Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


Sementning gidrotatsiya issiqligini eritish usuli bilan aniqlash



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

Sementning gidrotatsiya issiqligini eritish usuli bilan aniqlash.
Eritish 
kalorimetrlari konstruksiyasi turli tumandir: oddiy, izotermik, adiabatik. Eritish 
usulining xususiyati kalorimetrik idish, aralashtirgich va boshqa o‘rnatish qismlarini 
zanglash talab etiladigan ftor-vodorod, (ftor vodorodining suvda eritilgan zaxarli 
eritmasi) kislotasini kiritish zarurligi hisoblanadi. Kimyoviy material sifatida 
kislotaga chidamli lak ishlatiladi. Ayrim hollarda NF ga ta’siri ostida qoladigan 
kalorimetr detallari platinadan tayyorlanadi. 
Eritishning oddiy kalorimetri ilmiy-tadqiqot ishlarida, shuningdek, bir qator 
davlatlarda sementning standart sinovlarida keng qo‘llaniladi. 
Britaniya standarti “VS 1370” quyidagi gidratatsiya issiqligini aniklash 
uslubinini ko‘zda tutgan. 
Kalorimetr (1.17-rasm) ichki diametri 70 mm va balandligi 150 mm bo‘lgan 
Dyuar idishidan foydalaniladigan vakuum idishdan iborat. Idishning ochiq og‘zi 
probka bilan yopiladi. Probka uchta: Bekman termometri, aralashtiruvchi qurilma va 
namunani olish uchun mo‘ljallangan voronka uchun teshigi bor. Vakuum – idish 
yashik va issiqlikni izolatsiya qiluvchi materialdan iborat issiqlikni izolatsiyalovchi 
konteynerda joylashgan. 
Issiqlikni izolatsiya qiluvchi material sifatida probka qatlami, ip-gazlama ip 
yoki shunga o‘xshash materiallardan foydalaniladi. Issiqlikni izolatsiya qiluvchi 
qatlamning qalinligi quyidagicha tanlanadi: kalorimetrik idishga 400 sm
2
iliq suv 
(50S xona haroratidan yuqori) quyiladi va 30 minut davomida Bekman termometri 
bo‘yicha uning haroratining pasayishi nazorat qilinadi. Issiqlikni izolatsiyasini yaxshi 
deb, agar harakatsizlikda bo‘lgan suvning harorati shu vaqtda pasayishi minutiga 
0,002
0
S dan oshmaganda, hisoblanadi. Odatda, issiqlikni izolatsiya qilish qalinligi 25 
mm ni tashkil qiladi. 
Idishning (probkadan pastki qismi), shuningdek, termometr qismi va 
aralashtiruvchi qurilmaning ichki yuzasi 60
0
S quyuqlashish nuqtasida mumli parafin 
turidagi kislotaga chidamli tarkibi bo‘yicha tekis tekislanadi. Bunda, agar ushbu 
qoplama buzilsa (boshlang‘ich isish yoki sovush jarayonida harorat tuzatishlarini 
aniqlashda odatdan tashqari harorat oshishini ko‘rsatadi), ya’ni parafin oldindan 
olishgan, erigan va joylashgan bo‘lishi kerak. 


70 
Termometrning yuqori qismi 22
°
S belgisigacha yetganda termometr sozlangan 
bo‘lishi kerak. U aralashtiruvchi qurilmasining parragi bilan tasodifan tegib ketish 
imkoniyatining oldini olish kerak. Termometr po‘stlog‘i probkani olish oson bo‘lish 
uchun, ikki qismga bo‘linadi, birinchisiga termometr, ikkinchisiga voronka 
biriktiriladi. Harorat termometr bo‘yicha yengilgina urilgandan keyin lupa yordamida 
hisoblab chiqiladi. Aralashtiruvchi qurilma diametri 38 mm shishali ikki lopastli 
propeller ko‘rinishida bo‘lishi kerak va u dyuar idishning tagidan 38 mm tepada 
bo‘lishi kerak. Aralashtirgichni harakatga keltiruvchi motor 400 ob\min tartibining 
doimiy aylana sonini ta’minlaydigan reduktor bilan sinxron tipida bo‘lishi zarur, 
aralashtirgichni motordan o‘chirib qo‘yish imkoniyati ko‘zda tutiladi. Issiqlik ajratish 
hajmi aralashtirgichnining uzluksiz aylanishidan 0,4 kal\minutdan oshmasligi kerak. 
Voronka filtrlangan bo‘lishi kerak, trubkaning ichki diametri 6,3 mm; korpus 
uzunligi 25 mm. Voronka trubasi probkaning pastki qismidan 3 mm dan ko‘p 
bo‘lmaganda ko‘rinmasligi kerak. O‘lchashlar o‘tkazish vaqtida voronka probka bilan 
yopilishi kerak. Dyuar idishi probkali shtativga o‘rnatiladi. Kalorimetrik suyuqlik 
azot kislotasining toza 2 n (± 0,05) va 40 foizli ftor vodorod kislotasining kimyo 
aralashmasidan iborat. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin