Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib


Davlat ta’lim standartlarining maqsad va vazifalari



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə33/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   114
Ushbu o’quv

Davlat ta’lim standartlarining maqsad va vazifalari
Davlat ta’lim standartlari joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi

  • ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi kadrlar tayyorlanishini ta’minlash ;

  • mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonavny yutuqlaridan kelib chiqib, kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;

  • - ta’limning demokratiyalashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi.

  • ta’lim oluvchilarning huquqiy iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish ;

  • sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish;

  • kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini va tartibini belgilash;

  • ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash, ta’limning barcha turlari va bosqichlarida o‘quv-tarbiya jarayonini maqbullashtirish;

- mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlilikni ta’minlash :


Davlat ta’lim standartlarining vazifalari :
- ta’lim sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari nomenklaturasiga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash;
- ta’limga va uning pirovard natijalariga ta’lim oluvchilarning bilimi va kasbiy malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibi va tartibotiga, shuningdek, ta’lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan tegishli talablarni belgilovchi me’yoriy bazani yaratish;
- xalqning boy ma’naviy me’rosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish ;
- ta’limning barcha turlarida ular mazmunini hamda olib boriladigan ta’lim va tarbiyani kelishib olish, ularning o‘zaro bog‘liqligini, uzluksiz ta’lim tizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni ta’minlash ;
- o‘quv-tarbiya va ta’lim jarayonining uzluksiz axborot bilan ta’minlanishiga, ta’lim darajasini nazorat qilishga, ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan me’yorlar va talablarni belgilash ;
- ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning holis tizimini, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilishni joriy etish:
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
- milliy standartlar talabining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash;

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin