Tarash sifatini va iflosliklar miqdorinianiqlash usullari.
Tarash mashinasidan chiqayotgan taram va piltani sifatini quyidagi xarakteristikalar
yordamida aniqlanadi:
1.
Tolalarning ajralganlik darajasi bilan,
2.
Taram tarkibidagi iflosliklar miqdori bilan,
3.
Taramdagi tolalar orientatsiyasi bilan,
4.
Tolalarni tekislanganlik darajasi bilan,
5.
Tolalarni ajralganligi, orientatsiyasi va tekislanganligi kompleks baxosi bilan,
6.
Ishlab chiqarilayotgan piltani sifati bilan,
7.
Maxsulotda tolani aralashtirilganlik darajasi bilan.
1).
Tolalarni ajralganlik darajasi – bu paxta bo‘lagidagi o‘rtacha tolalar sonidir. Bu
ko‘rsatkichni ilmiy ishlar qilingan vaqtda A.G. Sevostyanov yaratgan usul bilan aniqlanadi.
2).
Taram tarkibidagi iflosliklar miqdori – bu 3 xil usul bilan tekshiriladi.
a).
2 ta 20x30 sm li oyna orasiga olingan taram tarkibidagi iflosliklarni sanash yo‘li bilan,
bunda taram maydoni 600 sm2 ga teng.
b).
Ekspress usulda- bunda taram maydoni 100 sm2 ga teng.
v). Ma’lum og‘irlikdagi piltani qo‘lda tekshirish yo‘li bilan.
Birinchi usulni
- tarash mashinasining ajratish barabani sekin tezlik bilan ishlaganda
olinadi. Bunda mashinaning uch eridan o‘ng, chan va o‘rtasidan 3 marotabadan jami 9 ta
namuna olinadi. Xar bir oynadagi iflosliklar sanaladi. Agarda tagiga qora qog‘oz qo‘yilsa
sanash osonlashadi. So‘ngra 3 ta taram tortiladi va shu 3 ta taramdagi iflosliklar xam
qo‘shiladi. Taram og‘irligi 1 gr. aylantirilib, normal bilan solishtiriladi. (Ivanov S.S.-Tex.
Kontr. 2.4-jadval)
600 sm2 maydonda taramdagi iflosliklarni normadagi miqdori.
3.14-jadval
Tola navi
Ipni chiz. Zich.
(Teks)
1 gr. toladagi iflosliklar soni va baxosi
a’lo
yaxshi
o‘rta
O‘rta
tolali
paxta
“0” dan “II”
sortlar
11,8 - 21,0
110
130
160
III va IV sortlar
22 - 56
140
170
200
IV va V sortlar
42 - 100
180
210
240
Ingichka
tolali
paxta
I va II-tip, “0”dan II
sortlar
5 – 11,8
130
160
190
3-tip, “0” dan II
sortgacha
11,8 – 84
120
150
180
Agarda solishtirilgan vaqtda saralanma yuqoridagi jadvaldan farq qilsa, u holda
fabrikadagi bir xil saralanmada ishlayotgan 10 ta mashinadagi taram tashqi qoniqarli bo‘lsa,
shuni iflosliklari yuqorida aytilgan usul bilan tekshirilib “yaxshi” baho qo‘yiladi, “a’lo” baho
uchun iflosliklar 15-20% ga kam bo‘lishi kerak. Agarda 15-20% ga ko‘p bo‘lsa, “o‘rta” baxo
qo‘yiladi.
Ikkinchi usul- Ekspress usuli bunda trafaret o‘lchami 85x175 teshiklar soni 34 ta,
plastinka maydoni 148,5 sm
2
ga teng bo‘ladi. Bu plastinkani 2/3 qismida teshikchalar
joylashgan. Teshik diametri 11,15 sm
2
, maydoni 33,3 sm
2
. Taram sifati 3 joydan o‘ng, chap
va o‘rtasidan aniqlanadi. So‘ngra nechta teshikda iflosliklar borligi sanaladi, bunda iflosliklar
soni hisobga olinmaydi. So‘ngra yoki trafaretni o‘zidan yoki “Texkontrol” kitobidan teshiklar
soniga qarab 100 sm
2
dagi iflosliklar ko‘riladi.
Misol- Agarda iflosliklari bor teshiklari soni 26 ta bo‘lsa, 100 sm
2
dagi iflosliklar soni
144 ga teng. 9 ta namunadagi olingan natijalarni 19 formaga yoziladi va o‘rtacha miqdori
xisoblanadi.
1 gr. taramniki esa quyidagi formula bilan aniqlanadi:
m
m
100
B
1000
n
E
Tл
bu erda: m100- 100 cm2 maydondagi iflosliklar soni,
V- taram eni, sm. E- ajratuvchi baraban bilan tekislovchi valik orasidagi cho‘zilish. Tl-
piltani chiziqiy zichligi.
S.S. Ivanovning “Texkontrol” kitobini 30-jadvalida o‘rta tolali paxta uchun taram
sifatini baxolash tartibi ko‘rsatilgan. Agarda fabrikadagi sortirovka bundan farq qilsa, u holda
taram sifati 600 sm
2
da qanday o‘rnatilsa, ekspress usulida xam shunday o‘rnatiladi.
Uchinchi usul- ma’lum og‘irlikdagi piltani qo‘lda tekshirish. Bu usul taram sifati
to‘g‘risida aniq ma’lumot olish uchun ishlatiladi. Ko‘pincha bu usuldan ilmiy tekshirish
ishlarida foydalaniladi. Buning uchun 1 ta mashinadan chiqayotgan piltadan namuna olinadi,
og‘irligi 0,25 gr. Buning uchun ishlab chiqarilgan piltani 4 joyidan olinadi. Oraliq 1 m dan
kam bo‘lmasligi kerak. Yoki shu mashinadan ketma-ket chiqqan tazlardan olinadi. Namuna
tekshirilayotganda xamma iflosliklari, qobiqli tola, tugunchalar, xas cho‘plar xammasi
sanaladi va 1gr. pilta uchun aniqlab quyiladi. Agarda bu natijani oyna bilan olingan natija
bilan solishtirish zarur bo‘lsa, unda quyidagi koeffitsient bilan xisoblanadi:
k
A
x
100
1000
S
E
T
bu erda: Ax- mashina eni sm, S-oyna yuzasi, sm2, E- cho‘zilish, T-piltani chiziqiy
zichligi, teks.
3).
Tolalarni joylashganlik (orintatsiyasi) darajasi.
Bu ko‘rsatkich tolalarni orientatsiyasi darajasi koeffitsienti bilan aniqlanadi.
K0=cos
4).
Tolalarni tekislanganlik darajasi tekislanganlik koeffitsienti bilan aniqlanadi:
l
n
l
Maxsulotdagi tolani joylashganlik uzunligi (protyajennost) tola uzunligiga nisbati.
Tolani joylashganlik uzunligi (protyajennost) tolani oxirgi ikki nuqtalari orasidagi masofa
bilan, yoki AV nuqtalar orasidagi masofa bilan o‘lchanadi.
4)
Tolani ajralganlik darajasini, orintatsiyasini va tekislanganligini aniqlash - (KPS–
kompleksnыy pokazatel strukturы lentы). Bu uchala ko‘rsatkichni bir vaqtda aniqlash
mumkin. Buning uchun yakka ipni uzish mashinasidan foydalaniladi. Piltani 50 mm qilib ikki
uchi boylanadi va ipni uzish dinomometrida o‘ziladi.
Uzilish kuchi qanchalik kichik bo‘lsa, demak tola yaxshi tekislangan orintatsiyasi va
ajralganlik darajasi shunchalik yaxshidir.
|