Urganch davlat unversiteti tarix fakulteti 3-bosqich talabasi Shomurotova Oydinoyning maqolalar to‘plami



Yüklə 87,98 Kb.
səhifə7/16
tarix21.10.2023
ölçüsü87,98 Kb.
#158512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Maqola uzb22

TADQIQOTNING AMALIY AHAMIYATI
Har bir inson o‘z tug‘ilib o‘sgan joy tarixini bilishga juda qiziqadi.Tadqiqotning Bajanak qishlog‘I tarixini o‘rganishga qiziquvchilar, shuningdek qishloq ahli uchun tadqiqotning amaliy ahamiyati katta.Shuningdek bu mavzuni o‘rganishga shu qishloq maktablarida Xorazm tarixi darslarida kengroq o‘rin berish mumkin. Bundan tashqari mavzuni o‘zbek davlatchilik tarixini o‘rganishda, xalqlarning etnik tuzilishini,qabila va urug‘lar kelib chiqishi , tili madaniyatini o‘rganishda oliygohlarning tarix va filologiya fakultetlari talabalari qo‘llanishi mumkin.


III.XULOSA;
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”
2.Beruniy “Geodeziya”
3.M.Qoshg‘ariy “Devoni lug‘ati turk”
4.Abulg‘ozixon “Shajaraiy turk”
5.Z.Do‘simov “Xorazm toponimlari”
6.Matniyozov Xorazm tarixi 1-tom
7. “O’zbekiston tarixi” 1-tomlik

O‘zbek oilasida ma‘naviyatning o‘rni.
Annotatsiya: Kitobxonlik madaniyati-shaxsning o'z kuch-quvvati, imkoniyatlari, qiziqishlarini kitob o'qishga safarbar qilishining muayyan darajasidir. O'quvchilarda o'z o'quv faoliyatlari davomida kitob o'qish, uni tahlil qilish va mazkur asar haqidagi o'z fikrlarini bayon etish kabi ko'nikmalar shakllanadi. Kitobxonlik madaniyati mazkur sohada o'quvchining yetukligini ham ifodalaydi. Kitobxonlik madaniyati - rivojlangan tamaddunlar davrida butun insoniyatga xos bo'lgan ma'rifiy-ta'limiy hodisadir. Maqolada Shaxs ma'naviyatini shakllantirishda kitobning va kitobxonlikning ahamiyati atroflicha yoritilgan.
Kalit so'zlar: shaxs, kitob, kitobxonlik, axloq, madaniyat, ma'naviyat, jamiyat, fazilat, taraqqiyot.
U uzining hajmi jihatdan kichik bulsa ham, ammo mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning ilmiy-nazariy asoslarini aks ettirilishi jihatdan mukammal, fundamental dastur bulgan «uzbekistonnnig uz istiqloli va taraqqiyoti» nomli asarida mustaqillikdan keyin uzbekistonni rivojlantirishning Ma`naviy sohasidagi strategik vazifalarini ham belgilab berdi. umuman bu asar uzbekistonda yangi jamiyat qurishning ilmga asoslangan dasturi hisoblanadi. Chunki unda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotni qayta qurish sohasida ilgari surilgan barcha g`oyalar utgan davrda uzining ifodasini topdi va jamiyatimiz tubdan yangi bosqichga ko’tarildi. Mustahkam oila jamiyatning mustahkam poydevoridir. Shuning uchun ham jamiyat taraqqiyotini o’ylagan har bir davlat mana shu poydevorni mustahkamlashga jiddiy e’tibor qaratadi. O’zbekisiton mustaqillikka erishgandan so’ng oilaga munosabat, uning ijtimoiy nufuzini oshirish, mustahkamligini ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Avvalo, qonun bilan himoyalab qo’yildi, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63 – moddasida qayd etilganidek,“Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir, hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega”.
Oiladagi sog’lom muhit sog’lom mafkurani shakllantirish manbaidir. Jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonligi, o’zaro hurmat va ahillikni ta’minlash milliy mafkurada ko’zda tutilgan maqsadlarlarni amalga oshirishda tayanch bo’ladi.
“Ota-onaning farzandga nisbatan saksonta haqi bor. Ularning qirqtasi tiriklik vaqtida va qolgan qirqtasi o’lgandan keyin amalga oshiriladi. Tiriklik chog’idagi qirqta haqning o’ntasi tanga, o’ntasi tilga, o’ntasi dilga va o’ntasi molga taalluqlidir, — deyiladi manbalardan birida. Biz ulardan faqat bittasi, ya’ni dilga taalluqli bo’lganlarini qayd etish bilan kifoyalanamiz.
1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Mustaqil Respublikamiz Konstitutsiyasida oilaga maxsus bob ajratilib, III bo’lim, XIV bobi ’’Oila’’deb nomlandi. ’’Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar,’’- deyiladi shu bobning 64-moddasida. 66-moddasida esa buning aksi: ’’Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida gamxo’rlik qilishga majburdirlar’’. Bu bilan ota-ona va farzandlarning bir-biriga bo’lgan majburiyati Davlat tomonidan qonuniy muhofazaga olib qo’yildi.
2012 yilning ’’Mustahkam oila yili’’ deb e’lon qilinishi jamiyat organizmining barcha qon tomirlarini oila deb atalgan yurak uchun uning baquvvat va sog’lom ishlashi uchun xizmat qildirishga undovchi ezgu bir amal bo’ldi. Chunki oilani mustahkamlashga tegishli bo’lmagan faoliyat yo’q. Umumiy qilib aytganda esa, ma’naviy va moddiy jihatdan boy oilagina mustahkam asosga ega bo’la oladi. Buni yaratish yuksak mas’uliyat, bilim, tajriba, sabr-qanoat talab qiluvchi o’ta murakkab va og’ir jarayon. Oila eng kichik ijtimoiy uyushma ekan, hech qachon tor shaxsiy manfaat qobig’ida qolib ketmasligi kerak. Qachonki, har bir shaxs uchun oilani mustahkamlash ijtimoiy burchga aylangandagina jamiyat oldidagi burchini bajara olishi mumkin.
Oila tarbiyaning asosiy va birinchi navbatda turuvchi o’chog’idir. Har bir insonning kelajakda qanday kamol topishi aynan shu dargoh miqyosida belgilanadi. Qush uyasida ko’rganini bajarganidek, farzandlar ham ota-onalaridan andoza olishlari tabiiy jarayon, albatta. Doimiy ravishda respublika miqyosida mavzu nuqtai nazaridan olib borilayotgan targ’ibot-tashviqot ishlari zamirida ulkan maqsadlar ko’zlanganki, millatninig ertasi hisoblanmish yoshlarni har taraflama barkamol ulg’ayishlarida oiladagi tarbiyaning ahamiyati nechog’lik muhimligini anglatish nazarda tutiladi. O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Kino, televideniye va radio san’ati” fakulteti “Xotin-qizlar kengashi” raisi, katta o’qituvchi Feruza Bakayeva hamda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi ham bu borada taqsinga loyiq ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar. 18-fevral kuni o’tkazilgan tadbir shular jumlasidandir. Talabalar, xususan, qizlarning axloq-odob darajalarini mustahkamlashni ustuvor maqsad sifatida belgilaganlari kengash vazialarining asosidir.
“O’zbek oilasida yoshlarning odob-axloq tarbiyasi va o’rni” mavzusidagi davra suhbatiga fakultetning 3-bosqich “Kino, televideniye va radio ovoz rejissorligi”, “Kinoteleoperatorlik”, “Kino, televideniye rejissorligi” hamda “Teatrshunoslik” bo’limlari talabalari jalb etildi. “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi dotsenti Malikova Sevara Samatovna mavzu doirasida yoshlarga qarata nutq so’zladi. Dastavval, oilaning naqadar muqaddas ekanligini mulohazalarida bildirib, quyidagicha ta’kidladilar: “Oila azaldan eng ezgu qadriyatlardan biri sanalib kelgan. Undagi muhitni yaxshilash, an’analarini muqaddas bilish, asrab-avaylash, oila a’zolarining o’zaro mehr-oqibati, oila madaniyati, odob-axloq kabi fazilatlari o’zbek xalqining yuksak ma’naviyatining bir ko’rinishi hisoblanadi. Tarbiya masalasida oilaning muhim ma’naviy-madaniy xususiyatlaridan biri – uning milliyligidir. Bunday g’oyat mas’uliyatli vazifani yelkasiga olishidan oldin har bir yigit-qizlarimizni shunga tayyor qilib, biz kattalar ibrat maktabi vazifasini o’tamog’imiz darkor.” Bu kabi ibratomus fikrlar nihoyasi qiziqarli mulohazakorliklar, talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berish bilan yanada fayz oldi. Tadbir so’ngida Feruza Bakayevaga barcha yig’ilganlarga tashakkur bildirib, bu kabi davra suhbatlarining ahamiyati katta bo’lganligi sababli ko’lamini yanada oshirishga qaratilgan taklif bildirilgani talabalarga ham birdek ma’qul keldi.
“Ma’naviyat”arabcha so’z bolib, uning lug’aviy ma’nosi “ma’nolar majmui” demakdir. Bugunga qadar «Ma’naviyat» tushunchasiga ko’p ta’riflar berilgan. Quyida ushbu ta’riflardan ayrimlarini keltirib o’tamiz. Taniqli faylasuf olim, akademik E.Yusupov o’zining “Inson kamolotining ma’naviy asoslari” nomli asarida insonda mavjud bo‘ladigan hamma xislatlar emas, balki ijobiylarigina ma’naviyat bo‘la olishini ko‘rsatib: “Ma’naviyat – inson axloqi va odobi, bilimlari, iste’dodi, qobiliyati, amaliy malakalari, vijdoni, iymoni, e’tiqodi, dunyoqarashi, mafkuraviy qarashlarining bir-biri bilan uzviy bog‘langan, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan mushtarak tizimdir” – deb ta’riflaydi. Ma’naviyat haqida yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib aytish mumkinki, ma’naviyat – avvalo inson ichki olami, uning his tuyg’ulari, bilim, tafakkur tarzi, qobiliyati, inson, shaxs sifatidagi hatti-harakati, faoliyatidir. Yanada chuqur va kengroq mushohada qiladigan bo’lsak, ma’naviyat – insonning ruhiyatini, uning o‘z-o‘zini anglashi, didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni, go‘zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish qobiliyati, aql-zakovati, o’z oldiga, yuksak maqsad va g‘oyalarni qo‘ya bilish, ularni amalga oshirish uchun harakat qilish va intilish salohiyatidir, – deb ta’rif berish o‘rinli deb hisoblaymiz. Albatta, bu ta’rif eng oxirgi, qiyomiga etgan, mukammal deb aytishimiz mumkin emas. Yuqorida aytganimizdek, ma’naviyatning ma’nosi keng, uni tushunish, his etish uchun masalaga yanada jiddiy yondoshish kerak. Ma’naviyatni shaxs, millat, davlat va jamiyatning qudratli kuchi sifatida o‘rganish faqat mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyingina boshlandi. Bu esa mustaqillik sharoitidagi milliy tafakkur taraqqiyotimizda yangi yo‘nalishdir. Shunindek, ma’naviyatni o’rganish Islom Karimov nomi bilan bog‘liqdir. Islom Karimov o’zining bir qator asarlari, risolalari, ma’ruzalarida ma’naviyat tushunchasi mazmun – mohiyatini ilniy-nazariy jihatdan yoritib bergan. Jumladan, Islom Karimov o’zining 1992 yil chop etilgan “O‘zbekistonning o‘z istiqloli va taraqqiyot yo‘li” nomli asarida ma’naviyatga ta’rif berib, shunday degan edi: “Ma’naviyat insonga havodek, suvdek zarur. Sahrodagi sayyoh har doim buloqdan chanqog‘ini bosadi. Xuddi shuningdek inson ham necha-necha azoblar va qiyinchilik bilan ma’naviyat chashmasini izlaydi.”
Islom Karimov ma’naviyat tushunchasi mazmunini yanada kengroq yoritib shunday yozadi: “Yer, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar, xalq, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik – ma’naviyatning ma’nosi ana shunday keng”.E’tibor berib qarasak, Islom Karimov ma’naviyat haqida gapirganda, ma’naviyatga inson hayotida muhim o’rin tutuvchi qudratli kuch sifatida qaraydi. Ma’naviyat deganda Islom Karimov inson qalbi, unda o’rin olgan faqat yaxshilikka chorlovchi ezgu g’oyalar, bu g’oyalarga asoslangan ezgu amallarni nazarda tutadi.Ma’naviyatning milliy taraqqiyotidagi o‘rni va uni o‘zlashtirish masalasi mazkur asarda o’rin olgan muhim masaladir. “Ma’naviyat o‘z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib etishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi”, deb yozadi Islom Karimov.
Ma’naviyat – faqat insonga xos bo’lgan xususiyatdir. Ma’naviyat bilan tutash bo’lgandagina odam farzandi Inson degan buyuk va sharafli nomga muyassar bo’ladi. Lekin ma’naviyat insonning tug’ma xususiyati emas. U – oilada, hayot tajribasi natijasidagina shakllanadi va rivojlanadi. Shu sababli – I. Karimov ma’naviyatning ijtimoiy mohiyati ustida to’xtalib, u “Insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o’giti bilan birga singadi” degan chuqur falsafiy fikrlarni ilgari suradi. Darhaqiqat, ma’naviy barkamollik, beshikdagi allaning mazmunidan, bolani kiyintirishu uni halol luqma bilan boqishdan boshlanadi. Bola tarbiyasini dono xalqimiz aytganidek, u hali tug’ilmasdan, ota, ona va butun oila a’zolari hamjixatlikda boshlamog’i lozimdir. Olamda barcha narsa juft – juft bo’lib yaratilgan. Juft bo’lib yashash tabiat qonunidir, lekin oila bo’lib yashash barcha maxluqotlar orasida faqat insonlarga xosdir. Oila – jamiyatning birinchi va birlamchi bug’inidir, zarrachasidir. Jamiyat ana shu kichik zarralardan tashkil topadi. Er – xotin, ikki tirik vujudning, ikki olamning o’zaro ittifoqidan paydo bo’lgan uchinchi bir olam – bu oiladir. Oila poklikka va soflikka, ikki tomonlama muhabbatga va vafodorlikka asoslanishi kerak. Bu farzandlar tarbiyasi uchun muhim omil xisoblanadi. Shaxs ma’naviyati, uning dunyoqarashi, e’tiqodiga ko’nikmalar majmui asosan oilada shakllanadi. Shuning uchun yoshlar tarbiyasida oila ma’naviyatining o’rni beqiyosdir. Ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashda oilaning tutgan o’rni benihoya kattadir. Aslida ham oila jamiyatning bir tarkibiy bo’lagi. Jamiyatda ro’y berayotgan barcha jarayonlar oilaga, kishilarning turmush tarziga bevosita ta’sir qiladi. Har bir inson oilaning o’zidayoq yoshligidan boshlab ma’naviyatning manbalaridan oziqlanib boradi. Avvalambor, oilada ota – onaning o’rni, boshqa oila a’zolari bilan munosabati bola uchun maktabdir. Oila a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar u qaysi tizim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyat a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabat jarayoniga mos kelishi kerak. Jamiyat a’zolari o’rtasidagi munosabat qonunlar, qoidalar, tartib intizom bilan belgilanib, boshqarilib turiladi va bu narsa oilada ham o’z aksini topadi. Oilaviy munosabatlarni boshqarishda asosan ota – onaning, yoshi katta kishilarning o’ziga xos o’rni bo’ladi. Inson butun hayoti davomida oila ta’sirida yashaydi. U individual va ijtimoiy ko’nikmalarni hosil qilibgina qolmay, o’zaro munosabatlarni yo’lga qo’yish bo’yicha ota –onalik malakasini ham shakllantiradi. Ayniqsa shaxsning ma’naviy faolligini shakllantirishda oila hal qiluvchi omildir. Oilada asrlardan beri avloddan avlodga o’tib kelayotgan an’analar, urf odatlar davom ettiriladi, har bir oila a’zosiga singdiriladi. Masalan, oilada o’zaro hurmat hammaning qon – qoniga singib ketgan. Yana oilada yoshi ulug’ kishilarning fikri doim hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ularning hurmati joyiga qo’yilmog’i shart. Yoshi katta kishilarni uyning to’riga o’tqazish, ularga duo fotiha qildirish, birinchi bo’lib dasturxonga qo’l uzatish yoki yoshi katta kishi gapirayotganda quloq solib turish kabi an’analar borki, bularni har bir oila a’zosi bajarishi lozimdir. Ota onaga bo’lgan hurmat, oilaning boshqa a’zolari o’rtasidagi hurmat kabi odatlar o’zbek oilasining gultoji hisoblanadi. Oiladagi muhit, vaziyat jamiyatdagi muhit, vaziyatga mos bulmog’i kerak. Aks holda bunday oila a’zolarini jamiyat qabul qila olmaydi. Odamzod biror inshoot yoki korxona qurib bitkazib maxsulot chiqara boshlasa, cheksiz quvonadi. Lekin insonni dunyoga keltirish va uni barkamolu benuqson shaxs qilib tarbiyalash maxsulot ishlab chiqarishdan ulug’roq va mashaqqatliroq ish ekanini uncha muncha odam anglayvermaydi. Xolbuki, oila qurish, farzandni dunyoga keltirish va tarbiyalash, uy – ro’zg’or yumushi shunchaki ishlar emas. Balki aynan shu jarayonlar oqibatida to’la qonli inson voyaga yetadi. Insonning yetuklik darajasiga yuksaltirishda yana bir asosiy omil tarbiyadir. Ijtimoiy hayotda tarbiya manbai juda ko’p va turlituman. Lekin onaning, ayolning tarbiyasi odamning shakllanishida g’oyat muhim ahamiyatga egadir. Ona bolani faqat aql – idrok bilan emas, balki tuyg’ular, nozik hislar bilan ham tarbiyalaydi. O’zida neki bo’lsa bolasiga ato etadi. Ona tarbiyasini olmagan, uning mehr – muhabbatiga qonmagan inson ruhan majruh bo’lib qoladi. Ona parvarishi bola tug’ilib, balog’at yoshiga yetguncha uzluksiz davom etsa, yaxshi samara beradi, tarbiyada biror bir sababga ko’ra uzilish bo’lsa yoki onaning o’zi jismonan va ruhan toliqsa, yoki ayolning o’zida nuqson bo’lsa bolaning tarbiyasida ham nuqson bo’ladi. Insonning ma’naviy faolligining yana bir muhim belgisi ta’lim hisoblanadi. Ta’lim sohasida oilaning ta’siri, ahamiyati benihoya kattadir. Oilaning moddiy darajasi, oilaviy udumlar, ota – onaning ma’lumoti-yu madaniyati, ularning bolani bilim olishi hamda o’zlashtirishini doimiy nazorat qilish va yordamlashishi ma’naviy faol shaxs tarbiyalanishiga asos bo’ladi. Ma’lumki har bir oilaning huquqlari jamiyat tomonidan qonun yo’li bilan himoya qilinadi. Lekin oilaning ham jamiyat oldida burchi mavjud. Mana shu burchni bajarish uchun har bir oila a’zosi jamiyat oldida javob beradi. Qaysi bir oila a’zosi o’z burchini bajarmay qonun yoki tartibni buzsa, unga tegishli chora ko’riladi. Qonunni buzish holati to’satdan ro’y bermaydi. Buning uchun ma’lum sabablar yig’indisi bo’ladi. Bu sabablarni o’z vaqtida o’rganib, ijobiy hal qilishda har bir oilaning jamiyat talabiga mos shakllanishida mahalla qo’mitalarining roli muhimdir. “Mahallang otang” degan maqolda juda katta ramziy ma’no bor. To’g’rirog’i sobiq Ittifoq davrida O’zbekiston shaharlarida mahalla qo’mitalari faoliyat ko’rsatgan, lekin ularga davlat tomonidan hyech qanday yordam yoki qo’llab quvvatlash bo’lmagan. Qishloqlarda esa mahalla haqida gap ham bo’lmagan. Shu tufayli, u davrda mahalla bilan oila o’rtasidagi munosabat ham o’ziga yarasha bo’lgan. Mahallaga e’tibor faqat bizning zamonamizda, istiqlolga erishganimizdan keyingina, davlat ahamiyatiga molik ishga aylandi. Prezidentimiz mustaqillikka erishganimizning dastlabki davridayoq, bu ishga alohida e’tibor berdi. Respublikada, “Mahalla xayriya jamg’armasi” tuzildi. Uning tizimlari viloyat, tumanlarda tashkil etilib, shaharlar bilan birgalikda qishloqlarda ham faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ular olib borayotgan tashkiliy, tarbiyaviy ishlar xalqimiz manfaatlari bilan uyg’unlashib ketmoqda. Xullas, bugungi mustaqillik davri oilasi mamlakatimizning tayanch nuqtasi bo’lishi bilan birgalikda ma’naviyatimizni rivojlanishida eng ishonchli va ulug’ maktab bo’lib kelmoqda.

Xulosa
Men xulosa qilib shuni aytishim mumkinki oilada ma`naviyatning o`rni beqiyos ekanligini tushunib yetdim. Bizning davlat ma`naviyati yuksak darajada ekanligini tushundim. Ma`naviyatli oila mustaxkam oilaning bir bo`lagidir. E’tibor berib qarasak, Islom Karimov ma’naviyat haqida gapirganda, ma’naviyatga inson hayotida muhim o’rin tutuvchi qudratli kuch sifatida qaraydi. Ma’naviyat deganda Islom Karimov inson qalbi, unda o’rin olgan faqat yaxshilikka chorlovchi ezgu g’oyalar, bu g’oyalarga asoslangan ezgu amallarni nazarda tutadi.Ayniqsa, bugungi kunda yosh avlodni ma'naviy-axloqiy barkamol etib tarbiyalashni davrning o'zi taqozo etmoqda. Shunday ekan, mustaqil respublikamizning kelgusi taraqqiyoti, uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy rivojlanishi hozirgi davrda hayotga qadam qo'yayotgan yosh avlodga, ularning kamolotiga bevosita bogliqdir. Demak, jamiyat istiqboli ham, halqimiz istiqloli ham har tomonlama yetuk, komil insonlarni tarbiyalab voyaga yetkazishni taqozo etadi.


Kitobxonlikka mehr uyg'otish bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatiga ega bo'lgan jarayondir. Shuning uchun ham Respublikamizda ushbu jarayonga katta ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa bolalarga atalmish vaqtni matbuot, bolalar kitobi, kitobxonlikka mehr uyg'otish ta'lim tarbiya berishda juda katta ahamiyat va o'rinni egallaydi.

Adabiyotlar:


1.Karimov I.A. Amir Temur - faxrimiz, g`ururimiz. T., 1998 y.
2.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuq. T., Sharq, 1998 y.
3.«Temur tuzuklari» (forschadan kuchirma). T., 1991 y. Amir Temur ugitlari. T., Chulpon, 1992 y.
4.Muminov I.M. Amir Temurning urta Osiyo tarixida tutgan urni va roli. T., Fan, 1993 y.
5. Amir Temur va Temuriylar davrida madaniyat va san`at (maqolalar). T., 1996 .
Ahmedov B. Buyuk Temur. T., 1996 y.
6. uzbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan. T., uzbekiston, 1995 y.
7.Jumaboev Y. uzbekistonda falsafa va axloqiy fikrlar taraqqiyoti tarixidan. T., 995 y.

Yüklə 87,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin