10.1-rasm. Yoriqlarni aniqlash bo‘yicha sinovlar o‘tkazish ketma-ketligi sxemasi:
a- tayyorlangan sirt: b- fluoressiyalovchi suyuqlikli sirt; v- suv bilan yuvilgandan keyingi sirt;
g- selikagel kukunli sirt.
Yoriqlar va boshqa nuqsonlar yorishuvchi chiziqlar, dog‘lar yoki nuqtalar
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Nuqsonlarni avtomatik ravishda qayd etuvchi
qurilmalar mavjud. Bunday qurilma simobli-kvarsli lampadan, linzadan, filtrli
fotoelektron ko‘paytirgichning aylanuvchi ko‘zgusildan va ossillografdan iborat
(10.2-rasm).
264
10.2-rasm. Nuqsonlarni avtoma-tik qayd qilish uchun fotoelektrik qurilma sxemasi:
1- tekshirilayotgan naumna; 2-aniqlangan yoriq; 3-ultra-binafsha nurlar manbai; 4-linza;
5-ko‘zgu; 6-yorug‘lik filtrlari; 7-fotoko‘paytirgich; 9-ossillograf ekrani.
Nuqsondan kelayotgan yorug‘lanish vertikal o‘qqa 45
0
burchak ostida
elektrodvigatel valida o‘rnatilgan aylanuvchi ko‘zgu sirtiga linza yordamida
fokuslanadi. Ko‘zguning aylanishi va ma’lum darajada tebranishi natijasida
nuqsondan chiqqan yorug‘lik ketma-ket fotoko‘paytirgichga, keyin kuchaytirgich
orqali ossillografning elektron nurli trubkasiga kelib tushadi, u yerda aniq
ifodalangan cho‘qqi sifatida kuzatiladi.
Betondagi mikroyoriqlarni aniqlash.
Nazorat qilishning magnit usullaridan
farqli lyuminessent usullar nomagnitli va ayrim g‘ovak materiallar va buyumlardagi
sirtki nuqsonlarni aniqlash uchun qo‘llaniladi. Jumladan, Daniyada betonli va
temirbetonli buyumlarda beton sirtidagi mikroyoriqlarni aniqlash ishlab chiqilgan.
Sinov quyidagi tarzda amlga oshiriladi. Chang va iflosdan oldindan tozalangan beton
sirtga mayin qilib maydalangan bo‘r kukuni sepiladi. Kukun pulverizator yordamida
spirtli suspenziya ko‘rinishida barcha sirtiy nuqsonlar to‘ldirilmaguncha va bir tekis
yupqa bo‘r qatlami hosil bo‘lmaguncha sepiladi.
Keyin ma’lum vaqt oralig‘idan so‘ng bo‘r bilan ishlov berilgan spirtga
changlantirish yo‘li bilan fluoressentlovchi suyuqlik sepiladi. Suyuqlikni purkash
intensivligi va changlantirish soplasining chiqishidagi bosim beton sirtining holati va
boshqa omillarga bog‘liq holda tanlab olinadi.
265
Fluorensensiyalovchi suyuqlik sirtki qatlamga singib o‘tadi va bo‘shliq,
chuqurlik va yoriqlar mavjud bo‘lgan joylarda ko‘proq to‘planadi. Bunday
to‘planishga nuqsonli uchastkalarda bo‘r kukuni ko‘proq miqdorda bo‘lishi hisobiga
ularni kapillarligining yuqoriroq bo‘lishi imkon beradi. Shu tarzda tayyorlangan
beton sirti to‘lqin uzunligi 3650Å bo‘lgan ultrabinafsha nurlar bilan nurlantiriladi va
sinchiklab ko‘zdan kechiriladi. Agar butun sirtni kuchsiz yorug‘lantirish fonida
ravshan yorug‘lantirilgan uchastkalar ajralib tursa, bu hol shu uchastkalarda sirtning
nuqsonga ega ekanligini qo‘rsatadi. G‘ovakliklar, chuqurliklar alohida nuqtalar yoki
nuqtalarning zich to‘plami ko‘rinishida yorug‘lanadi, mikroyoriqlar esa siniq
chiziqlar yoki bu chiziqlarning to‘rsimon to‘qimasi ko‘rinishida yorug‘lanadi.
Aniqlangan mikroyoriqlar kolkaga o‘tkaziladi yoki fotosuratga olinadi. Shuni
ta’kidlash lozimki, yorug‘lantiruvchi mikroyoriqlarning eni ularning haqiqiy
kengligidan biroz kata bo‘ladi.
|