Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə32/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   114
Ushbu o’quv

Tayanch so’z va tushunchalar; «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Davlat ta’lim standarti, ta’limning demokratiyalashuvi, me’yoriy hujjatlar, sifatli ta’lim,ta’limning standartlashtirish ob’ektlari.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 34-moddasiga muvofiq Respublikada majburiy bo‘lgan davlat ta’lim standartlari (DTS) belgilanadi.
Davlat ta’lim standartlari — davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui;
Davlat ta’lim talablari — ta’limningtuzilmasiga, mazmunigavauniamalgaoshirishshart-sharoitlariga, shuningdekta’limoluvchilarningjismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiyhamdakasbiysifatlarigaqo’yiladiganmajburiytalablar
34-modda. Davlatta’limstandartlarivadavlatta’limtalablari
Davlat ta’lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim mazmuni va sifatiga oid talablarni belgilaydi.
Davlat ta’lim talablari:
maktabdan tashqari ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini;
ta’lim tuzilmasini va ta’limni amalga oshirish shartlarini;
ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy va kasbga oid sifatlari to’g’risidagi normalarni belgilaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti qo’llaniladi.
Davlat ta’lim standartlarini va (yoki) davlat ta’lim talablarini bajarish barcha ta’lim tashkilotlari uchun majburiydir, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada ko’rsatilgan o’quv dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, oliy ta’lim, o’rta maxsus ta’lim hamda professional ta’limning o’quv rejalari va o’quv dasturlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi. Ushbu maqsadlar uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tayanch davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalarini belgilaydi.
Tayanch davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalari kadrlarning talabgorlari ishtirokida davlat ta’lim standartlarini, malaka talablarini, o’quv rejalari va o’quv dasturlarini tayyorlashni amalga oshiradi. Davlat ta’lim standartlari kasbiy standartlar asosida ishlab chiqiladi.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi.
Oliy, professional, o’rta maxsus va umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o’quv rejalari va o’quv dasturlari tegishincha O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Tegishli vakolatlar berilgan boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar davlat ta’lim standartlarini O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi.
Davlat ta’lim talablari ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan shaxslarni o’qitish maxsus o’quv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi davlat oliy ta’lim muassasalariga mustaqil ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o’quv dasturlari, malaka talablari hamda o’quv rejalari asosida ta’lim xizmatlari ko’rsatish bo’yicha vakolatlarni berishi mumkin.
DTS-standartlashtirish ob’ektiga nisbatan me’yorlar va talablarni belgilaydi hamda «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq tasdiqlanadi.
DTS kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan talablarni, ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va etarlicha darajasini hamda ta’lim muassasalarini bitiruvchilariga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablarini, o‘quv yuklamasining zarur hajmini, ta’lim muassasalari faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexanizmini belgilaydi.
DTS ta’lim jarayonini va ta’lim muassasalari faoliyatini baholashni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos hisoblanadi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin