Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

Kalorimetr turlari
. Kalorimetrlar konstruksiyalari turlichadir. Ammo ularning 
barchasi quyidagi ikki qismga ega: kalorimetrik idish (kalorimetrik tizim) va qobiq. 
Barcha kalorimetrlar ikki turga ajratiladi: o‘zgaruvchan haroratli kalorimetrlar va 
doimiy haroratli kalorimetrlar. 
O‘zgaruvchan haroratli kalorimetrlar kalorimetr tizim harorati tajriba vaqtida 
o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Bu holat kimyoviy ta’sir etishda issiqlik ajralganligi 
sababli yoki qobiq orqali atrof-muhit bilan issiqlik almashinishi natijasida sodir 
bo‘ladi. Kalorimetrik tizimda va qobiqdagi issiqlik almashinuvi hisobga olinishi yoki 
bartaraf etilishi mumkin. Agar issiqlik almashinuvi hisobga olinsa, unda bunday 
turdagi kalorimetrlar oddiy (termosli), agar issiqlik almashinuvi bartaraf etilsa, unda 
adiabatik deb nomlanadi. Adiabatik kalorimetrlarda issiqlik almashinuvini bartaraf 
etish kalorimetr va qobiq haroratning aniq teng uzluksiz ta’minlanishiga erishiladi.


67 
Adiabatik kalorimetr yordamida uzoq muddat o‘tuvchi jarayonlarning issiqlik 
ajralishini o‘lchash mumkin, bunday holatda issiqlik reaksiyasiga o‘zgartirish kiritish 
shart emas. Oddiy kalorimetrda bunday jarayonlarning issiqlik ajralishini ajralgan 
issiqlik miqdorini aniqlashda katta xatoliklar sababli o‘lchash mumkin emas 
Doimiy haroratli kalorimetrlar (yoki izotermik) tajriba vaqtida kalorimetr 
tizimining harorati o‘zgarmasligi, ya’ni tizimda issiqlik akkumulyatsiyalanmasligi 
bilan xarakterlanadi. Bu kimyoviy ta’sir etishda ajralayotgan issiqlik kalorimetrik 
tizim tarkibiga kirgan moddaning agregat holati o‘zgarishiga yoki ajralgan barcha 
issiqlikning tizimdan tez ajralishini ta’minlash yo‘li bilan sarflanadi. Bu muzlagan 
kalorimetr (muzning erishi), difepilmenli (difenilmetanning erishi) va boshqalar. 
Ta’sir etishning issiqlik effekti o‘zining agregat holatini o‘zgartirgan moddaning 
miqdori bo‘yicha aniqlanadi. 
Ayrim kalorimetrlar qurilmasining tavsifi quyida keltirilgan 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin