267
Bu omillarning barchasi doimiy emas. Sementning aktivligi va
to‘ldirgichlarning tabiiy namligi o‘zgarib turadi. Dozalash qurilmalarining
mukammal emasligi oqibatida beton aralashtirgichga materiallar yuklashda beton
aralashmasini tashkil etuvchi materiallar sarfi o‘zgarib turadi. Nazorat namunalarini
tayyorlash va qotish jarayonida texnologik rejimlar o‘zgaradi: vibrozichlanishda
vibratsiya porometrlari va ta’sir qilish vaqti, issiqlik ishlov berish sharoitlari, tabiiy
qotishda muhitning namligi va temperaturasi. Namunalarni siqishga sinashda
yuklanishni uzatish shartlari, uni qo‘yish tezligi, namunalarning geometrik
o‘lchamlari o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun ham namunalarni sinashda
mustahkamlikning turli xil, bir – biridan ko‘proq yoki kamroq farq qiladigan
qiymatlari olinadi, bunda har bir o‘lchash tasodifiy kattalik bo‘ladi.
Ehtimollar nazariyasi tasodifiy kattaliklar va hodisalarning to‘plamini
o‘rganadi. Aynan to‘plamda, ommaviylikda ma’lum qonuniyatlar, o‘ziga xos
barqaror natijalar namoyon bo‘ladi.
Namuna kublarni sinashda betonning mustahkamligini aniqlash bilan bog‘liq
misolda ayrim namunalar mustahkamligining turlicha qiymatlari olingan. Agar
namunalar soni uncha katta bo‘lmasa (20-30 tagacha), u xolda mustahkamlik
qiymatlari birorta ko‘rinuvchi qonuniyatsiz taqsimlanadi.
Sinalgan namunalar soni ortib borgani sari ma’lum bir qonuniyat namoyon
bo‘la boshlaydi, u qancha ko‘p namuna sinalgan bo‘lsa, shunchalik aniq bo‘ladi.
Mustahkamlik qiymatlari o‘rtacha mustahkamlikka mos keluvchi ma’lum bir
markaziy nuqtaga nisbatan taxminan simmetrik bo‘ladi. Bu nuqtadagi qiymatlariga
yaqin natijalar soni katta farq qiluvchi va chet tomonlarida joylashgan qiymatlar
sonidan katta bo‘ladi. Shunday qilib, mustahkamlik qiymatlarining chastotasi
markaziy nuqtadan uzoqlashganda to‘la aniq qonun bo‘yicha kamayadi. Bu qonun
matematik statistikada asosiy qonunlardan biri hisoblanadi va
Dostları ilə paylaş: