Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


Shaffof shliflarni tayyorlash



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

Shaffof shliflarni tayyorlash
. Shaffof shlif predmet va qoplamali shishalar 
o‘rtasida pixtali balzam yordamida yopishtirilgan materialning yupqa qatlamidan 
(0.015-0.03 mm) iyorat. 


41 
Qattiq jismlar probalarining shilish va silliqlash ishchi qismi 800-900 ayl/min 
tezligi bilan aylanuvchi, diametri 200-300 mm bo‘lgan po‘lat yoki cho‘yan diskdan 
iborat silliqlash stanogida amalga oshiriladi.
Stanok ikki diskka ega bo‘lishi kerak: bittasi yirik kukunlar bilan, ikkinchisi 
mayda kukunlar bilan ishlash uchun. Silliqlangan namunani kodlash diametri 150 
mm bo‘lgan va 550 ayl/min aylanuvchi diskka ega yaltiratuvchi stanokda amalga 
oshiriladi. Shliflarni kerakli qalinlikkacha so‘nggi yetkazish o‘lchami 20 x 20 mm va 
qalinligi 15 mm bo‘lgan yassi oynalarda qo‘lda bajariladi. Abraziv material sifatida 
donlarining o‘lchami 5-200 mk bo‘lgan korund kukunidan foydalaniladi. Silliqlash 
kukun raqami korundning mk dagi maksimal o‘lchamiga muvofiq kelishi yekrak. 
Korund yirikligi klasslarining belgilanishi uning suspenziyadagi cho‘kish vaqtiga 
(min) to‘g‘ri keladi. 
Shliflarni yaltiratish uchun xrom oksidi qo‘llanadi. Pixtali balzam sintetik 
mahsulot hisoblanadi, uning yorug‘ligi sinishi 1,53 ni tashkil etadi. 
Shlifni tayyorlash quyidagi ketma-ketlikda olib boriladi. Material bo‘lagida 
tekis yuza hosil qilishi uchun uni shilish M-60; M-200 abrazivlari yordamida 
silliqlash stanogining chqyan diskida amalga oshiriladi. Silliqlash kukunlaridan pasta 
sifatida faydalaniladi, bu pasta kukunni suyuqlik bilan aralashtirish yo‘li orqali 
tayyorlanadi. Agar material suv bilan o‘zaro ta’sirlanmasa, u holda organik 
suyuqliklar qo‘llaniladi: suvsizlantirilgan kerosin, benzin, spirt, benzol, toluol, ksilol, 
turli moylar. Keyin hosil bo‘lgan tekislik M20, M28 abrazivlarning cho‘yan diskida 
silliqlanadi va keyin M14, M10, M7 yoki M5 abrazivlari bilan ketma-ket shisha 
plastinada qo‘l bilan bajariladigan mikro silliqlash amalga oshiriladi. Shundan so‘ng 
plastina spirt, benzin va shu kabilarda yaxshilab yuviladi, havoda, keyin esa, spirtli 
yondirgich alangasida yoki elektr plitasida ehtiyotkorlik bilan qizdirish yo‘li bilan 
quritiladi. Shuningdek, predmet oynasi ham avval tozalab yuviladi va quriguncha 
artiladi. Predmet shishasi va namuna elektr plitasida 60-80

S gacha qizdiriladi, 
oynaga Kanada (yoki pixtali) balzam tomchisi tomiziladi va unga silliqlangan tomoni 
bilan namuna zich yopishtiriladi. Oyna va namunaning yuzasi orasida havo 
pufakchalari qolmaganligini kuzatib turish kerak, chunki namuna keyingi 
silliqlanganda plastinaning ko‘chib ketishiga olib kelishi mumkin. 20-30 min dan 
keyin balzam qotadi va namunani boshqa tomonidan silliqlashni boshlash mumkin. 


42 
Preparatni predmet shishasi tomonidan olinadi va M200 abrazivi bilan cho‘yan 
diskda namunani qo‘pol silliqlash (shilish) amalga oshiriladi. Bu operatsiyaning 
maqsadi-plastinaning qalinligini 0.3-0.5 mm gacha yetkazish. Keyin yuzasi spirt, 
benzin va sh.k. bilan yuviladi va sement klinker minerallari uchun 0.02-0.03 mm 
bo‘lgan shaffof shlifning normal qalinligigacha M20, M10, M7 abrazivlari bilan 
shishada qo‘l bilan silliqlanadi.Shlifning talab etilayotgan qalinligida qutblangan 
yorug‘likdagi minerallar rangi jadvalda ko‘rsatilganidek (och kulrang), o‘lif 
yo‘g‘onroq bo‘lganda esa – u rangliroqdir. Shlifning talab etilayotgan yo‘g‘onligiga 
erishilganda, uni ehtiyotkorlik bilan, ammo yaxshilab inert suyuqlik muhitida abraziv 
kukun qoldiqlaridan cho‘tka bilan tozalanadi, keyin havoda quritib, ozgina 
qizdiriladi. Qizdirilgan silliqlangan yuzaga unchalik quyuq bo‘lmagan balzam 
tomchisi tushiriladi va yuzasiga toza qoplamali shisha zich yopishtiriladi. Havoda 
quritilganidan keyin shishalarning yuzasidan britva yordamida ortiqcha balzam qirib 
olinadi va spirtda yuviladi. Shuni nazarda tutish kerakki, shliflarni malakali 
tayyorlashda ham ularning quyidagi nuqsonlari bo‘lishi mumkin: material 
qatlamining bir xil bo‘lmagan qalinligi (markazda yo‘g‘onroq va chetlarida 
yupqaroq), shlifning tekis bo‘lmagan yuzasi – tirnalgan joy, ariqchalarning bo‘lishi, 
shuningdek, abraziv kukunlar ortiqcha donalarining mavjudligi. Juda ham g‘ovak, 
kam mustahkam bo‘lgan materiallar silliqlanganda qisman yemirilishga duchor 
qilinadi: shlif qatlamidan qattiq donalar va kristallar maydalanadi, zaif uchastkalar 
deformatsiyalanadi va sh.k. Buning uchun bunday materiallarning namunalari 
ulardan shliflarni tayyorlashdan oldin kanifol, Kanada balzami yoki oltingugurtda bir 
yoki ko‘p marotaba provarka qilish yo‘li bilan mustahkamlanadi. Buning uchun 
chinni (farfor) tigelga konifol yoki balzam joylanadi, o‘z miqdorda atseton qo‘shiladi 
va aralashma bir turdagi eritmani hosil qilishi uchun qumda qizdiriladi. Eritmaga 
namuna tushiriladi va 100

S atrofidagi haroratda 60 min davomida qaynatiladi. 
Eritma namunaga singiydi va namuna eritmadan olinib, havoda soviganidan keyin 
sezilarli darajada mustahkamlanadi. Qaynatish-singdirish operatsiyasi bir necha 
marta amalga oshirilishi mumkin: shlifni tayyorlashdan oldin, shilishdan so‘ng. 
Qizdirilishda o‘z tarkibi va tuzilishini o‘zgartiruvchi materiallardan shliflarni 
tayyorlashda ularning yuqori haroratlargacha qizdirish bilan bog‘liq bo‘lgan 
operatsiyalarni istisno etish zarur. Natijada bunday materiallar uchun qaynatish 
namunalarga 1-2 soat davomida 50

S dan past haroratda kanifolning artoksilildagi 


43 
eritmasini singdirish vositasida amalga oshiriladigan “sovuq sementlash” bilan 
almashtiriladi. Namuna predmet shishasiga yopishtirilganda shlif boshqa tomonini 
qoplamali shisha bilan yopishda plastina ham, shlif ham qizdirilmaydi, faqat balzam 
50-60

S haroratgacha qizdiriladi, namunani silliqlash uni qizib ketishining oldini 
olish uchun tanaffuslar bilan amalga oshiriladi.

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin