Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


-rasm. Elektoron – optik o‘zgartkichdan foydalanib



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

8.5-rasm. Elektoron – optik o‘zgartkichdan foydalanib 
rentgen yoritish sxemasi.
1-rentgen trubka; 2-rentgen 
nurlari; 3-qo‘rg‘oshin diafragma; 4-buyum; 5-aluminiy 
elektord; 6-lyuminetsiyalovchi ekran; 7-fotokatod; 8,9-
alohida shakldagi eletrodlar: 10-chiquvchi 
lyuminessiyalovchi ekran; 11-uch yoqli prizma; 12-
binokulyar mikroskop. 


242 
γ- defetoskopiya – materiallar va buyumlardagi nuqsonlarni ularni
γ - nurlar bilan yoritilib topish usuli. γ - nurlanishlarni qayd etish usullariga bog‘liq 
rengeno-
defektoskopiya uslubiga o‘xshash γ - defetoskopiyaning uchta usuli 
farqlanadi: γ - garfiya, radiometrik usul va fluoroskopik (vizual) usul. 
γ - grafiya usuli shundan iboratki, sinalayotgan materialdagi ichki nuqsonlarni 
aniqlash rentgen plyonkasi yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun, radioaktiv 
manba tanlanadi va materialning zichligiga, yoritilayotgan qatlamning qalinligiga va 
boshqa ma’lumotlarga bog‘liq holda nomogrammalar quriladi, ularga ko‘ra mazkur 
materialni yoritish uchun zarur bo‘lgan vaqt aniqlanadi. 
γ - grafik usul rentgonografik usuldan sezgirligi pastligi bilan farq 
qiladi,biroq rentgenografik usuldan foydalanish mumkin bo‘lmaganda keng 
qo‘llaniladi. 
Nazorat qilishning radiometrik (ionazatsion) usuli shundan iboratki, 
tekshirilayotgan material nazorat qilishning rentgenografik va rentgenoskopik 
us
ullaridan farqli ravishda (bunda nazorat qilinayotgan buyum γ - nurlanishning 
keng dastasi bilan yoritiladi) γ - nurlanishning tor dastasi bilan yoritiladi. Tor 
nurlanishlar dastasini nazorat qilinayotgan buyum bo‘yicha siljita borib, uning barcha 
alohida qismlari yoritiladi. Material orqali o‘tgan nurlanishlar hisoblagich yordamida 
qayd etib boriladi va elektr signaliga aylantiriladi, uning amplitudasi γ -
nurlanishlarning intensivligiga proporsional. Nazorat qilishning bu usuli yuqori 
sezgirlikka ega va ayniqsa kata qalinlikdagi buyumlarni nazorat qilishda yuqori 
unumdorlikka egadir. 
Sinashning 
fluoroskopik (vizual) usuli 
sinalayotgan material katta faollikka ega 
bo‘lgan radioaktiv manba nurlari bilan yoritishiga asoslangan. Nazorat qilinayotgan 
buyumning tasviri fluoroskopik ekranga proyeksiyalanadi va televizion qurilma 
yordamida xavfsiz masofaga uzatiladi. Bu usulning sezgirligi rentgenoskopiya
usulnikiga nisbatan ancha past. 
Neytron- defetoskopiya 
– materiallar va buyumlarning sifatini neytron 
nurlanish yordamida aniqlash usulidir. Materiallar defetoskopiyasida radioaktiv 
manbalardan olinadigan neytronlardan foydalaniladi. Radioaktiv manbalar sifatida 
radiy, poloniy, plutoniy va boshqalardan foydalaniladi. 
Berilgan parametrlik neytornlar dastalarini shakllantirish sekinlashtirgichlar va 
kallimatsiya sistemalari yordamida amalga oshiriladi.


243 
Neytronlarning tezligini sekinlashtirish uchun sekinlashtirgichlar - suv, parafin, 
kadmiy va h. k. lardan foydalaniladi. 
Neytorn defetoskopiyada γ - defetoskopiyadagi 
kabi nazorat qilishning ikki usuli – radiografik va radiometrik usullari bo‘lishi 
mumkin. Biroq neytronlar oddiy rentgen plenkada qiyin tutiladi, shuning uchun 
neytron radiografiyada neytronlarni plyonkaning sezgirligi neytron nurlarga 
qaraganda ko‘proq bo‘lgan nurlanishning boshqa ko‘rinishlariga (α- nurlanish, β - 
nurlanish, elektromagnit va h.k.) aylantiruvchi ekran – konvertorlar (lyuminessent 
kuchaytiruvchi ekranlar) qo‘llaniladi.
Neytorn defetoskopiya usuli qalinligi kata bo‘lgan materiallar va buyumlarni, 
plastmassa buyumlarni, shuningdek turli jinsli materiallardan tayyorlangan 
buyumlarni yoritish uchun foydalaniladi. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin