3. Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish tartibi. DTS ni ishlab chiqish tanlov shartlarida yoki ta’lim boshqaruvining vakolatli organlari tomonidan e’lon qilingan innovatsiya loyihalari asosida amalga oshirilishini;
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish Respublika komissiyasi DTS loyihasi ekspertiza qilinishini va eksperimental tekshirishni o‘tkazishni tashkil etadi, ularning natijalari bo‘yicha xulosani rasmiylashtiradi;
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish Respublika komissiyasining xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
DTS ular tasdiqlangan sanadan boshlab amalga kiritiladi va ta’lim boshqaruvi vakolatli organlari va ta’lim muassasalari ijro etishi uchun qabul qilinadi;
Tasdiqlangan DTSga muvofiq, ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalda o‘zlashtirilishini ro‘yobga chiqaradi;
Ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari va ehtiyojlariga bog‘liq ravishda o‘quv uyushmasini tabaqalashtirish, DTS tomonidan belgilangan me’yorlardan ortiqcha ta’lim mazmunini belgilash, ta’lim boshqaruvchi vakolatli organlari va ijro etuvchi mahalliy organlarining vakolatiga kiradi;
DTSga o‘zgartirishlar kiritish respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga muvofiq ta’lim darajasi va kadrlar tayyorlashga nisbatan qo‘yiladi va talablar o‘zgarishi davomida DTSni tasdiqlash uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Standartlashtirish - Mavjud yoki bo‘lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko‘p marta foydalaniladigan qoidalarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat ;
STANDART - konsensus asosida ishlab chiqilgan va faoliyatning har xil turlariga yoki ularning natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror foydalaniladigan qoidalar, umumiy prinsiplar yoki tavsiflari belgilangan va ma’lum sohada eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan, tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan hujjat ;
Kasb-hunar ta’limi standarti - me’yoriy hujjat bo‘lib, tegishli malakadagi mutaxassislar tayyorlash sifatini, kasbiy va umumta’lim tayyorgarlik darajalarini ketma-ketlikda amalga oshirishning talablari, qoidalari va tamoyillarini o‘rnatadi.
“Ta’lim to’g’risida”gi qonunning 7- moddasida;
7-modda. Davlat ta’lim standartlari
Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir, deb belgilangan.