3-Mavzu: NOGIRONLIK PENSIYALARI.
Reja:
Nogironlik pensiyalari tushunchasi, turlari va fuqarolar pensiya ta’minotida tutgan hrni.
Nogironlikni belgilash tartibi. Nogironlik guruhlari va nogironlik sabablari.
Nogironlik pensiyasi tayinlash asoslari va shartlari.
Mayib-majruh va ojizu notavon fuqarolariga mehr-muruvvat khrsatish, ularga g’amxhrlik hamda homiylik qilish demokratik, huquqiy davlatning asosiy xususiyatlaridan sanaladi.
SHarq xalqlarida, jumladan, O’zbekistonda beva-bechoralarga yordam qo’lini cho’zish, ularga yordam ko’rsatish xalqning milliy xususiyatlaridan bo’lib, ming yillar davomida tarkib topgan va rivojlanib kelayotgan tarixiy an’analar jumlasiga kiradi.
Bugungi kunda O’zbekistonda aholining nochor, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami sifatida nogironlar davlatning alohida muhofazasiga olingan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 7 dekabrdagi «2000–2005 yillarda yolg’iz keksalarni, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi to’g’risida»gi qarori qabul qilinishi va shunga oid davlat dasturining tasdiqlanishi hamda rhyobga chiqarilishi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2001 yil 6 dekabrda «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yhnaltirilgan tarzda qhllab-quvvatlashning 2002-2003 yillarga mhljallangan dasturi to’g’risida»gi qarorning qabul qilinishi va ana shu maqsadga qaratilgan dasturning ma’qullanishi, qolaversa, ushbu dasturni rhyobga chiqarilishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 25 yanvarda «AHolini ijtimoiy Himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yhnaltirilgan tarzda qhllab-quvvatlashni kuchaytirish to’g’risida»gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 25 yanvardagi «Aholining ijtimoiy Himoyaga muHtoj qatlamlarini aniq yhnaltirilgan tarzda qhllab-quvvatlashning 2002-2003 yillarga mhljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori va boshqa qonun Hujjatlari qabul qilinishi davlatimiz tomonidan aHolining zaif qatlamlarini, xususan, nogironlarni ijtimoiy Himoya qilish masalalariga qay darajada katta aHamiyat berilayotganligini yaqol khrsatadi.
SHuni aytish kifoyaki, davlat budjeti xarajatlarining 45–50 foizga yaqini aHolini ijtimoiy Himoyalash uchun ajratiladi. qonun Hujjatlarida aHolining 14 toifasi uchun 136 turdagi nafaqalar va imtiyozlar berish nazarda tutilgan.
Bugungi kunda O’zbekistonda yarim millionga yaqin fuqarolar nogironlik pensiyasi oladilar va ularga ana shu maqsadda o’nlab milliard so’m mablag’ sarflanadi.
Fuqarolarni nogironlik pensiyasi bilan ta’minlashning Huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (39-moddasi), O’zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonuni (III bob, 15-18-moddalari) «O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida»gi qonun va boshqa qonun Hujjatlari sanaladi.
«Nogiron» shaxs atamasining rasmiy ta’rifi «O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida»gi qonunning 1-moddasida bayon etilgan. Unga ko’ra:
«Jismoniy yoki aqliy nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj bo’lgan shaxs nogiron hisoblanadi.
SHaxsning turmush faoliyati cheklanganligi uning o’z-o’ziga xizmat qilish, yurish, yo’lni topa bilish, muloqot qilish, o’z xatti-harakatlarini nazorat qilish, shuningdek, mehnat faoliyati bilan shug’ullanish qobiliyati yoki imkoniyatini thla yoki qisman yo’qotganligida ifodalanadi».
Nogironlarga tegishli asoslar mavjud bo’lganida nogironlik pensiyalari, boshqa hollarda esa nogironlik nafaqalari tayinlanadi.
Nogironlik pensiyasi mehnatda mayib bhlish yoki kasb kasalligiga chalinish tufayli nogiron bo’lgan shaxslarga ish staji miqdoridan qat’i nazar, turmushda jarohatlanish yoki umumiy kasalliklardan nogiron bo’lib qolgan shaxslarga esa yoshga mutanosib keluvchi mehnat stajiga ega bo’lganlarida tayinlanadi. Belgilanganidan kam mehnat stajiga ega bo’lgan umumiy kasallik yoki turmushdagi jarohatlanish (maishiy jarohat) oqibatida nogiron bo’lib qolgan shaxslarga thliq bo’lmagan miqdordagi nogironlik pensiyasi tayinlanadi.
Demak, nogironlik pensiyalari nogironlik sabablariga ko’ra ikki turga bhlinadi:
1) Mehnatda mayiblangan yoki kasb kasalligiga duchor bo’lgan shaxslarga tayinlanadigan nogironlik pensiyalari;
2) Umumiy kasallik va turmushdagi jarohatlanish oqibatidagi nogironlik pensiyalari.
Pensiya hajmiga ko’ra:
1) Thliq miqdordagi nogironlik pensiyalari;
2) Ish staji thliq bo’lmagan chog’da tayinlanadigan nogironlik pensiyalari.
Nogironlik sabablari tasnifiga muvofiq ham nogironlik pensiyalarini yana bir qator turlarga bhlish hollari uchrab turadi (masalan, Harbiy xizmatchilarning nogironlik pensiyalari, CHernobil atom elektr stantsiyasi Halokati oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan shaxslarga tayinlanadigan nogironlik pensiyalari va hokazolar).
Nogironlik yuz berganligi fakti va uning yuz berish sabablari hamda muddati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Voyaga etmagan bolalar, bolalikdan nogiron bo’lgan shaxslar va mehnat stajiga ega bo’lmagan shaxslarga belgilangan tartibda va miqdorda nogironlik nafaqalari tayinlanishi ko’zda tutilgan.
Nogironlik pensiyalari tayinlash paytida qonunchilik va ijtimoiy adolatni ta’minlash shartlaridan biri – o’z vaqtida, to’g’ri, holisona yondashgan holda nogironlik yuz berganligi faktining belgilanishidir.
Nogironlik pensiyalari tayinlash uchun nogironlikni, uning sabablari, yuz bergan muddatini belgilash vakolati maxsus organ – tibbiy mehnat ekspertizasi komissiyasi (TMEK)ga berilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 6 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aHolini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi to’g’risida»gi Nizomning 9.6-bandiga ko’ra, tibbiy mehnat ekspertizasi va nogironlarni sog’lomlashtirish ishlariga rahbarlik qilish ushbu vazirlik zimmasiga yuklatilgan.
Ana shu vazifalarni amalga oshirish maqsadida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzurida quyidagilar tashkil etilgan:
1) Nogironlarni ekspertizadan o’tkazish va sog’lomlashtirish masalalari bhyicha respublika inspektsiyasi;
2) Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb bhyicha sog’lomlashtirish Respublika Markazi;
3) Tayanch-Harakat qilish tizimi buzilgan nogironlarni sog’lomlashtirish Respublika Markazi;
4) Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionati va sanatoriysi;
5) Ijtimoiy ta’minot kasb-hunar kolleji.
Ushbu muassasalarning barchasi u yoki bu darajada nogironlik masalalari bilan shug’ullanadi.
YUqorida qayd etilganidek, nogironlik yuz berganligi fakti, uning yuz bergan vaqti, sabablari hamda nogironlik guruhlarini belgilash Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mustaqil tarkibiy bhlimi sanaluvchi tibbiy mehnat ekspertizasi komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Uning ushbu masaladagi vazifalari, vakolatlari, Huquq va majburiyatlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 23 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan «Tibbiy mehnat ekspert komissiyalari to’g’risida»gi Nizomi bilan belgilab qo’yilgan.
Mazkur nizomning 2-bandiga ko’ra, TMEK tizimi tarkibiga:
1)Nogironlarni ekspertizadan o’tkazish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika inspektsiyasi – Oliy bhg’in;
2)Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Markaziy tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari – o’rta bo’g’in;
3) tuman, tumanlararo, shahar (umumiy ixtisos bo’yicha) va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalari – boshlang’ich bhg’in kiradi.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qoshidagi O’zbekiston ekspertiza va nogironlar mehnat qobiliyatini tiklash ilmiy-tekshirish instituti – maslahat beruvchi bhg’in bo’lib, uning faoliyati o’zi to’g’risidagi nizomga binoan tartibga solinadi.
Har bir tibbiy mehnat-ekspertiza komissiyasi tarkibi – Markaziy (viloyat) TMEKlari 4 vrachdan (terapevt, xirurg, nevropatolog Hamda mintaqaviy xususiyat e’tiboriga olingani Holda boshqa tibbiyot mutaxassisi), tuman (shahar) TMEKlari esa 3 vrachdan (terapevt, xirurg, nevropatolog) iborat bhladi.
Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida fuqarolarni tibbiy tekshirishdan htkazish yashash joyidagi yoki biriktirilgan davolash-kasallikning oldini olish muassasasida, mazkur TMEKga biriktirilgan tegishli davolash muassasasining yo’llanmasiga binoan htkaziladi.
Tibbiy tekshirishdan htkazish sifati, bemorlarni TMEKga o’z vaqtida yuborilganligi va uning asoslanganligi uchun javobgarlik davolash-kasallikning oldini olish muassasasi raHbari zimmasiga yuklanadi.
TMEKlar tibbiy tekshirishga 16 va undan katta yoshdagi fuqarolarni ularda pasport yoki ularning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat, davolash muassasasining yo’llanmasi (88u-shakl), kasallik tarixidan khchirma, mehnat tusi va sharoitlari haqidagi ma’lumotnoma bo’lgan taqdirda qabul qiladi.
Mehnatga layoqatini qancha foiz yo’qotganlik darajasini aniqlash uchun komissiyaga birinchi marta yuborilgan shaxslar baxtsiz hodisa yoki mehnat vazifasini bajarish bilan bog’liq holda salomatlikka boshqa xilda putur etishi to’g’risidagi dalolatnomani (N-I shakl) ham taqdim etadilar.
Ba’zi hollarda TMEKlar, ijtimoiy ta’minot organlarining maqsadi khrsatilgan holdagi yo’llanmasi bhyicha, 16 yoshdan kichik shaxslarni tekshirishdan o’tkazishlari mumkin.
Mehnatga layoqatni yo’qotganlik darajasiga ko’ra nogironlik 3 guruhga bhlinadi.
quyidagilar nogironlik sabablari hisoblanadi:
umumiy kasallanish;
mehnatda shikastlanish;
kasb kasalligi:
Harbiy xizmat vazifalarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan jarohatlanish, kontuziya, shikastlanish, kasallanish;
Harbiy xizmatni htash davrida duchor bhlingan kasallik;
Harbiy xizmatni bajarish bilan bog’liq bo’lmagan baxtsiz hodisa natijasida olingan mayiblik, shikastlanish, kontuziya;
fuqarolik burchini bajarish bilan bog’liq bo’lgan holda olingan kontuziya, shikastlanish;
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan nogironlikning boshqa sabablari ham belgilanishi mumkin.
Tibbiy-mehnat ekspertizasi komissiyasi majlislari faqat thliq tarkibda htkaziladi. Komissiya xulosasi komissiya raisi tomonidan shu zahoti tekshiriluvchi yoki uning qonuniy vakiliga ma’lum qilinadi. Agar tekshiriluvchiga nogironlik guruhi tayinlansa, bu haqda kasallik varaqasiga yoziladi hamda tekshirilganda shu kuniyoq rais tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan mehnatga layoqatning yo’qotganlik darajasi to’g’risidagi ma’lumotnoma beriladi.
Hujjatlar TMEKga topshirilgan va ro’yxatdan htkazilgan kun nogironlik belgilangan sana hisoblanadi. Agar nogironlik mehnatda shikastlanganlik yoki kasb kasalligi bilan bog’liq bo’lsa, tekshiriluvchiga mehnatga layoqatni yo’qotganlik foizlari va qhshimcha yordam turlari to’g’risida tibbiy tekshirish dalolatnomasidan khchirma beriladi. TMEKga yuborilgan bemorlarni davolashni davom ettirish zarur bo’lganda komissiya kasallik varaqasi muddatini uzaytirishni tavsiya qilish Huquqiga egadir.
Komissiya xulosasi bemorni yuborgan sog’liqni saqlash muassasasiga jhnatiladi. Bemor komissiyaga etarli asoslanmagan klinik diagnoz bilan yuborilgan hollarda komissiya uni O’zMENIITIga yoki boshqa davolash muassasalariga yuboradi. TMEK tomonidan yuborilgan bemorlar davolash muassasalariga navbatdan tashqari qabul qilinadilar.
Nogironlarni, shu jumladan, kasb bhyicha mehnatga layoqatni yo’qotganlikning foizlar bhyicha darajasini aniqlash uchun qayta tibbiy tekshirish 6 oy yoki yilda bir marta htkaziladi. Nogironlik navbatdagi qayta tibbiy tekshirish tayinlangan oyning birinchi kunigacha belgilanadi. qayta tibbiy tekshirishni belgilangan muddatlardan oldin htkazish salomatlik va mehnatga layoqat darajasi o’zgargan yoki TMEK qarorining asoslanmaganligi hollari aniqlangan taqdirda amalga oshiriladi. Muddatsiz nogiron deb hisoblangan shaxslar ham khrsatib htilgan muddatlarda qayta tibbiy tekshirishdan htkazilishi mumkin.
Erkaklarning 60, ayollarning 55 yoshga thlganligi muddatsiz nogironlik guruhini belgilash uchun asos bo’lib hisoblanadi. 60 yoshdan katta erkak va 55 yoshdan katta ayol nogironlarni qayta tibbiy tekshirishdan htkazish faqat ularning arizasiga binoan yoki TMEK qarori qalbaki Hujjatlar asosida chiqarilgan taqdirda amalga oshiriladi. Kasb bhyicha mehnatga layoqatni yo’qotganlikning foizlar bhyicha muddatsiz darajasi mehnatda jarohatlanish yoki salomatlikka boshqacha turda putur etishi oqibatida muddatsiz nogiron deb e’tirof etilgan shaxslarga, shuningdek, 60 yoshga thlgan erkaklarga va 55 yoshga thlgan ayollarga belgilanadi.
Tekshiriluvchi boshlang’ich (tuman, tumanlararo, shahar), ixtisoslashgan TMEK qaroridan norozi bo’lgan taqdirda, u bir oy mobaynida markaziy TMEKga murojaat qilishi mumkin. Boshlang’ich TMEK ariza tushgandan keyin 3 kun mobaynida tekshirish dalolatnomasini markaziy TMEKga beradi, markaziy TMEK shundan keyin 15 kun mobaynida arizachini qayta tibbiy tekshirishdan htkazadi va o’z xulosasini chiqaradi. Fuqaro yuqori TMEK xulosasidan norozi bo’lgan taqdirda u mintaqaning bosh ekspertiga yoki Ijtimoiy ta’minot vazirligining TMEK bhyicha inspektsiyasiga murojaat qilishga haqlidir.
Mazkur qarorga muvofiq, nogironlik guruhini aniqlash umumiy soHadagi birlamchi (tuman, tumanlararo shahar) va mazkur hududdagi kasallik tarkibi va nogironlik darajasiga qarab tashkil qilinadigan ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalarining faoliyati kollegial asosida amalga oshiriladi, ularning xulosalari ijtimoiy ta’minot organlarining pensiya masalalarini hal qilishda, shuningdek, nogironlarning mehnat sharoiti va xarakteri to’g’risidagi masalani hal qilishda korxona, muassasa va tashkilotlarning rahbarlari uchun ham shart sanaladi. Nogiron birlamchi TMEKning xulosasidan norozi bo’lsa, qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar Markaziy TMEKga shikoyat qilishi mumkin. Bu Markaziy TMEKga nogironlarning shikoyat va arizalariga ko’ra ularni khrikdan htkazish, birlamchi TMEK xulosasiga o’zgartish kiritish yoki bu qarorlarni bekor qilish Huquqi berilgan.
O’zbekiston Respublikasining «Nogironlarning ijtimoiy Himoyalanishi to’g’risida»gi 1991 yil 18 noyabrdagi qonuni 4-moddasiga muvofiq, nogiron, TMEK qaroridan norozi bo’lganda sudga Ham shikoyat qilish Huquqi.
Nogironlik pensiyalariga chiqish huquqiga ikki xil sababga ko’ra nogiron bo’lib qolgan va belgilangan tartibda nogiron ekanligi tasdiqlangan fuqarolar ega bhladilar.
Bular: birinchidan, mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish, ushbu sabablarga tenglashtirilgan holdagi (urush nogironlari, Harbiy xizmat burchini bajarish paytida yuz bergan va boshqa sabablarga ko’ra sodir bo’lgan nogironliklar bo’lsa; ikkinchidan, turmushda olingan jarohatlar (maishiy sabablarga ko’ra mayiblanish) yoki umumiy kasalliklar (ish bilan bog’liq bo’lmagan) oqibatidagi nogironliklardan iboratdir. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish yoki kasb kasalliklari tufayli nogironlik yuz berganida nogiron shaxsning mehnat staji va uning miqdoridan qat’i nazar, pensiya thliq miqdorda tayinlanaveradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi qarorining 7-ilovasida nogironlik mehnatda mayiblanish oqibatida kelib chiqan deb Hisoblanadigan nogironlik sabablari ro’yxati ko’zda tutilgan.
Agar nogironlik keltirib chiqaruvchi jarohatlanish, zaharlanish, issiq urishi, kuyish, sovuq urishi, chhkish yoki avariyalar tufayli salomatlikning boshqacha shikastlanishi quyidagi hollarda sodir bo’lsa (elektr toki yoki yashin urishi, shuningdek, tabiiy ofatlar (g’ayriqonuniy xatti-harakatlardan tashqari), nogironlik mehnatda mayiblanish tufayli sodir bo’lgan deb isoblanadi:
a) mehnat vazifalarini bajarishda (shu jumladan, xizmat safari vaqtida), shuningdek, korxona yoki tashkilot manfaatlari yo’lida Hatto maxsus topshiriqsiz biron ish bajarganda;
b) korxona, tashkilot hududida yoki boshqa ish joyida ish vaqti davomida (belgilangan tanaffus vaqti ham shunga kiradi), shuningdek, ish boshlanishi yoki tugashi oldidan ishlab chiqarish qurollarini, kiyim-bosh va boshqalarni tartibga keltirish uchun zarur bo’lgan vaqt davomida;
v) ish vaqti davomida (belgilangan tanaffuslar ham shunga kiradi) korxona, tashkilot yoki boshqa ish joyi yaqinida, agar u erlarda bhlish ichki mehnat tartibi qoidalariga zid bo’lmasa;
g) ishga borayotganda yoki ishdan qaytayotganda;
d) vaxtali shaharcha hududida vaxta-ekspeditsiya usuli bilan va tabiiy ofat vaqtida smenali dam olishda bo’lgan xodim bilan yuz berganda;
e) davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishda, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi qonun Hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda ro’yxatga olingan jamoat tashkilotlarining topshiriqlarini (garchi bu topshiriqlar asosiy ish bilan bog’liq bo’lmasa ham) bajarishda;
j) inson hayotini saqlab qolish, O’zbekiston Respublikasi davlat va jamoat mulkini, fuqarolar mulkini, Huquq-tartibotni qhriqlash bhyicha O’zbekiston Respublikasi fuqarosi burchini bajarish vaqtida;
z) ish kuni davomida ma’muriyatning (bo’lim, bo’linma, tsex, uchastka rahbarlarining va shu kabilarning) xodimning vazifasiga kirmaydigan topshiriqlarini bajarish vaqtida;
i) donorlik vazifasini bajarish munosabati bilan.
Nogironlikning yuz berish sabablari ishlab chiqarishda yuz bergan voqea-Hodisalar bilan qay darajada bog’liqligini aniqlash paytida yuqorida keltirilgan ro’yxatdan tashqari, Vazirliklar Mahkamasining 1994 yil 1 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq Holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatligining boshqa xil shikastlanishi tufayli etkazilgan zararni ish beruvchi tomonidan thlash qoidalari»ga hamda O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 1997 yil 6 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan «Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to’g’risida»gi Nizom talablariga amal qilinmog’i lozim bhladi.
Nogironlik kasb kasalligi oqibatida yuz bergan deb hisoblanishi uchun xodimga ishlab chiqarishning zararli ta’sir khrsatuvchi omillari (shovqin, radiatsiya, kimyoviy, fizik, biologik va boshqa ta’sirlar) oqibatida kasallik kelib chiqan, vaqt htishi bilan kuchaygan bo’lishi lozim. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi qarorining 6-ilovasida kasb kasalliklari ro’yxati keltirilgan bo’lib, unda 7 qismdan iborat bo’lgan 126 xil kasallik turlari sanab khrsatib qo’yilgan.
Pensiya ta’minoti sohasida urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar ham ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar yoki kasb kasalligi yuz berishi oqibatida nogiron bo’lgan shaxslar bilan teng huquqlarga egadirlar. Urush nogironlari tushunchasi ta’rifi va urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslar doirasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 sentabrdagi qarori 2-ilovasida bayon etilgan.
Ikkinchi jahon urushi va boshqa urushlarda harakatdagi armiya tarkibida harbiy xizmatni o’tagan, O’zbekiston Respublikasini himoya qilishda yaralangan, kontuziya bo’lib qolgan, mayiblanish yoki kasallanish natijasida nogiron bo’lib qolgan harbiy xizmatchilar urush nogironlari isoblanadilar. Urush nogironi sanalmasalar-da, ammo nogiron bo’lib qolish holatlari va sabablariga ko’ra ularga tenglashtirilgan shaxslarning ro’yxati tarkibiga 9 ta sababga ko’ra nogiron bo’lib qolgan harbiylar va harbiy xizmatchi sanalmaydigan boshqa shaxslar kiritilgan.
Davlat va jamoat vazifalarini, mahalliy hokimiyat organlarining kasbiy yoki jamoat tashkilotlarining maxsus topshiriqlarini bajarishda bu topshiriqlar asosiy ish bilan bog’liq yoki bog’liq emasligidan qat’i nazar mehnatda mayiblanish hisoblanadi. Sud jarayonida xalq maslahatchisi, ekspert yoki guvoh bo’lib ishtirok etish, kasaba uyushmasi konferentsiyasida qatnashish, maxsus topshiriqlarni bajarish, aholi ro’yxatini htkazishga yordam berish va hokazolar davlat yoki jamoat topshiriqlarini bajarishga misol bhladi.
Respublika fuqarosi burchini bajarish deb inson hayotini saqlab qolishda, davlat va jamoat mulkini, fuqarolar mulkini asrashda, huquq-tartibotni himoya qilishda sodir bo’lgan nogironlik mehnatda mayiblanish hisoblanadi. Respublika fuqarosi burchini bajarishda, inson hayotini saqlab qolishda, tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatishda, mulkni qhriqlashda, qonunbuzarlarni ushlashga yordam khrsatishda qatnashishi tushuniladi. Xodimning donorlik vazifasini bajarishi natijasida yuzaga kelgan nogironligi mehnatda mayiblanishdan boshlangan hisoblanadi.
Safarda baxtsiz hodisa natijasida yuzaga kelgan nogironlik, agar baxtsiz hodisa mehnat vazifasini bajarish davrida yoki safarga jhnatilgan erga borayotgan vaqtda yoki qaytib kelayotganda, shuningdek, safar vaqtida xizmat qatnovlarida yuz bergan bo’lsa, mehnatda mayiblanish hisoblanadi. «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonunning 16-moddasiga ko’ra: «Sog’lig’i yoki mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasiga qarab, nogironlikning uch guruhi aniqlanadi.
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek, nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Nizom asosida ishlovchi tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi». Tibbiy mehnat ekspert komissiyalari nogironlik guruhini belgilash paytida ob’ektiv mezonlarga asoslanadi va I guruh nogironi deb topish uchun tana funktsiyasi jiddiy buzilgan va bemor o’ziga o’zi xizmat qila olmasligi, boshqa shaxslarning doimiy parvarishi va ko’magiga muhtoj bo’lishi lozim bo’ladi.
SHaxs II guruH nogironi deb e’tirof etilishi uchun kishi organizmi, uning a’zolari funktsiyasi birmuncha buzilgan bo’lishi, mehnat qilish qobiliyati barqaror tarzda doimiyga yoki uzoq muddatga yo’qolgan, jiddiy ravishda pasaygan bo’lishi lozim. II guruh nogironi deb topilgan shaxslar maxsus yaratilgan mehnat sharoitida mehnat qilishlari mumkin bhladi. III guruh nogironligi uzluksiz kasallik yoki inson tanasi a’zolaridagi tug’ma yoxud orttirilgan nuqson tufayli belgilanadi. III guruh nogironlari mehnat qobiliyati birmuncha pasaygan bo’lsa-da, saqlanib qoladi va shu sababli ushbu nogironlik «yarim nogironlik» deb ham yuritiladi.
Turmushdagi jarohatlanish (maishiy mayiblanish) yoki umumiy kasallik tufayli nogironlik yuz berganida nogironlik pensiyasi muayyan shartlar mavjud bo’lgani holda tayinlanishi mumkin. Bunday shartlardan eng birinchisi – nogiron shaxs yoshiga mutanosib ravishdagi mehnat stajiga ega bo’lishi lozimligidir.
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonunning 17-moddasiga muvofiq: Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi. Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar quyidagicha ish stajiga ega bo’lgan taqdirda tayinlanadi:
YOshi
Ish staji (yil Hisobida)
23 yoshga qada
2
23 yoshdan 26 yoshga qadar
3
26 yoshdan 31 yoshga qadar
5
31 yoshdan 36 yoshga qadar
7
36 yoshdan 41 yoshga qadar
9
41 yoshdan 46 yoshgacha
11
46 yoshdan 51 yoshgacha
14
51 yoshdan 56 yoshgacha
17
56 yosh va undan oshganda
20
20 yoshga thlgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash thxtatilgandan keyin nogiron bo’lib qolgan shaxslarga pensiyalar ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi. Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga htkazilganda zarur staj nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab aniqlanadi.
20 yoshga kirguniga qadar nogiron bo’lib qolgan fuqarolarga umumiy kasallik tufayli nogiron bo’lib qolganlarida nogironlik pensiyasi tayinlanishi paytida mehnat staji talab etilmaydi. Biroq bu shaxslar ishga kirganlaridan keyin yoki muayyan muddat ishlab, shngra ishdan bhshagach, nogiron bo’lib qolgan bo’lsalargina, nogironlik pensiyasi tayin etilishi mumkin. Umumiy kasallik (maishiy jarohatlanish) tufayli nogiron bo’lib qolgan va yoshiga mos ravishda talab qilinadigan ish stajiga thliq ega bo’lmagan fuqarolarga (masalan, 25 yoshda nogiron bo’lib qolgan shaxs 3 yillik mehnat staji hrniga bor-yhg’i 1 yillik stajga ega bo’lsa) nogironlik pensiyasi ularning mavjud mehnat stajiga mutanosib ravishda tayinlanadi.
Bunda nogironlik pensiyasi faqat I va II guruh nogironi deb topilgan shaxslargagina tayinlanadi va III guruh nogironlariga thliqsiz mehnat staji bilan pensiya tayinlash nazarda tutilgan emas. Ish staji thliq bo’lmaganda nogironlik pensiyasi thlanishi chog’ida har qanday mehnat staji ham (bolalarni parvarishlash davri, o’qish davri va hokazo) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga olinaveradi.
Dostları ilə paylaş: |