Urganch davlat universiteti



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/51
tarix26.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#51586
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51
IMLO MAJMUA 21-22

Ta‟rix san‟ati. Ta‟rix biron muhim voqea, hodisaning sodir bo„lgan vaqtini 

abjad  hisobi  bilan  aniq  ifodalaydigan  maxsus  nazmiy  asar  bo„lib,  qofiyalanish  va 




43 

 

hajm jihatidan qat‟iy bir qoidaga ega emas. Shu sabab u masnaviy, qasida,  g„azal 



va boshqa janrlarda ham yozilishi mumkin.  

Ta‟rixlar  asosan  qo„lyozma  yodgorliklarning  yozilishi,  xotima  topishi, 

nusxalar ko„chirilib tugallanishi, hukmdorlarning taxtga o„tirishi yoki chetlatilishi, 

harbiy  yurishlar  vaqtidagi  g„alaba  yoxud  mag„lubiyat,  madrasa,  masjid,  yirik 

inshootlarining  qurilishi,  ta‟mirlanishi,  tabiat  hodisalarining  sodir  bo„lishi  bilan 

bog„liq voqealar munosabati bilan bitilgan.  

Ta‟rix  janri  ba‟zi  xususiyati  bilan  muammoga  o„xshab  ketadi.  Muammoda 

biron nom yashirib berilsa, ta‟rixda biron raqam, sana yashiringan bo„ladi. Ana shu 

sana  yashiringan  so„z  yoki  ibora  «ta‟rix  moddasi»  deb  atalgan  va  u  she‟r 

mazmuniga  ma‟nan  mos  kelishi  va  tarkibidagi  harflarning  son  ifodasi  shoir 

nazarda  tutgan  sanani  aniq  ifodalashi  shart  bo„lgan.  Raqamlarni  she‟rga  kiritish 

vazn  nuqtayi  nazaridan  qiyin  bo„lgani  sabab,  shoirlar  abjad  hisobiga  murojaat 

qilganlar. Ya‟ni ro„y bergan voqea sanasini harflar orqali ifodalash usulini qo„llab 

ta‟rixlar  yaratganlar. Bu  usul  turli  sanalarni  so„zlar vositasida oson  yodda  saqlab 

qolishni ham ta‟minlagan.  

Mashhur  ajdodlarimizdan  biri  Pahlavon  Mahmud  o„limiga  “Xivaqiy”  so„zi 

ta‟rix qilib yozilgan.  

Mirzo  Ulug„bekning  vafotiga  yozilgan  ta‟rix,  uning  qotili  nomi  bilan 

bitilgan, “Abbos kusht” ya‟ni, Abbos o„ldirdi. Mazkur so„zlar ta‟rix moddasi deb 

yuritiladi. Ular tarkibidagi harflarning raqamlari hijriy yilni keltirib chiqaradi.  

Melodiyga aylantirish uchun: Hij – Hij:33+622=Melodiy yil.  

Hijriyga aylantirish uchun: Mel – 622+(Mel – 622:32)=Hijriy yil. 

 


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin