Muxit omillari. Ularni tirik organizmlarga ta’sir etish konuniyatlari. Muxit – organizmni urab turuvchi xamma omillar bulib, ular tirik organizmlarni xolatiga, usishiga, rivojlanishiga, kupayishiga va boshka xususiyatlariga bevosita yoki bilvosita ta’sir etadi. Muxit omillari anorganik yoki organik tabiatga ega bulishi mumkin, ayniksa, inson faoliyati tufayli. Ba’zi omillar organizm uchun zarur bulishi, ba’zilarini axamiyati bulmasligi, ba’zilari esa zararli ta’sir etishi mumkin. Masalan: kup xayvonlar uchun ovkat, kislorod, suv va boshkalar juda zarur. Yoki xasharotlar uchun optimal xarorat zarur, past yoki yukori xarorat zararli ta’sir etadi. Muxitdagi xar xil taccurotlar organizmga ijobiy yoki salbiy ta’sir etadimi xammasini ekologik omillar deyiladi. Tabiatda bular bir-biridan ajralgan xolda emas, kompleks xolda ta’sir etadi. Kompleks ekologik omillarni organizmni yashash sharoiti deyiladi.
Xar xil organizmlar bir xil omillarga xar xil ta’sirlanadi. Xar bir tur organizm uchun uziga xos yashash sharoiti bulishi kerak. Masalan, saxro va chullarda yashovchi usimlik va xayvonlar uchun yukori xarorat va past namlik kerak. Tundrada yashovchilar yukori namlikni yoktirib, past xaroratni erkin utkazadi. Suvda yashovchilar suvni tuzlanishini konsentratsiyasini (chuchuk va shur suvda) xar xil utkazadi. YA’ni ba’zilar chuchuk suvni yoktirsa, ba’zilar shur suvni afzal kuradi.
Buning sababi ularni tarixiy kelib chikishidadir. Shunga karab xar xil muxitda uziga xos usimliklar yoki xayvonlar dunyosi shakllangan.
Omillar klassifikatsiyasi. Tabiatdagi xilma-xil omillar 3 ga bulinadi: abiotik, biotik, antropik.
Abiotik omillar – bu kompleks anorganik omillardir. Bular kimyoviy va fizikaviy omillarga bulinadi. Kimyoviy omillarga atmosfera xavosini suv va tuprokni kimyoviy tarkibi kiradi; fizikaviy yoki iklimiy omillarga xarorat, bosim, namlik, shamol, yoruglik, radiatsiya va boshkalar. Yer yuzasining relyefi iklimni yoki abiotik omillarini ta’siri va kuchini uzgarishga katta rol uynaydi. Bu uz navbatida usimlik va xayvon xayotiga ta’sir etadi.
Organizmlarni soni ularni xayoti uchun muxim bulgan omillarga boglik. Masalan, saxro sharoitida suvni bulishi, suvda yashovchilar uchun suvda erigan kislorodni mikdorini yetarli bulishi.
Muxitni biotik omillari – bu bir gurux tirik organizmlarni boshkasiga ta’siri. Bu xar xil xarakterga ega buladi. Ba’zi organizmlar boshkalari uchun ovkat manbai bulib xizmat kiladi. Masalan, fitofag xayvonlar uchun usimliklar; ba’zi xayvonlar – yirtkich xayvonlar uchun ovkat xisoblanadi. Yashash uchun muxit bulib, masalan, tekinxurlar uchun ularning xujayinini tanasi xizmat kiladi. Biotik omillar nafakat bevosita bilvosita, ya’ni tashki muxit orkali xam ta’sir etadi. Masalan, bakteriyalar tuprok tarkibiga, urmonda mikroiklimni xosil bulishida.
Antropik omillar. Inson doimo tirik organizmlarga ta’sir etgan. Kadimgi va xozirgi Saxroi Kabir, Gobi saxrosi urmonlari kirkilib xayvonlarini yeb yuborilganligi tufayli xosil bulgan; xozirgi davrda texnik vositalar orkali chikarib yuborilgan chikindilar atmosfera xavosiga ta’sir etmokda.
Inson ishlab chikarishdagi faoliyati tufayli relyefga ta’sir etadi, atmosfera xavosiga, chuchuk suvga, butun sayyorani iklimini uzgartmokda; sun’iy agrobiotsenoz xosil kilishi, foydali xayvonlarni kupaytirib, zararlilarni kirishi orakali xam tirik tabiatga ta’sir etadi. Insonni tabiatni uz izmiga buysundirishi borgan sari kuchayib bormokda. Albatta, ba’zi turlar moslashib (m: kravchik) kupayib borsa, ba’zilari kamayib ketadi. Masalan: Karshi chulini uzlashtirish munosabati bilan kilingan ishlar.
Muxitni uzgarishi. Muxitni anorganik va organik omillari bir xil kolmay, uzgarib turadi. Bu asosan kosmosdagi omillar ta’siri ostida utib, mavsumiy va sutkalik siklni yuzaga keltiradi. Yerda xayotning paydo bulishi va rivojlanishi shunday uzgarib turuvchi muxit ta’siri ostida buldi. Shu asosda tirik organizmlarda barcha biologik ritmlar xosil bulgan: tinim va faol davrni almashinib turishi A.S.Monchadskiy (1958) tabiatdagi omillarning xarakteriga kura 2 ga bulinadi.
1. Uzok vakt davomida uzgarmay, xayvonlarni soni va geografik tarkalishiga ta’sir etmaydigan. Bularga yerni tortish kuchi, kuyoshni doimo bulishi, atmosfera xavosini tarkibi, gidrosfera, relyef va boshkalar.
2. Uzgaruvchi omillar (sutka va mavsumni uzgarishi, xarorat, shamol, namlik, bosim, ovkat, kasallik, tekinxurlar).
Muxit sharoitini uzgarishi bilan kup xayvonlar shunga moslashadi. Masalan: sutkani uzgarishi bilan kup xayvonlarni fiziologik xolati uzgarib, ularda faol va tinim xolatlari almashinadi, migratsiyasi yashash joyini uzgartiradi.
Ayniksa, Urta Osiyoda sutkalik va mavsumiy muxit uzgarishiga ularni moslashishi yakkolrok kurinadi. Xar bir (nokulay) ta’surotga organizmni moslashish uchun u aynan ta’sir etgach bulavermaydi, u kelgusida ta’sir etganda organizm tayyorgarlik kuradi. Masalan: Tanada zapas ozukani yigilishi, ovkat kamaya boshlaganda, bola tugish ozuka kupaya boshlaganda, tinim xolatga utish, nokulay sharoit yakinlashayotganda sodir buladi. Bunday xolat ayniksa, yoruglik (kun uzunligi uzgarishiga karab) ta’siriga kura buladi. Muxit omillari tashki retseptorlarga ta’sir etib, undan nerv markazlariga va tanani boshka organlariga tarkalishi, endokrin bezlar faoliyati orkali о‘tadi. Nerv – gumoral boshkarishni issik konli xayvonlarda mukammal ekanligi, poykiloterm xayvonlarda xam nerv-gumoral boshkarishi mavjuddir.
Tashki muxit omillarini katta yoki kichik diapazon uzgarishda ta’siri ekologik valentnost-plastichnost yoki biontnost deyiladi. Katta diapazon ta’sirotda yashay oladiganlar evribiont, masalan, chigirtka, stenobiont turlar esa kiskarok diapazonda yashay oluvchilar (tut, ipak kurti).