Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


 Elektromagnit defetoskopiya



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

 
9.2. Elektromagnit defetoskopiya 
Ferrozondlar usuli 
sanoatda magnitometrik o‘lchashlar, metallarda yoriqlarni 
va boshqa nuqsonlarni aniqlash uchun foydalaniladi. Bu usul metallni nuqson 
yaqinida magnitlashda yuzaga keladigan sochilish maydonlarini aniqlashga 
asoslangan. 
Ferrozond ferromagnitli sterjeni bo‘lgan g‘altakdan iborat. Ferrozond orqali 
yuqori chastotali o‘zgaruvchan tok o‘tkaziladi. O‘zgarmas magnit maydoni o‘zagiga 
ta’sir qilinganda yo‘nalishda o‘ziga parallel ravishda siljiydi va ferrozond chiqishida 
e.yu.k. paydo bo‘ladi. Asbob (9.2-rasm) ikkita ferrozonddan iborat. Agar ferrozondlar 
g‘altaklarning ikkilamchi chulg‘amlari ketma-ket ulansa, u holda maydon kattaligi 
o‘lchanadi, agar chulg‘amlarni ulash bir-biriga qarama-qarshi qilib amalga oshirilsa, 
u holda uning gradiyenti o‘lchanadi. 
 
9.2-rasm. Strukturadagi nuqson-larni 
aniqlash uchun asbob datchigida 
zondlar joylashish sxemasi:
1-sinalayotgan metall; 2-o‘lchov asbobi;
3-ferrozondlar; 4-nuqson. 


255 
Magnitoinduksion usul 
shunga asoslanganki, bunda nazorat qilinayotgan 
magnitlangan metallda sochilish maydonlarini aniqlash o‘zgaruvchan tokdan 
ta’minlanadigan va ko‘prik sxemasining elementi bo‘lib hisoblangan o‘zakli g‘altak 
yordamida amalga oshiriladi. G‘altak elektromagnit qutblari orasiga o‘rnatiladi. 
Aniqlangan nuqsondan sochilgan oqimlar elektr yurituvchi kuchni uyg‘otadi, u 
kuchayadi va tovush signallariga aylanadi yoki o‘zi yozar yoki oskilografik 
qurilmaga uzatiladi.
 
Magnitoinduksion usullar payvand birikmalarini nazorat qilishda yoriqlarni, 
yaxshi payvandlanmagan joylarni va boshqa nuqsonlarni aniqlash uchun 
foydalaniladi. 
Magnitografik usul 
metalldagi payvand choklarini nazorat qilish uchun 
foydalaniladi. Boshqa elektromagnit usullardan farqli ravishda magnitografik usul 
nuqsonlar atrofida yuzaga keladigan faqat sochilish oqimlargina aniqlabgina 
qolmay, balki ularni ferromagnit tasma yordamida qayd etishga ham imkon beradi. 
Bu usul payvand choklardagi yoriqlarni, yaxshi payvandlanmagan joylarni, gaz 
bo‘shliqlarini, yirik shlakli kirishmalarni aniqlashga imkon beradi. Magnitografik 
defetoskoplar choklarning nazorat qilinayotgan qismlarini magnitlash qurilmasidan, 
sochilish oqimlarini yozish qurilmasidan va aniqlangan nuqsonlardan tasmaga 
yozilgan signallarni eshitish qurilmasidan iborat. 
Magnitografik sinovlar uchun ferromagnit materiallardan tayyorlangan 
payvand birikmalarining sifatini sex sharoitida ham, bevosita qurilish 
maydonchasida ham nazorat qilish uchun mo‘ljallangan MGK -1 turidagi 
magnitografik defetoskopdan foydalanish mumkin. MGK – 1 asbobi magnit tasmasi 
sirtiga “yozilgan” magnitli potensial relyefni elektronnur trubka ekraniga 
ko‘chirishga imkon beradi. 


256 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin