5. HAYOT FAOLIYATI HAVFSIZLIGINI TA’MINLASH
5.1 Elektromagnit nurlanishlar va ulardan himoyalanish
Mobil aloqa tizimida turli chastotalardagi elektromagnit nurlanishlardan
keng foydalaniladi. Aloqa qurilmalarida generatorlar, antenna qurilmalari, yuqori
chastotali transformatorlar, fider yo’nalishlar, materiallarni termik ishlov berish
uchun qurilmalarda – elektromagnitlar, kondensatorlar elektromagnit nurlanish
manbai sanaladi. Ko’rsatilgan qurilmalarning atrofida elektromagnit maydonlar
hosil bo’ladi. Elektromagnit maydonlarning foydali harakati bilan bir qatorda inson
tanasiga kirib, unga salbiy ta’sir qo’rsatishi va kasbiy kasalliklarga sabab bo’lishi
mumkin bo’lgan zararli elektromagnit to’lqinlar ham mavjud. Agar bunday
to’lqinlar ta’siriga doimiy tarzda duch kelinadigan bo’lsa, bu to’lqinlar miyya
faoliyatiga ta’sir qiladi, shuningdek, asab tizimi, quloq kasalliklari, endokrinologik
kasalliklar va yurak-qon tomirlari tizimi kasallanishini ham keltirib chaqirishi
mumkin. Hamda inson tanasining qon bosimi pasayadi, pulsi sekinlashadi,
reflekslar tormozlanadi, qon tarkibi o’zgaradi.
Elektromagnit maydonlar (EMM) ta’sirida zararlanish darajasi nurlanish
intensivligi, chastotasi, ta’sir vaqti va nurlanish darajasiga bog’liq. Elektromagnit
maydonlar intensivligi, chastotasi, ta’sir vaqti qanchalik ko’p bo’lsa, inson
organizmiga ta’siri shunchalik kuchli bo’ladi.
Elektromagnit maydonlarning insonga zararli ta’sirlarini ogoxlantirish
maqsadida ish joylarida 0,06-300 MGs diapazonlarda standartga muvofiq quyidagi
normalar o’rnatilgan:
№
Chastotalar diapazoni,
MGs
Elektr tashkil etuvchi,
V/m
Elektr tashkil etuvchi,
A/m
1
0,06-1,5
50
5
2
1,5-3,0
20-50
5
3
3,0-30
20
5
4
30-50
10
0,3
5
50-300
5
0,3
O’ta yuqori chastotalarda (300 MGs dan yuqori) inson organizmiga ruxsat
etiladigan energetik yuklanish W va xodimning nurlanish zonasida bo’lish
vaqtidan kelib chiqqan holda EMM chegeraviy ruxsat etiladigan energiya oqimi
zichligi (EOZ) normalashtiriladi:
EOZ = W / T
Ish joylarida EOZ≤10 Vt/m
2
, rentgen nurlanishi yoki havo harorati T >28
0
C
bo’lgan binolarda –1 Vt/m
2
bo’lishi kerak.
Nurlanish intensivligi ustidan nazorati yiliga kamida 1 marta o’tkazilishi
kerak, shuningdek, yangi yoki eski generator qurilmalar ishga tushirilganida yoki
ta’mirlanganida va mehnat sharoitlari o’zgarganida o’tkaziladi. O’lchov poldan 0,5
– 1 – 1,7 m masofada 3 nuqtadagi maksimal quvvatda o’tkaziladi.
Elektromagnit maydonlarni ta’siridan himoyalashning asosiy usullari va
vositalari quyidagilardan iborat:
1. Himoyalashning tashkiliy choralari.
2.
Manbadagi nurlanish intensivligini kamaytirish.
3. Nurlanish manbaini ekranlashtirish.
4.
Nurlanish manbaidan ishchi o’rinlarini ekranlashtirish.
5. Masofadan
boshqarish.
6. Signalizatsiya vositalarini qo’llash.
7.
Individual himoya vositalarini qo’llash.
Ishning muayyan sharoitlariga bog’liq tarzda shu vositalardan biri yoki
ularning ixtiyoriy kombinatsiyasi qullanilishi mumkin.
1. Tashkiliy choralar – uskunalarni ratsional joylashtirish, qurilmalar va
xizmat ko’rsatilayotgan personal ishining muayyan rejimini belgilashdir.
Yuqori va o’ta yuqori chastotali qurilmalari bilan ishlashda tibbiy ko’rikdan
o’tgan, 18 yoshdan kichik bo’lmagan, texnika xavfsizligi bo’yicha o’qib,
imtihon topshirgan shaxslarga ruxsat etiladi. Har yili xizmat ko’rsatayotgan
personal tibbiy ko’rikdan o’tkazilishi shart. Agar ish yuqori xavfli
sharoitlarda, nurlanishda, ketayotgan bo’lsa, xodimlar uchun qisqartirilgan
ish kuni va qo’shimcha ta’til belgilanishi kerak.
2. Manbadagi nurlanish intensivligini kamaytirishda moslashtirilgan
yuklamalar, quvvat yutuvchilar qo’llanilishi orqali nurlanish intensivligini
kamaytirishga erishiladi.
3. Nurlanish manbaini ekranlashtirishda nurlatuvchi qurilmalar maxsus
ekranlar yordamida ekranlashtiriladi. Ekranlarning himoya xossalari turli
materiallar bilan elektromagnit nurlanishlarning qaytishi va yutilishiga asoslanadi.
Ekranlar metall yoki dielektrik bo’lishi mumkin. Yuqori elektr o’tkazuvchanlikka
ega bo’lgan metallar eng yaxshi qaytarish xususiyatlariga ega, katta yo’qotishlarga
ega bo’lgan dielektriklar esa eng yaxshi yutish xususiyatlariga ega.
4. Agar texnologik sabablarga ko’ra, nurlanish manbaini ekranlashtirishning
imkoni bo’lmasa, u holda nurlanish manbaidan ishchi o’rinlari ekranlashtiriladi.
5. Nurlanish manbai va ish o’rinlarini ekranlashning iloji bo’lmasa
masofadan boshqarish qo’llaniladi.
6. Signalizatsiya vositalarini qo’llashda yashil va qizil ranglardagi
chiroqlardan foydalaniladi. YAshil chiroq qurilmaning ishga tayyorligini, qizil
chiroq esa nurlanish ketayotganligini bildiradi.
7. Elektromagnit maydonlar intensivlik darajasi ruxsat etiladigan
normalardan oshganda individual himoya vositalaridan foydalaniladi. Bunda
himoya ko’zoynaklari, metallashtirilgan xalatlar yoki kombinizonlar ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |