66
ajralishini belgilash va boshqa usullar bilan bajarish qiyin bo‘lgan boshlang‘ich
gidratatsiya davrida tizim tomonidan ajralgan issiqlik miqdorini aniqlash imkoniga
ega. Issiqlik ajralishini bevosita kalorimetrda o‘lchashda butun
vaqt davomida,
hamda namunaning qotish davrida, ya’ni 1,3,7,28 kun va hakozo o‘tkaziladi.
Tabiiyki, kalorimetrga joylashtirilgandan keyin 1 yil o‘tib sement massasida
ajraladigan issiqlik miqdorini aniqlash juda murakkab, chunki gidrotatsiya ta’sir
etishning issiqlik effektini bu davrda katta emas va miqdoriy ma’lumotlarni olish
uchun atrof-muhitda issiqlik yo‘qolishini aniqroq aniqlash juda zarur. Shuning uchun,
issiqlik ajralishini to‘g‘ri o‘lchash usuli, odatda, birikishning boshlang‘ich qotish
muddatlarini 3-7 kungacha o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Gidrotatsiyaning
bevosita
issiqligini o‘lchashni adiabatik hamda izotermik kalorimetrlarda amalga oshirish
mumkin. Bevosita usul talab etilgan vaqtda boshlang‘ich sement kukunini eritish va
qotgan sement tosh issiqligining farqini aniqlashga asos
langan. Olingan ΔQ kattalik
o‘tgan vaqt mobaynida tizim tomonidan ajratilgan issiqlik miqdorini o‘z ichiga oladi.
Ushbu usulning afzalligi bo‘lib istalgan harorat-namlik
sharoitlarida sementning
gidratatsiya qilish va qotishning uzoq muddatda issiqlik ajratishni aniqlash
imkoniyati hisoblanadi. Usulning kamchiligi bo‘lib gidratatsiyaning dastlabki davrida
issiqlik ajralishini aniqlash mumkin emasligi va eksperemental nuqtalarning ko‘p
sonini olishda ko‘p mehnat talab etilishi hisoblanadi. Erish issiqligini aniqlash
turli
tizim kalorimetrlarida amalga oshirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: