250
Chokning nuqsonli qismlari har doim γ - nurlarni ko‘proq o‘tkazadi va bu
qismlar ostida fotoplyonka nuqsonsiz qismlardagiga nisbatan ko‘proq yoritiladi.
Qorong‘ilashishi
darajasi, qoraygan qismlarining shakli va tasviriga qarab yoriqlarni,
yaxshi payvandlanmagan
joylarni, gaz bo‘shliqlarini, shlakli kirishmalarni va
payvand birikmalardagi boshqa nuqsonlarni aniqlash mumkin. Yoriqlarni aniqlash
uchun γ - nurlarning yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lishi, yoriqlarning ochilishi eni va
ularning uzunligi ma’lum bog‘liqlikda bo‘lishi zarur va h.k. Payvand
birikmalarda
yaxshi payvandlanmagan joylar buyumlarni chokka perpendikular ravishda
yoritishda, shuningdek, 45
0
burchak ostida yoritishda aniqlanishi mumkin
(8.10-rasm).
8.10.-rasm. Payvand choklarni nazorat qilishda
γ
-nurlar yo‘nalishlari sxemasi:
a-chokka perpendikular markaziy nur; b,v- 45o burchak ostidagi markaziy burchak;
1-payvandlanayotgan metall; 2-fotoplyonka.
251
Payvand choklardagi gaz bo‘shliqlari va shlakli kirishmalar, nurlar chokka
perpendikular yo‘naltirilganda aniqlanadi. Olingan suratlar taxlil qilinadi va ularga
ko‘ra payvand chokdagi nuqsonlarning o‘lchamlari va miqdori aniqlanadi.
Rentgen suratlarni tahlil qilish.
Payvand choklarida sirtdan turlicha
chuqurlikda yashiringan
ham tashqi, ham ichki nuqsonlar uchraydi. Yashirin
nuqsonlarning shakli, o‘lchamlari va joylashgan chuqurligini aniqlash ancha katta
qiyinchiliklar tug‘diradi. Fotoplyokani taxlil qilishda nuqsonni aniqlash aniqligini
oshirishga imkon beruvchi qo‘shimcha ma’lumotlarga amal qilinadi: fotosuratga
olishda rentgen nurlarining yo‘nalishi va tasvir zichligining taqsimlanishi bilan va
h.k. Rentgen suratlaridagi nuqsonlarning asosiy turlari quyidagicha ko‘rinishda
bo‘ladi. Gaz bo‘shliqlari yumaloq qora dog‘larga o‘xshaydi, ba’zan cho‘ziq
shakldagi
aniq konturli bo‘ladi. Rentgen nurlari dastasining yo‘nalishiga bog‘liq holda
nuqsonga nisbatan plyonkadagi qora dog‘lar yarim soyali va to‘lqinsimon shaklda
bo‘lishi mumkin.
Shlakli krishmalar plyonkada qora uchastkalar hosil
qiladi va odatda notekis
chegarali va chetlari uzuq – yuluq bo‘lgan noto‘g‘ri shaklga ega bo‘ladi. Ba’zan
ikkita payvandlanayotgan buyumlar orasidagi masofa katta bo‘lganda plyonka yaxshi
payvandlanmagan joy ikkita parallel, bir-biriga yaqin yotuvchi chiziqlar ko‘rinishida
tasvirlanadi. Yoriq fotoplyonkada qora tor chiziqlar ko‘rinishida tasvirlanadi,
ularning kengligi yoriqning eniga bog‘liq bo‘ladi. Rentgen nurlari dastasi yoriqning
yo‘nalishi bilan mos tushganda yoriqning tasviri keskin bo‘la boradi va aksincha.