38
Mikroskop tubusidagi analizator ostida qavariqli pona yoki 32
kompensatsiyalovchi plastinalarni kiritish uchun teshik mavjud. Teshik mikroskop
simmetriyasining tekisligiga nisbatan 45
0
burchak ostida joylashgan. Analizator
ustida uchta monoxromatik filtrlar va bitta bo‘sh teshik bilan 27
burilish diski
mavjud.
Okulyarlar 7 qiya uchlik teshigiga qo‘yiladi. Yaqinlashuvchi yorug‘likda
ishlanganda 31 xalqa vositasida okulyarning siljishi ko‘zda tutilgan. Okulyar trubkasi
fotouchlik, rasm chizuvchi apparat va boshqa moslamalarni mahkamlash mumkin.
Mikroskopning optik tizimi quyidagicha: yorug‘lik manbaidan nurlar
ob’yektning yoritilishini oshirish imkonini beruvchi ikkita yig‘ma linza –
kondensatorlarga boradi. Kondensatorlardan keyin nurlar prizmaga tushadi, sinadi va
qutblagichga o‘tadi. Qutblangan nur tarami keyin uchta almashtiriladigan
kondensatorlardan biriga tushadi va tekshirilayotgan ob’yektni yoritadi. Preparatdan
nurlar ob’yektiv, analizator o‘rtasida tizimga kompensiyalovchi plastinalar kiritilishi
mumkin. Diafragmalar yoritgich yonida, qutblagich ostida, ustida va uchlik
(nasadka)da joylashgan. Yoritgich yonidagi diafragma maydon diafragmasidir.
Kondensatordagi ikkita diafragma - turli ob’yektivlar uchun aperturali: uchlik
(nasadka) da diafragma – konoskopik yorug‘likdagi mineral donasini chegaralash
uchun.
Mikroskopda olinadigan tasvir sifatiga butun
optik tizimning va birinchi
navbatda ob’yektivning holati ta’sir ko‘rsatadi. Mikroskopda turli ruxsat beruvchi
qobiliyatga ega 5 ta ob’yektiv mavjud. Ob’yektivning kattalashishi uning aperturasi
qiymatlarining ortishi bilan ko‘payadi Ob’yektiv aperaturasi deganda quyidagi ifoda
tushuniladi: A = n sin b, n – ob’yekt va ob’yektiv o‘rtasida muhitning yorug‘lik
sinishi ko‘rsatgichi, b – ob’yektiv tomon yo‘nalishda ob’yektdan chiquvchi nurlar
hosil qiladigan konus balandligidagi burchak yarmi n = 1 bilan havo aperturasi uchun
26 burchak qiymatlari 180o ga yaqinlashishi mumkin. Ob’yektivlar aperturasini
oshirish uchun ular va ob’yektlar o‘rtasidagi fazoni 2 > 1 muhit bilan to‘lidirish
kerak. Ko‘pincha bu sifatda pedr moyidan foydalaniladi. Mikroskop komplektida
bitta shu turdagi ob’yektiv (immersion) mavjud, uning aperturasi kattaligi 1.25 ga
kattalashtirish esa – 90
x
ga teng.
39
Mikroskop okulyari ikkita linzadan iborat: pastki – kollektor va yuqorigi ko‘z
linzasi. Ular o‘rtasida kurish maydonini chegaralovchi diafragma joylashgan. Ko‘z
linzasi diafragmaga fokuslangan.
Mikroskopning optik tizimi, odatda, yetarli darajada bo‘lmagan
tekis tasvirni
beradi, bunga bog‘liq holda chetlardagi va markazdagi tasvir aniqligi turlicha bo‘ladi,
ayniqsa surat olganidan keyin kattalashtirilganida. Bu hodisani bartaraf etish uchun
maxsus fotoob’yektivlar qo‘llanadi: ushbu mikroskopdagi 10x okulyari asosan tekis
tasvirni olish imkonini beradi. Turli aperturaga ega mikroskopning barcha
ob’yektivlaridan yaxshiroq foydalanish uchun mikroskopda son jihatidan alohida
ob’yektivlar aperaturasiga teng bo‘lgan turli aperturaga ega bo‘lgan uchta
almashtiriladigan kondensor ko‘zda tutilgan.
Konoskopik yorug‘likda ishlanganda kondensor va ob’yekt o‘rtasiga Lazo
linzasi, uchlik (nasadka) ga esa – Bertran linzasi kiritiladi. Konoskopik manzaraning
keskinligiga fokuslash okulyarni siljitish orqali amalga oshiriladi. Mikroskopda aks
ettirilgan yorug‘likda ishlanganda 25 qisqichli qurilma o‘rniga OI – 12 yoritgichi
o‘rnatiladi va ob’yektiv bevosita 1yoritgichga mahkamlanadi. Okulyar uchlik
(nasadka) bu holda 180
o
S
buriladi, ya’ni 3 fonari olib qo‘yiladigan yoritgich
tomonidan joylashtiriladi. Yoritgich lampasidan kelayotgan yorug‘lik nurlari ularni
ob’yektga yo‘naltiruvchi kerakli burchak ostida o‘rnatilgan shisha plastinaga tushadi.
Ob’yektdan aks ettirilgan nurlar bundan keyin mikroskopning oddiy optik tizimi
bo‘yicha ketadi.
Fazakontrastli qurilma bilan ishlanganda mikroskop tizimidan kondensor bilan
15 kronshteyn o‘rniga boshqa kronshteyn o‘rnatiladi. Ish kfl komplektiga kiruvchi
faza ob’yektivlarida amalga oshiriladi. Fazakontrastli qurilma mayda kristalli
moddalar sinishi ko‘rsatkichlarini aniqlash va mayin tarkiblar (loyli
minerallar va
sh.k.) ni o‘rganish imkonini beradi. Minerallarning optik zichligini aniqlash uchun
zarur bo‘lgan qutblangan yorug‘lik 18 flanes yo‘nib kengaytirilishiga o‘rnatiladigan
qoplama polyaroid vositasida hosil qilinadi.
Mikroskopning umumiy kattalashtirishi
Dostları ilə paylaş: