Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

1.6. Spektral tahlil 
1.6.1. Emission spektral tahlil 
Ushbu usul boglovchi materiallar kimyosida ularning kimyoviy tarkibini 
ekspress aniqlash uchun ishlatiladi. U har qanday manbaa bilan chiqadigan nurlanish 
spektrini tahlil qilishga asoslangan. Emission spektral tahlil quyidagi ketma – 
ketlikda bajariladi:
1)
tadqiq etilayotgan modda yuqori harorat (6000 

gacha) ta’sir etish 
sharoitlarida gazsimon yoki bug‘simon holatga o‘tkaziladi; 
2)
bug‘ yoki gazni tashkil etuvchi ion va atomlar kuchli elektr zaradining ta’siri 
ostida qo‘zg‘aladi va yorug‘lik kvantlari hosil qiladi
3)
turli uzunlikdagi to‘qimalardan iborat yuzaga kelgan nur (yorug‘lik) 
spektrga yoyiladi;
4)
spektr fotosuratga olinadi;
5)
spektr rasshifrovka qilinadi va moddaning elementli kimyoviy tarkibi 
hisoblab chiqiladi.
Nurlanishning qo‘zg‘alish jarayoni quyidagilardan iborat. Elektr zarad ta’sirida 
bug‘ va gazning tashkil etuvchi bo‘sh ion va atomlari tez harakatlanadi, bir-biriga 
uriladi, natijada atomlarning tashqi qobig‘idan valent elektronlar orbitaga yaqin 
bo‘lgan yadrosiga o‘tadi, keyin esa, taxminan 10

sekunddan keyin tashqi qobiqqa 
qaytadi, bunda yorug‘lik energiyasining kvantini ajratadi. Atomga urilganda qancha 
ko‘p energiya berilsa, unda yadroga yaqin bo‘lgan orbitaga elektronlar o‘tadi. Har bir 
shunday orbitadan ichkilaridan biriga va teskariga elektronlarning o‘tishi aniq to‘lqin 
uzunligi yorug‘ligining nurlanishi bilan kuzatiladi, bunda elementning umumiy 
spektrida bitta chiziqni beradi. Barcha bunday chiziqlar yigindisi elementning chiziqli 
spektrini beradi.
Har bir element o‘ziga xos xususiyatga ega chiziqli spektrga ega. Ushbu spektr 
valent elektronlar elementga qancha ko‘p ega bo‘lsa, shuncha murakkab hisoblanadi. 
Ko‘p chiziqli murakkab spektrlar, masalan temir, marganes, xrom va boshqalarga 
mansub, aksincha bir valentli natriy va kaliy ko‘p bo‘lmagan chiziqlar soni bilan 
oddiy spektrlarga ega. Bir nechta elementlardan tarkib topgan modda spektri liniyali 
hisoblanadi va uning tarkibiga kirgan barcha elementlar spektrining majmuidan 
iborat. Bunday spektrdagi turli chiziqlar holati va sonining tahlili moddaning sifatli 
elementar kimyoviy tarkibini aniqlashning asosi hisoblanadi.


59 
Ayrim belgilangan spektral chiziqlar intensivligini mos keluvchi etalon 
materiallardagi shunday spektral chiziqlar intensivligiga taqqoslash bilan miqdoriy 
elementlar kimyoviy tahlilini o‘tkazish mumkin.

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin