Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


 Elektronografik tahlil usuli



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

1.5.6. Elektronografik tahlil usuli 
Elektronografiya usuli tekshirilayotgan moddalarning kristall panjarasiga kirib 
boruvchi elektronlar difraksiyasiga asoslangan. Modda massasiga elektronlarning 
kirib borish chuqurligi 100Adan oshmaydi, shunga bog‘liq ravishda elektrongrafik 
usuldan yuza qatlamlar yoki juda yupqa plenkalar qurilishini tekshirish uchun 
foydalaniladi. Elektronografiya usuli yordamida ilgari ma’lum bo‘lmagan kristall 
tuzilmalarning to‘liq belgilanishini amalga oshirish, qattiq eritmalar va amorf fazalar 
qurilishini tekshirish, diffuziya jarayonlarini, to‘yingan qattiq eritmalar yemirilishini
kristall jismlar tuzilmalarining nuqsonlarini o‘rganish, birikishlarni tahlil qilish, 
vodorod atomlarining koordinatalarni belgilash va qandaydir boshqa tekshirishlarni 
o‘tkazish mumkin. Shu tariqa, elektronografiya usuli materiallarni tekshirishning 
rentgen usulini to‘ldiradi. 
Elektronografiya usulidan foydalanib, aniq pretsizion (yuqori sifatli) 
tekshirishlarni ham o‘tkazish mumkin: atomlar orasidagi elektron zichlikni, ularning 
issiqlik harakatining anizotropiyasini aniqlash, oxirgi atomlarning ideal tuzilmasidagi 
buzilishlarni va ionlashtirishni o‘rganish. Elektron to‘lqinlar uzunligi 0,03-0,08kX, 
ajratuvchi qobiliyati esa angstremning yuzinchi ulushlariga teng. Bunday 
tekshirishlarni rentgen usuli yordamida o‘tkazishning deyarli iloji yo‘q. Shu bilan 
birga elektrografik usul kristallar elementlar yacheykasining parametrlarini 
o‘lchashda aniqligi va ajratuvchi qobiliyati bo‘yicha rentgen usuli ustundir. 
Elektronografik tahlil mahsus asbob-elektronografda o‘tkaziladi, ammo uni 
elektronograflash uchun qurilma bilan jihozlangan ko‘pchilik elektron 
mikroskoplarda ham bajarish mumkin (UEMB-100 va b.). Yorug‘likka qarab 
ishlaganda materialning yupqa kesimlar, yoki elektron-mikroskopik tekshirish uchun 
preparatlarga o‘xshab tayyorlangan va shunga o‘xshash tutqichlarda 
mahkamlanadigan preparatlar tekshiriladi. “Aks ettirish” uchun ishlaganda nisbatan 
og‘irroq shliflardan foydalaniladi. Elektronogrammalarni qayd qilish fotosurat usuli 
bilan amalga oshiriladi. 


58 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin