IX BOB. SINOVLARNING MAGNIT VA ELEKTROMAGNIT USULLARI 9.1. Magnit usullari Sinovlarning magnit usulining mohiyati shundan iboratki, magnitlangan
metalldagi turli xil nuqsonlar magnit kuch chiziqlarinig buzlishini vujudga keltiradi.
Bunday buzilishlar metalldagi chuqurliklar, yoriqlar, bo‘shliqlar, kirishmalar va
boshqa nuqsonlar ularni o‘rab turgan metallga boshqacha magnit xossalarga ega
bo‘ladi. Sanoatda magnit kuch chiziqlarining (sochilish oqimining) buzilishlarini
aniqlash va o‘lchash uchun bir qancha usullardan foydaniladi.
Magnitli, kukunli defetoskopiya magnitlangan metalldagi nuqsonning
mavjudligi ferromagnit zarrachalarning nuqson atrofida tarqalish magnit maydon
bo‘yicha aniqlanadi. Nazorat qilish usuli ikki bosqichdan iborat: sinalayotgan
metallni magnitlash va magnit kukunlarini sepish. Metallni magnitlash
tekshirilayotgan butun metall bo‘ylab yoki uning zarur qismi bo‘ylab elektr tokini
o‘tkazish orqali, yoki sinalayotgan metallni o‘rab olgan o‘tkazgich (solenoid) orqali
elektr tokini o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek magnitlar yordamida amalga oshirilishi
mumkin. Magnit kukunlari sifatida po‘lat, magnetit, ferrit va shu kabilarning
qoldiqlaridan olinadigan, yuqori magnit singdiruvchanligiga ega bo‘lgan juda mayin
qilib maydalangan ferromagnit kukunlardan foydalaniladi. Kukunlar quruq holida
ham, supenziyalar ko‘rinishida ham foydalaniladi. Kukunlarni sepishdan oldin
sinalayotgan metall sirti iflosdan va zangdan tozalanadi.
Sirtqi nuqson hududida bir juft magnit qutbi vujudga keladi, ular kichik
magnitlarga o‘xshab, nuqsoning ko‘rinadigan tasvirini hosil qilib, mavjud
nuqsonning konturi bo‘yicha magnit kukunini tutib turadi. Sirtqi nuqsonlar mavjud
bo‘lganda kukunli rasmlar doim zich, hosil bo‘lib, metall sirti bilan yaxshi ilashishadi
va keskin chegaralarga ega bo‘ladi, Agar nuqson sirtdan ma’lum chuqurlikda
joylashgan bo‘lsa, sirtlar zichligi ancha kam va nuqson konturi chegaralari uncha
aniq bo‘lmaydi (9.1-rasm). Biroq rasmning ko‘rinishiga qarab nuqsonning tavsifini
va uning metalldagi joylashishini belgilash mumkin. Sirtdan ma’lum bir chuqurlikda
joylashgan nuqsonlarni nazorat qilishda quruq usuldan foydalaniladi, bu usul ho‘l
usulga nisbatan ancha sezgirroqdir.