Mavzu: Changli havoni tozalash usullari. LTG firmasining
tolali chiqindilarni va havoni changsizlantiriuvchi tizimi
2 - soat
14- LABORATORIYA
Paxta tolasidan ip ishlab chiqarishda yigirish korxonasining o’timlarida qaytimlar va
chiqindilar ajraladi. Ularning miqdori yigirish sistemasiga, ipning chiziqiy zichligiga hamda
texnologik tizim tarkibiga kirgan mashina turlariga qarab har xil bo’ladi.
Qaytimlar deganda tarash, qayta tarash va piltalash mashinalarining pilta uzuqlari,
piliklash va yigirish mashinalarining pilik uzuqlari hamda yigirish mashinasidan chiqadigan
michka va halqachalar (momiq o’ramchalari) tushuniladi. Qaytimlarning miqdori odatda 1,5
dan 3,5 % gacha bo’ladi.
Paxta tolasi tozalanganda xas-cho’plar, har xil iflosliklar, momiqlar, ya`ni chiqindilar
ajraladi. Yigirish jarayonlarida ajralgan chiqindilar ikki turga bo’linadi:
-
qayta ishlatiladigan chiqindilar, ular ko’rinadigan chiqindilar deyiladi;
-
qayta ishlatilmaydigan yoki ko’rinmaydigan chiqindilar. Bularga chang, yo’qotilgan
namlik va juda kalta momiqlar kiradi.
Ko’rinadigan chiqindilar ikkiga bo’linadi: Yigirishga yaroqli va yigirishga yaroqsiz
chiqindilar.
Yigirishga yaroqli chiqindilarga tugunaklar, tarandilar va korxona sexlarining
supurundi tolalari kiradi.
Yigirishga yaroqsiz chiqindilarga uzunligi 14-15 mm dan kam bo’lgan kalta tolalar,
valiklarga o’ralgan va filtrlardan olingan momiqlar kiradi.
O’qituvchi mavjud ko’rgazmali qurollardan foydalangan holda, talabalarni changli
havoni tozalashning an`anaviy usullari bilan tanishtiradi. Changli havoni tozalashning har bir
usulining afzallik va kamchiliklari aniqlanadi. Talabalar LTG va Trutzshler firmalarining
filtrlari misolida tolali chiqindilarni va havoni changsizlantiruvchi zamonaviy tizimlar bilan
tanishishadi.
LTG tizimini yurgizib talabalar ishlashini kuzatishadi. TTА mashinalaridan changli
havo va tolali chiqindilarning transportirovkasi, filtrning dastlabki va asosiy sektsiyalarining,
ventilyatorning, kompaktorning hamda tsiklonning ishlashi tahlil qilinadi.
3.12-rasm. Chang erto’lasi va minorasi qurilmasi
3.13-rasm. Bir barabanli filtr
1- ventilyator, 2-chang erto’lasi., 3-chang minorasining havo kanali, 4-to’rli baraban, 5-
ajratuvchi valik
1 - englar,2-3 - englar mahkamlangan kameralar,
4 - chang qopi
3.14-rasm. Engli filtrning sxemasi
1
–
qabul quvuri;
2-klapan;
3,8- bunkerlar;
4 – englar;
5- kojux;
6
— to’rli baraban;
7
— zichlovchi valik;
9 — diffuzor;
10
— havo quvuri;
11
— chiqindi klapani;
12 — ventilyator
3.15-rasm
.
Ikki bosqichli ФT-2M filtri
TTА va tarash mashinalarining kameralarida xas-cho’plar va chiqindilar yig’iladi.
Bular ikki usulda tozalanib, chiqindilar bo’limiga yuboriladi.
Mexanik usul – mashina to’xtatilib qo’l yordamida kamera tolali chiqindilardan
tozalanadi, ular aravachalarda chiqindilar bo’limiga olib borilib topshiriladi.
Markazlashtirilgan
usul
– alohida mashinalarning
chiqindilar
kamerasi
pnevmotrubalar yordamida bir tizimga biriktirilgan bo’ladi. Chiqindilar kamerasi klapanlari
vaqti - vaqti bilan ishga tushirilib, undagi chiqindilar havo yordamida so’rib olinib chiqindilar
bo’limiga yuboriladi.
Yigirish korxonalarida tolali chiqindilarni qayta ishlovchi texnologik tizimlar
o’rnatilgan bo’lib uning tarkibiga qadoqlovchi yoki briketlovchi mashinalar kiritiladi. Qayta
ishlangan tolali chiqindilar korxonaning o’zida aralashmaga qo’shib ishlatilishi yoki
ikkilamchi xom ashyo sifatida boshqa korxonalarga sotilishi mumkin.
LTG firmasining tolali chiqindilarni va havoni changsizlantiruvchi
avtomatik tizimi
LTG firmasining tolali chiqindilarni va havoni changsizlantiruvchi avtomatik tizimi
TFC-4 filtri, FKC-3 kompaktori va siklon qurilmasidan iborat.
TFC-4 filtri dastlabki А va asosiy tozalash kameralaridan iborat. Changli havo oqimi
va tolali chiqindilar dastlabki tozalash kamerasida to’planib, baraban diski 1 yuzasidagi to’rli
sirt yordamida kalta tola va chiqindilar ushlab qolinadi. Disk mayda ko’zli kapron to’rdan
iborat bo’lib, minutiga 24 marta aylanib turadi. Disk yuzasida ushlab qolingan tola va
chiqindilar ventilyator yordamida harakatlanmaydigan so’ruvchi soplo 2 orqali so’rib olinadi
va kompaktorga uzatiladi. Kompaktordan chiqqan chala tozalangan havo takroran filtrning
dastlabki tozalash kamerasiga uzatiladi.
Changli havoning asosiy oqimi baraban 3 ichiga o’tib barabanning yuzasiga tarang
qilib qoplangan filtrlovchi element 4 orqali filtrlanib (tozalanib) tashqariga chiqadi. Bunda
havodagi chang zarrachalari filtrlovchi elementning ichki devorida ushlanib qoladi.
Filtrlovchi element 4 ikki xil material, tukli trikotaj polotnosi (tukli tarafi barabanning
ichki tarafiga qaratib qoplanadi) va ignasanchma noto’qima material (kalandrlangan, silliq,
qattiq tarafi barabanning ichki tarafiga qaratib qoplanadi) bilan qoplanishi mumkin. Baraban 3
harakatlanmaydi. Unga qoplangan filtrlovchi elementni tozalash seksiyalar bo’yicha
joylashgan, aylanib turuvchi, so’ruvchi juft saplolar 5 bilan amalga oshiriladi. Saplolar elastik
havo quvurlari orqali so’ruvchi quvurga biriktirilgan.
So’ruvchi saplolar va tozalash diski markaziy yo’naltiruvchi quvur – baraban o’qi
orqali harakatga keltiriladi. Markaziy yo’naltiruvchi quvur 6 esa mufta, zanjir, tishli g’ildirak
va chervyakli uzatma orqali dvigiteldan harakat oladi. Bu uzatmalarning hammasi havfsizlikni
ta`minlash maqsadida qobiq bilan qoplanadi.
Markaziy yo’naltiruvchi quvurda chervyak bo’lib, quvur bilan birgalikda barabanli
filtr o’qi atrofida aylanadi (16-rasm).
LTG tizimini yurgizib talabalar filtrining ishlashini kuzatishadi.
3..16-rasm. LTG firmasining tolali chiqindilar va changli
havoni
tozalash tizimi
1-
uskunalardan kelayotgan tolali chiqindilar; 2-changli havo quvuri; 3-TFS-4 to’rt
barabanli filtr; 4-toza havoni so’ruvchi vintilyator; 5-chang ajratuvchi siklon;
6-
chiqindilar uchun kompaktor; 7-halqali yigiruv mashinalaridan chiqqan
chiqindilarni so’ruvchi kompaktor; 8-avtomatik press.
|