Urganch davlat universiteti



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/51
tarix26.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#51586
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   51
IMLO MAJMUA 21-22

 


39 

 

11-MA‟RUZA 



Mavzu: Yozuvda raqamlar imlosi. Arab va rim raqamlari  

Reja

1. O„zbek imlosida qo„llaniladigan raqamlar va ularning imlosi.  

2. Rim va arab raqamlari imlosi 

3. Raqamlarning harflar yordamida ifodalanishi.  

4. Abjad hisobi. Ta‟rix sana‟ti.  

 

Raqam – arabcha so„z bo„lib, «son», «tartib», «yozmoq» degan ma‟nolarni 

ifodalaydi.  Eski  o„zbek  yozuvida  bitilgan  qo„lyozma  kitoblar  varaqlab  ko„rilsa, 

ba‟zilarining  sahifalariga  raqamlar,  ayrimlariga  esa  poygir  qo„yilganining  guvohi 

bo„lamiz.  Hozirgi  kunga  qadar  arab  raqamlari  deb  yuritilib  kelinayotgan 

raqamlarning tarixi uzoq o„tmishga borib taqaladi.  

Eng  qadim  zamonlarda  dastlabki  raqamlar  so„zlar  orqali  ifodalangan. 

Keyinchalik  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  natijasida  nisbatan  murakkabroq, 

mukammalroq bo„lgan belgilar va hisoblash sistemalari yuzaga keldi.  

Tarixiy  manbalardan  ma‟lum  bo„lishicha,  raqamlarni  ifodalovchi  dastlabki 

shartli  belgilar  bobilliklar  va  misrliklarga  taalluqli  bo„lgan.  Miloddan  avvalgi 

3000-2500  yillarda  Misr  ieroglif  raqamlarida  sonlarni  ifodalash  uchun  maxsus 

rasmlar,  turli  belgilar  paydo  bo„lgan.  Keyinchalik  ijtimoiy  hayotning  rivoji, 

xalqlarning ma‟naviy ehtiyoji o„laroq ushbu belgilar va Misr ieratik yozuvi asosida 

turli  xalqlar  yozuvlarining  ilk  namunalari,  hamda  harflarning  son  ma‟nosini 

ifodalovchi dastlabki raqamlar yuzaga kelgan.  

Ma‟lumki,  eramizdan  avvalgi  1-ming  yillikda  Hindiston  fan  sohasida, 

jumladan  matematika  va  astronomiya  sohasida  yuqori  pog„onaga  ko„tarilgan. 

Hindlar 360 kundan iborat bo„lgan ilk quyosh taqvimlarini yaratganlar. Bu davrda 

Hindistonda hisobning o„nlik sistemasi keng rivoj topdi. Hindlar nolni ifodalovchi 

belgini o„ylab topdilar, raqamlarni esa hozir butun dunyo yozayotgan raqamlardek 

yozdilar. Biz hozir bu raqamlarni «arab raqamlari» deb ataymiz. Chunki mazkur 

raqamlar  arablarda  o„zining  keng  rivojini  topgan  edi.  Lekin  aslida  arablar 

raqamlarni hindlardan o„zlashtirgan edilar.  

Bungacha  ham  Hindistonda  turli  nomlar  bilan  ataluvchi  raqamlarning  ilk 

ko„rinishlari  amalda  bo„lgan.  Manbalardan  ma‟lum  bo„lishicha,  o„sha  paytda 

mavjud  bo„lgan  «gvalior»  raqamlari  arab  raqamlarining  yaratilishiga  zamin 

bo„lgan.  




40 

 

Ma‟lumki, «Baytul-hikma» (Ma‟mun akademiyasi) nomi bilan keng shuhrat 



tutgan  ilmiy  dargoh  faqat  tarjimonlik,  xattotlik,  kitobat  ishlari  bilangina 

qanoatlanmay,  ilmiy  ekspeditsiyalar  ham  uyushtirgan.  Ana  shu  ilmiy 

ekspeditsiyalarning  biriga  Muso  al-Xorazmiy  boshchilik  qilgan.  Bu  ekspeditsiya 

830-yilda  G„arbiy  Hindistonda,  so„ng  Vizantiya,  keyinchalik  Xorazm  vohasida 

faoliyat  yuritgan.  Ma‟lumotlarga  qaraganda,  Xorazmiy  hind  sifralari  (nol  raqami 

bir  nuqta  (.)  shakli  bilan  ifodalanib  sifr  deb  atalgan)  bilan  o„zi  amalga  oshirgan 

ekspeditsiya davrida tanishgan.  

Xorazmiy  u  yerda  o„nta  son  ma‟nosini  ifodalovchi  raqamlar  sistemasini 

o„rganib  chiqib,  ularni  soddalashtiradi  va  kengaytiradi.  So„ng  ilk  bor  arab  tilida 

o„zining «Arifmetika» kitobida bayon qilib beradi. Xorazmiyning hind raqamlariga 

bag„ishlangan  ushbu  kitobi  avval  arab  sharqiga  kirib  keladi.  Keyinchalik,  lotin 

tiliga  tarjima  qilingach,  X  asrda  Ispaniyada,  XVII  asrda  esa  butun  Yevropaga 

tarqaladi.  Demak,  Xorazmiy  hind  raqamlari  asosida  hozirgi  arab  raqamlarini 

rasmiylashtirib, uning jahonga tarqalishiga katta hissa qo„shgan buyuk olimdir. Bu 

raqmlarning  ayrim  shakllari  va  ko„plikni  ifoda  etish  usullari  hozirgi  joriy 

yozuvimiz raqamlari va ular tartibidan unchalik tafovut qilmaydi. amalda qo„llanib 

kelinayotgan arab raqamlari quyidagilar:  

 ۱–1      ۲–2      ۳–3      ۴–4      ۵–5      ۶–6      ۷–7      ۸–8      ۹–9      ۱۱–10  

Ma‟lumki,  arab  yozuvida  xat  o„ngdan  chapga  qarab  yozilsa-da,  raqamlar 

hozirgi yozuvlarimizdagi kabi chapdan o„ngga qarab yozilgan.  

O„tmishda  qo„lyozma  kitoblar  sahifalarini  tartibga  keltirishda  raqamlashga 

nisbatan poygirlar qo„yish kengroq urf bo„lgan. Poygir so„zi fors tilidagi po (oyoq) 

va giriftan (olmoq) fe‟lining birikuvidan hosil bo„lgan bo„lib, «oyoq olmoq», ya‟ni 

«ketma-ket  kelishlik»  ma‟nosini  anglatadi.  Poygir  varaqlarning  aralashib 

ketmasligini ta‟minlaydi hamda qo„lyozma asarlarning to„liq yoki to„liq emasligini 




41 

 

aniqlashga yordam beradi. Poygir – kelgusi sahifadagi birinchi so„z yoxud iborani 



tugallanayotgan  sahifa  tagiga  yozib  qo„yish  demakdir.  Shu  xususiyatlari  bilan 

poygir  yozma  yodgorliklarda  raqamlar  ifodalashi  mumkin  bo„lgan  vazifani 

bajargan.  


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin