Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə58/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Qo’yi Amudaryo turistik rayoni .O’zbekiston Respublikasining eng g’arbiy qismida, ma’muriy jihatdan Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasidan iborat. U o’zining madaniy – tarixiy obidalari, arxeologik yodgorliklari, hunarmandchiligi va san’atining o’ziga xosligi, hamda tabiiy – rekreasiya resurslari bilan boshqa hududlardan ajralib turadi. Albatta bu turistik rayonning o’zagini Xorazm vohasi tashkil etadi. Bu voha o’zining qadimiy madaniyati, ilmu – fan va san’ati bilan mashhurdir.

    1. Turistik rayonlardagi turistik resurslar salohiyati.

O’zbekiston turistik rayonlardagi turistik resurslar salohiyati keng imkoniyatlarga ega. Turizmni bu sohasini rivojlantirish uchun rayonlashtirishni amalga oshirish katta ahamiyatga ega. Ekologik turizm nuqtai nazardan ekoturistik rayonlashtirish – ma’lum bir hududni uning ekoturistik holati, imkoniyati va kelajak istiqbollariga ko’ra ajratishdir.
Ekoturistik rayonlashtirishning ilmiy asosi sifatida qo’yidagi geoekologik tasnifiy belgilar olindi:

  • har bir tabiiy geografik kompleks qaytarilmas ekoturistik imkoniyatlarga, ya’ni regionallik xususiyatlariga ega;

  • ekoturistik obyekt chegarasi doimo ham ma’muriy chegara to’g’ri kelavermaydi, ya’ni tabiiy geografik kompleks ta’sir doirasida turadi va shuning uchun ham undan kompleks foydalanish imkoniyati ochib berilishi lozim. Tabiatga uyushtirilgan sayyohlik mohiyatida tabiatni muhofaza qilish, turistlarning ekologik ongi va madaniyatini ko’tarish, buzilgan tabiat komplekslarini qayta tiklash masalalari turishi lozim;

  • ekoturistik rayonlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish va uning jozibadorligini namoyon etish uchun ekoturstik marshurutlar, tarixiy, tabiiy, ma’naviy-ma’rifiy, diniy kabi turistik sayohatlar bilan birga olib borish imkoniyatlarini hisobga olish, ekoturistlarni milliy g’oya ruhida tarbiyalash imkoniyatini yuzaga chiqarish va h.k.

Yuqorida aytib o’tilgan ilmiy prinsip va asoslarga binoan A.Nig’matov va N.Shomuratovalar O’zbekiston hududini 14 ta ekoturistik rayonga ajratgan..

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin