Urganch davlat universiteti «yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari»


Mavzu: Ranglar bo‘yicha notekislikni boshqarish



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/38
tarix13.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#175004
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
Xom ashyoni yigirishga tayyorlash 22

Mavzu: Ranglar bo‘yicha notekislikni boshqarish 
- 2 soat 
11- LABORATORIYA 
Shlyapkalarni charxlash sifatini tekshirish. 
Tarash protsessida 
tarovchi 
organlarning ignalari o‘tmaslanib qoladi. Shuning uchun bosh va ajratuvchi barabanlari ustiga 
jilvir qog‘ozi o‘rnatilgan valiklar yordamida charxlanadi. Shlyapkalarni charxlash uchun 
injener I.R. Trofimov ixtiro etgan avtomat ishlatiladi. Bu avtomat bir vaqtda 16 ta shlyapkani 
charxlaydi. Charxlash sifatini indikator yordamida tekshiriladi. Bu ishni sex boshlig‘i, remont 
masteri va charxlovchi bilan birgalikda tekshiradi. Bunda charxlangan shlyapkalarni 25% 
ajratib olinadi. Tekshirish quyidagicha amalga oshiriladi: 

indikatorni ishlash ishlamasligi tekshiriladi. 

Shlyapkalar tekshirib yoziladigan jurnal tekshiriladi. 

Indikator bilan xar bir ajratib olingan shlyapka ignasini balandligi. 

Agarda kontrol shlyapkaga nisbatan bironta shlyapka ignasini to‘g‘ri kelmasa, xamma 
charxlangan shlyapkalar sifatsiz deb topiladi va qayta charxlash uchun beriladi. 
Piltani chiziqiy zichligini va notekisligini aniqlash. 
Piltani chiziqiy zichligi 1m 
kesmalar bilan aniqlanadi. Bu kesmani kvadrant torozida tortib og‘irligi o‘lchanadi. Shu 
ko‘rsatkich bir vaqtda piltani kilo teksdagi chiziqiy zichligi ko‘rsatadi. 3 sm kesmalar qirqib 
olinib torsion tarozida og‘irligi aniqlanadi. Shu olingan ko‘rsatkichlar bo‘yicha (1 smda 
chiziqiy zichlik va 3 smda og‘irlik bo‘yicha) piltani notekisligi aniqlanadi. 
Ishning maqsadi: 
Rang bo‘yicha notekislikni aniqlash va bartaraf etish

Laboratoriya ishi uchun kerak bo‘ladigan anjomlar va materiallar: 
Yigirish 
laboratoriyasida o‘rnatilgan TTA mashinalari. 
Topshiriq 
1.
Lot asosida stavkalarni shakillantirishda HVI ko‘rsatkichlaridan foydalanish. 
2.
Titish jarayonida toy paxta sirtidagi nuqsonlarni ajratishni tashkil qilish 
3.
Detektorlar yordamida ajratilgan nuqsonlarni tozalash va toza paxta bo‘lakchalarini 
saralanmaga qaytarish. 
Uyda: 
Laboratoriya ishi bo’yicha hisobot tayyorlang. 
Zamonaviy texnologiyalar va uskunalar bilan jihozlangan yigirish korxonalarida 
aralashma tuzishda “Lot” deb ataluvchi tola partiyalaridan foydalanilmoqda. “Lot” bitta, 
ikkita yoki undan ko‘proq tola tipi va navlaridan tuzilgan bo‘lishi mumkin. “Lot”larni 


tuzishda korxonada kichik namunalar usulida ishlabchiqarish sharoitida tajribaviy ip 
tayyorlanib, sifati tekshirib ko‘riladi. Kerak bo‘lganda tuzatishlar kiritiladi. 
HVI tizimining tezligi korxonaga keltirilgan toylarning har biridan tola xossalarini 
aniqlash imkoniyatini bersa, uning dasturiy ta’minoti ipning kutilayotgan pishiqligini (CSP) 
yoki uzilish uzunligi (uzish kuchi Rkm) ni hisoblay oladi. SHuningdek, HVI tizimi orqali 
ishlab chiqariladigan ipning rang bo‘yicha notekisligini ham boshqarish mumkin. Buning 
uchun HVI tizimida keltirilgan - rang qaytarish koeffitsienti 
((Rd) – sinalayotgan paxta 
tolasi na’munasi yuzasida aks etayotgan ranglar soni bo‘lib, foizlarda ifodalanadi) va 
sarg‘ishlik darajasi ((+b) – sinalayotgan na’munada sariq rangni tashkil etuvchi daraja) kabi 
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. 
Shuningdek, TTA operatori tomonidan stavkaga qo‘yilgan toy paxtalar sirtidagi turli 
nuqsonli paxta bo‘lakchalarini olib tashlash orqali ham rang bo‘yicha notekislikni oldini olish 
mumkin. 
TTA mashinalari o‘rnatilgan vaqt oralig‘ida qayta ishlanayotgan saralanmaga bog‘liq 
bo‘lgan holda vaqti-vaqti bilan tozalanadi. 
3.6-Rasm.Avtotoytitgich barabani stavkadagi paxta toylari yuzasiga chiqazgan begona 
jismlar, rangli va rangsiz tolalarni ajratib olish 


3.7-Rasm. Qaytimlarni o‘rnatilgan tartibda saralanmaga kiritish 
3.8-Rasm. Detektor ajratgan tolali massadan metal parchalari va buyumlarini ajratib 
olish. 
3.9-Rasm. Detektorlar ajratgan rangli, rangsiz va begona tolalarni paxta massasidan 
ajratish 



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin