ISHNING UMUMIY TAVSIFI
O‘zlikni
anglash tarixni
bilishdan boshlanadi…..
Haqqoniy tarixni bilmasdan
turib esa o‘zlikni
anglash
mumkin emas.
I.A.Karimov
MAVZUNING DOLZARBLIGI
Ha o‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Chunki tarixini bilmagan xalqning kelajaki ham tayinsiz.Shu sababli hozirgi kunda tarixni o‘rganishga, haqqoniy tarixni yaratish masalasi Davlat siyosati darajasiga ko‘tarilyapti.Bizning tariximiz uzoq va buyuk.Milliy mafkura va ma‘naviyatni mustahkamlashda tarixni o‘rganishning ahamiyati katta.
Yaqin-yaqinlargacha bizning Vatanimiz tarixini o‘zgalar o‘rgandi va uni o‘zlari istagancha talqin qilishdi. Biz esa jim-jitgina o‘zgalar talqinidagi tariximizni Sovet tarixini o‘rganishdan vaqtimiz qolsagina o‘rgandik.Respublikamiz Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zining “Tarixiy hotirasiz kelajak yo‘q” asarida bu to‘g‘risida kuyunib shunday deydi: Sovet davrida yozilgan tarixni men tarix sanamayman.
O‘zgalar yozib bergan tarixni o‘qitishga mutlaqo qarshiman.Mustamlakachi o‘ziga qaram bo’lgan xalq haqida qachon holis va adolatli fikr aytgan? Ular bor kuch g‘ayratlarini Turkustonning o‘tmishini
kamsitishga, bizni tariximizdan judo qilishga sarflaganlar.Tarixdan judo bo’lish nimaligini yaxshi bilsangiz kerak, inson uchun tarixdan judo bo’lish- hayotdan judo bo‘lish demaktir.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimiz o‘z yurti, tili,
madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga bo‘lgan qiziqishlari ortib bormoqda.
O‘zbek tarixchiligi esa Vatanimizning haqqoniy tarixini yaratishga bel bog‘lashgan.Ma‘lumki har bir xalq o‘zining tarixi, o‘tmishi , urf-odati, qadriyatlari bilan jahon madaniyati va sa‘natiga hissa qo’shib kelgan.Jumladan:ko’hna Xorazmning ham jahon madaniyati va san‘atiga qo‘shgan hissasi benazir va beqiyosdir.
Xorazm insoniyat svilizatsiyasining eng yirik va qadimiy markazlaridan biridir.Bu muqaddas zamindan butun dunyo tan olgan olimu fuzalolar yetishib chiqqan.Xorazmning har bir shahar-u qishlog‘I,har
bir tepaligiyu,so’qmog‘I, kanali-yu,ariqlari, ko’llari qo‘yinki har bir g‘ishti uzoq tarixga ega.
Xorazmning har g‘ishtida
bobolarning ijodi
Butun dunyo xalqlarning tarixicha keladi….
Inson borki, o‘z avlod-ajdodi,nasl-nasabini
bilishga, o‘z tug‘ilib o‘sgan qishloq, shahar tarixini o‘rganishni istaydi.
Biz bu tadqiqotda Xorazmning eng chekka, qoraqum
sahrolari bilan tutashgan, ko‘llar zanjiri joyloshgan, uzoq tarixga ega bo‘lgan qishloqlaridan biri Bajanak qishlog‘i,
uning kelib chiqish tarixi, madaniyati, urf-odatlari va uning Xorazm tarixida tutgan o‘rni to‘g‘risida o‘rganishga va tadqiq qilishga harakat qildik.