239
rentgen nurlari manbai joylashtiriladi (8.4.- rasm), ikkinchi
tomoniga rentgen
fotonplyonkasi bo‘lgan kasseta qo‘yiladi.
Rentgen nurlari material ichidan singib o‘tib, fotoplyonkaga ta’sir ko‘rsatadi,
bunda bu ta’sir materialning zichligiga bog‘liq holda turlicha bo‘ladi. Nuqsonli
joylarda (bo‘shliqlar, yoriqlar va h.k.) nurlarning sinib o‘tish qobiliyati materialning
nuqsonsiz qismlariga qaraganda yuqori bo‘ladi, binobarin, plyonkada qorayish
darajasi bir xil bo‘lmagan joylar paydo bo‘ladi. Qoraygan joylarning mavjudligi va
qorayish darajasiga ko‘ra aniqlangan nuqsonlarning tavsifi va o‘lchamlari to‘g‘risida
fikr yuritiladi.
8.4-rasm. Payvand chokni fotoplyonkaga fotosuratga olib rentgan nurlari bilan yoritish
sxemasi:
1- payvand chok; 2- rentgen trubkasi; 3- kasseta; 4- himoya qiluvchi qo‘rg‘oshin plastinka;
5- kuchaytuvchi ekran; 6- fotoplyonka.
Qorayish darajasi maxsus asboblar – mikrofotometrlar yordamida optik
zichlik
birliklarida aniqlanadi:
S
S
D
0
lg
=
bunda, S
0
– plyonkaning yoritilmagan joyidan o‘tuvchi, mikrofotometr tomonidan
qayd etilgan, yorug‘lik miqdori;
S – plyonkaning qoraygan joyidan o‘tuvchi, mikrofotometr tomonidan
qayd etilgan, yorug‘lik miqdori.
Fotosuratga olish usulida nurli nuqsonlarni aniqlashga fotosuratlarning
sezgirligi yorug‘lik nuri o‘tkazilayotgan materialning turiga va qalinligiga, yoritilish
240
sxemasiga va nurlanish bikrligiga va ta’sir qilish darajasiga va boshqa omillarga
bog‘liq.
Rentgenografik sinash usuli sezgirligi yuqoriligi va sinashlar uslubi oddiyligi
bilan ajralib turadi, ammo uning unumdorligi ancha past.
Kserografik usul,
ya’ni «quruq fotografiya» usuli rentgen tasvirini qayd
etishning eng istiqbolli usullaridan biridir. Bu usul yarim o‘tkazgichlarning
zaradlangan qatlami nurlantirilganda ularning sirtida yashirin
elektrostatik tasvir
paydo bo‘lishiga asoslangan. Bu tasvir biror elektrlangan kukun bilan ochiltiriladi.
Kserografik nazorat usulining asosiy elementlari kserografik plastinka va
ochiltiruvchi kukun hisoblanadi. Kserografik qatlamlar olish uchun plastinkalarda
qarshiligi kamida 10
12
om/sm bo‘lgan fotoyarimutkazgichlar – selen, ruh oksidi,
oltingugurt, qadmiy sulfidi va boshqalardan foydalaniladi.
Selen va ruh oksidi eng ko‘p tarqalgan. Metall plastinkaga selen qoplash
vakumida bo‘g‘lantirish bilan amalga oshiriladi. Kserografik plastinada rentgen
tasvirini hosil qilish uchta operatsiyadan iborat: fotosezgir qatlamni zaradlash,
eksponirlash va tasvirini ochiltirish.
Kserografik plyonkani zaradlash yuqori manbaidan toj (koronnыy) razradi
bilan amalga oshiriladi. Shundan so‘ng kserografik plastinka kassetaga joylashtiriladi
va rentgen fotosuratlarini olish uchun fotoplyonkali kasseta kabi eksponirlanadi.
So‘ng kserografik plastinkada yashirin elektrostatik tasvir hosil bo‘ladi, uni
ochiltirish uchun mayda elektronlangan kkundan foydalaniladi, bu kukun
plastinkaning sirtiga sepiladi. Kukun sifatida bo‘r, talk, rux
oksidi va maydalanganlik
darajasi 1 dan 5 mk gacha bo‘lgan boshqa pigment – bo‘yovchilardan foydalaniladi.
Plastinka sirtiga sepilgan kukun uning ayrim uchastkalari zaradiga proporsional
ravishda taqsimlanadi va yoritilgan materialning tasviri chiziladi. Hosil bo‘lgan
tasvirlarni fotosuratga olish, maxsus yoki yopishqoq qog‘ozga va xatto oddiy yozuv
qog‘oziga o‘tkazish mumkin.
Rentgenoskopik
(fluoroskopik) usulida sinalayotgan materialda nuqsonlarni
aniqlash ko‘z bilan ko‘rib, ekrandagi tasvir bo‘yicha amalga oshiriladi. Rentgen
nurlari sinalayotgan material orqali o‘tib, lyuminessirlovchi ekranning yoritishini
yuzaga keltiradi. Uchastkalarning yoritishi ravshanligi darajasiga bog‘liq
holda
materialdagi nuqsonlar to‘g‘risida fikr yuritiladi.
241
Rentgan suratlaridagi qora dog‘lardan farqli ravishda barcha nuqsonlar ekranda
och nuqtalar, dog‘lar va kamarsimon ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, chunki ular
qo‘shni uchastkalarga qaraganda ko‘proq miqdordagi nurlarni o‘tkaziladi. Asosan
tanlab nazorat qilishda foydalaniladigan rentgenografik usulga nisbatan vizual usul
nazoratining uzluksizligini ta’minlashi mumkin va yoritilayotgan materialning
lyuminessinlovchi ekrandagi tasvirini kuzatib borishga imkon beradi.
Rentgen tasvirining ravshanligini oshirish uchun maxsus asbob – rentgen
elektron-optik o‘zgartkichdan foydalaniladi. Bu asbob rentgen tasvirini yorug‘lik
optik
tasvirga, keyin elektron tasvirga, shundan keyin yana yorug‘lik tasviriga
aylantiradi. Asbob (8.5 -rasm) rentgen trubkasidan, elektron – optik o‘zgartkichdan
va binokulyar mikroskopdan iborat. Rentgen trubkasi nurlantirayotgan rentgen nurlari
qo‘rg‘onshin diofragma orqali nazorat qilinayotgan buyumga tushadi. Rentgen nurlari
buyumdan o‘tgandan keyin elektron – optik o‘zgartkichning lyuminessiyalovchi
ekraniga tushadi va uning yoritishini vujudga keltiradi. Yorug‘lik tasviri ta’siri ostida
lyuminessiyalovchi ekran bilan optik kontaktda bo‘lgan fotokatod elektronlarni
imitatsiyalaydi, ularning
soni mazkur uchastkada
tushayotgan yorug‘likning intensivligiga
proporsional. Fotokatoddan ozod bo‘lgan elektronlar
qo‘shimcha kuchlanish bilan tezlashtiriladi va
alohida fokuslanadi va ikkinchi chiquvchi
lyuminessiyalovchi ekranga yo‘nalib, uning
yoritishini yuzaga keltiradi. Chiquvchi ekranda hosil
bo‘luvchi tasvir uch yoqli prizma orqali binokulyar
mikroskopda ko‘rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: