Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


-rasm. Beton himoya qoplamasi



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

9.6-rasm. Beton himoya qoplamasi 
o‘lchagichi “Poisk-2.5”:
1 – elektron blok; 2 – datchik;
3 – asbob ish paytida. 


261 
-armatura qidiruvi chiziqli va raqamli displey indikatorlarining ko‘rsatkichlari 
bo‘yicha, shuningdek tovushli tonal signal bo‘yicha amalga oshiriladi; 
-o‘lchash natijalari va shartlari uchta xotira sohasida saqlanadi: asosiy rejim – 
800, ma’lum diametr rejimi – 400, skanirlash – 200 sahifada 12 tadan natija; 
-asbob GOST 22904 da ko‘zda tutilmagan armaturaning boshqa turlari va 
sinflariga avtomatik tarzda rostlanishi mumkin, rostlanishlar xotirasiga ham ega; 
-arxivdan sanalar va raqamlar bo‘yicha natijalarning tezkor qidiruvi amalga 
oshiriladi; 
-akkumulyatorlar va temperatura monitoringi olib boriladi; 
-optointerfeys va servis kompyuter dasturi mavjud. 
Asbob quyidagi variantlarda ishlab chiqariladi: “Poisk-2.51” – to‘liq versiya va 
“Poisk-2.52” – soddalashtirilgan versiya. 
Texnik jihatdan quyidagicha tavsiflanadi: 
-himoya qatlamini o‘lchash diapazoni, mm...................0...130 
-nazorat qilinadigan diametrlar, mm.............................3...50 
-himoya qatlamining chegaraviy qiymati, mm..............175 
-sezgirlik chegarasi, mm..............................................250 
-himoya qatlami h ni o‘lchash xatosi chegaralari, mm....
±
(0,03h+0,5) 
-elektron blok/datchik gabaritlari, mm..........................150x75x27/150x32x37 
-elektron blok/datchik massasi, kg................................0,14/0,20 
-ishchi temperaturalar diapazoni, 
0
S.............................-10...+40 
 


262 
X BOB. LYUMINESSENT DEFETOSKOPIYA 
 
Lyuminesseniya (moddaning sovuq yorug‘lanishi) ko‘pincha moddalar 
ko‘rinadigan yoki ultarbinafsha nurlar bilan nurlantirilganda o‘zlari nurlanish 
manbaiga aylanishi xodisasiga asoslangan. Rentgen, ultrabinafsha nurlar, 
γ -nurlar va 
h.k.lar uyg‘otuvchi nurlanish manbalari bo‘lishi mumkin. 
Nurlangan moddaning yorug‘lanishi davomiyligiga bog‘liq ravishda 
lyuminessent hodisalar fluoressensiya va fasforessensiyaga bo‘linadi. Fluoressensiya 
shunday xodisaki, unda nurlantirilgan moddaning yorug‘lanishi 1·10
-6
s dan kam vaqt 
davom etadi, ya’ni amalda nurlanish to‘xtashi bilan bir vaqtda yo‘qoladi. 
Fosforessensiya – ancha davom etadigan yorug‘lanish hodisasidir, u nurlanish 
tugagandan so‘ng ma’lum bir vaqt oraligida davom etadi. 
Ultrabinavsha nurlarining manbalari.
Yorug‘lanishni uyg‘otish uchun 
ko‘pincha ultrabinavsha nurlardan foydalaniladi, bu nurlar past va yuqori bosimli 
simobli va simobli kvarsli lampalardan olinadi. Past bosimli simobli lampalar to‘lqin 
uzunligi 2537Å bo‘lgan qisqa to‘lqinli nurlarni tarqatadi va bu nurlarni oson 
o‘tkazuvchi uviol shisha ballonda tayyorlanadi. Yuqori bosimli simobli-kvarsli 
lampalar ma’lum miqdordagi argon va simob bilan to‘ldirilgan kvars naylar 
ko‘rinishida tayyorlanadi; ular to‘lqin uzunligi 3663Å bo‘lgan ultrabinavsha nurlarni 
tarqatadi. Umumiy nurlanishlar oqimidan ultrabinavsha nurlarni ajratish uchun 
maxsus yorug‘lik filtridan foydalaniladi, ular spekterning ultrabinafsha qismini 
o‘tkazadi va ko‘rinadigan hamda infraqizilnurlarni tutib qoladi. Yorug‘lik filtrlari 
uviolli, silikatli yoki fasfatli shishadan kobalt va nikel oksidlari qo‘shimchalari bilan 
tayyorlanadi. 
Ultarbinavsha yorug‘likni hosil qilish uchun ultrabinavsha 
yoritkichlarning bir qancha turlaridan foydalaniladi: LYUM -1, LA-1, OS-65, KP-1N 
va boshqalar. 
Lyuminessent suyuqliklari.
Lyuminessiyalovchi suyuqliklar yuqori singib 
o‘tuvchi qobiliyatga, ultrabinavsha nurlar bilan nurlantirilganda yuqori yorug‘lanish 
intensivligiga, shuningdek sinalayotgan materialga nisbatan kimyoviy inertlikka ega 
bo‘lishlari kerak . Bunday suyuqliklar, kichik qovushoqlikka va yuqori ho‘llash 
qobiliyatiga ega bo‘lib, xatto juda mayda yoriqlar ichiga oson singib o‘tadi. 
Lyuminessent suyuqliklarni ikki asosiy guruhga bo‘lish mumkin: komponentlaridan 
biri o‘zi lyuminofor suyuqliklar va lyuminessiyalovchi moddalar qo‘shimcha sifatida 
kiritiladigan suyuqliklar.


263 
Birinchi guruxga lyuminofar bo‘lib hisoblanuvchi 15% och трансформатор 
moyidan, 83% kerosindan va 2% OP-7 yoki OP-10 emulgatordan iborat 
lyuminessent suyuqligi kiradi. Ikkinchi guruhga 50% kerosin, 25% benzin, 25% och 
vazelinli transformator yoki boshqa mineral moydan va 0,02-0,03% fluorensiyalovchi 
bo‘yovchi (yashil-tilla rangli defektol) dan iborat suyuqlik kiritilishi mumkin. 
Ultrabinavsha nurlar ta’sirida bu suyuqlik ravshan moviy tusli sariq-yashil rangda 
yoritadi. 
Sinovlarni o‘tkazish. 
Sinovlarni o‘tkazishdan oldin sinalayotgan metallning 
sirti turli qotma, zang, moy va h.k.lardan yaxshilab tozalanadi. Tozalangan sirtga 
purkash usuli yoki vannaga botirish usuli bilan fluressensiyalovchi suyuqlik 
qoplanadi va havoda 10-15 minut tutib turiladi. Bu vaqt ichida eritma barcha 
nuqsonlar va mikroyoriqlarga singib borib yetadi. So‘ngra ortiqcha suyuqlik sirtidan 
yuvib tashlanadi, lekin kapillar ilashishi kuchlari tufayli yoriqlarda tutilib qoladi. 
Yuvilgandan so‘ng sinalayotgan detal sirti 50-60
0
gacha isitilgan havo oqimida 
quritiladi va juda mayda quruq kukun qatlami sepiladi. Kukun sifatida kuchli 
adsorbsion xossalarga ega bo‘lgan silikagel, magnit oksidi, marshallit va boshqa 
moddalardan foydalaniladi. Kukun sepilgan sirt yoriqlarining chuqurligi va tavsifiga 
bog‘liq holdan 5 dan 30 minutgacha tutib turiladi. Bu vaqt ichida kukun nuqsonli 
joylardan suyuqlikni tortib oladi, bu suyuqlikni shimib oladi va sirt bilan 
ilashadi.(10.1-rasm). Shundan so‘ng sinalayotgan namuna filtrlangan ultrabinafsha 
yorug‘likda ko‘zdan kechiriladi. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin