’ning janubiy yon bag’rida joylashgan shamol tasirida tebranib turuvchi bahaybat xarsang toshli «Samjigumon», «Koriz qoldiqlari» kabi tabiat yodgorligi ekoturizmning mo’him obyektlaridan bo’lib hisoblanadi.
Nurota tog’ oldida joylashgan "Chashma bo’log’i" ko’p asrlardan buyon Nurota shahri va uning atrofidagi qishloqlarni suv bilan taminlash bilan bir qatorda diniy ziyoratgohdir. Buloq yakinida "Chilistun" masjidi, Madrasa, Abul Xasan Nuriy maqbarasi va qalasi joylashgan Chashmadagi baliqlar ilohiy hisoblanadi. Baliqdan taralayotan nur inson nigohini lol qoldiradi.
Qoratog’ tizmasiniig janubiy yon bag’rida «Sarmish darasi»dagi qoyalarda avlodlarimizning hayoti va madaniyatini aks ettiruvchi lavhalar, rasmlar ishlangan.
Janubiy Nurota tizmasida uzunligi 110 m, absolyut balandligi 1060 m, maydoni 163 m2 keladigan "Maydon karst g’ori", Shimoliy Nurota tizmasidagi uzunligi 130 m, absolyut balandligi 1100 m. maydoni 70 m2 keladigan «Xonaixudo karst g’or»da speleoturizmni rivojlantirish mumnin. Bulardan ta­shkari, XI asrda bunyod etilgan va XVIII asr boshlarigacha turgan "Rabot Malik karvonsaroyi» sayyohlarning tuxtash joyi, shuningdek savdogarlarning savdo qilish joyi bo’lgan. Rabot Malik yonida ming yillik tarixga ega bo’lan madaniyat yodgorligi - sardoba uchraydi. Yer ichiga 12 m. botirilan sardobada butun yoz buyi muzdek va toza suv saqlangan.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin