260
Shunday qilib, boshlang‘ich elektr yurituvchi kuch nobalansni
kompensatsiyalash kattaligini o‘zgarishi datchikning chiqariluvchi qismi va buyum
armaturasi orasidagi masofaning o‘zgarishi bilan ma’lum bir bog‘lanishda bo‘ladi.
Bu asbob yordamida 0dan 150mm gacha chuqurlikda bo‘lgan armaturaning
joylashishini aniqlash mumkin.
Beton himoya qoplamasi o‘lchagichi “Poisk-
2.5”
temir-beton buyumlar va konstruksiyalarning
magnit usuli bilan armaturalanishini operativ
nazorat qilish uchun mo‘ljallangan (GOST 22904).
Korxonalar va qurilishlarda texnologik nazorat olib
borishda, shuningdek binolar va inshootlarni
tekshirishda qo‘llanadi (9.6-rasm).
Armatura sterjenlarining qidiruvi hamda
ularning joylashuvini aniqlash asbobning ekstremal
ko‘rsatkichlari bo‘yicha konstruksiya sirtini datchik
bilan skanirlash yo‘li bilan amalga oshiriladi, bunda
datchik o‘z o‘qi atrofida aylantirib turiladi.
Asbobning ishlash rejimlari:
-armatura proyeksiyasini beton yuzida
aniqlash;
-diametri ma’lum bo‘lgan armaturaning
himoya qatlamini o‘lchash;
-himoya qatlami ma’lum bo‘lgan armaturaning diametrini aniqlash;
-parametrlari noma’lum bo‘lgan armaturaning diametrini va himoya qatlami
qalinligini baholash;
-buyumlar sirtini skanirlash;
-armaturani chuqurlikda qidirish;
-o‘lchashlarni amalga oshirishdan oldin avtomatlashtirilgan ravishda kalibrlash;
-noma’lum markali po‘latga avtomatik rostlash;
-parallel sterjenlar ta’sirini kompensatsiya qilish.
Asbob bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga egaki, ularning asosiylari quyidagilar
bilan tavsiflanadi:
Dostları ilə paylaş: