Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib


DTS-ta’limning quyidagi turlari uchun belgilanadi



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə34/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   114
Ushbu o’quv

DTS-ta’limning quyidagi turlari uchun belgilanadi:
- Umumiy o‘rta ta’lim, shu jumladan, boshlang‘ich ta’lim;
- O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi (akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari);
- oliy ta’lim (bakalavriat, magistratura).
Maktabdan tashqari, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun davlat boshqaruvining vakolatli organlari tomonidan davlat talablari belgilanadi.
Ta’limning standartlashtirish ob’ektlari
Quyidagilar ta’limning standartlashtirish ob’ektlari hisoblanadi:
1.Ta’lim fanlarining tuzilmasi, mazmuni, o‘quv uyushmasi hajmi, ta’lim oluvchilar va bitiruvchilarning malaka darajasi va tayyorlash sifati;
2.Talablar, me’yorlar va qoidalar, pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’lim usullari va vositalari, shuningdek, ta’lim tizimida foydalaniladigan atamalar, tushunchalar va kategoriyalar ;
3.Ta’lim oluvchilar bilim darajasiga va kasbiy malakasiga tashhis qo‘yish tartibi, bitiruvchilar sifatini, ta’lim faoliyati, pedagog va pedagog xodimlar sifatini baholash.
2. Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar
Quyidagilar DTS ishlab chiqishga qo‘yiladigan asosiy talablar hisoblanadi:
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturlari maqsadlari, vazifalari va qoidalari so‘zsiz amalga oshirilishiga qaratilganlik;
2.Ta’lim va kasb-hunar dasturlarida milliy mustaqillik, demokratiya, boy milliy madaniy an’analar, xalqning intellektual imkoniyatlari va umuminsoniy qadriyatlar tamoyillarini hisobga olish;
3. Ta’lim oluvchilarda chuqur bilim, mustaqil fikrlash, yuksak kasbiy malaka shakllanishini ta’minlash;
4. Xalqaro tajriba, texnika, texnologiyalar, fan rivojlanishi darajasi, kadrlar tayyorlashga nisbatan amaliyot tomonidan qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan holda ta’lim standartlarining ilmiy asoslanishi;
5.Ta’lim turlari va bosqichlari bo‘yicha standartlarning kelishilganligi va izchilligi, shaxsning har tomonlama rivojlanishini hisobga olgan holda, ularning mujassamlanishini ta’minlash;
6.O‘quv yuklamasi maqbulligiga qaratilganlik, ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari va ehtiyojlariga bog‘liq ravishda ta’limning tabaqalashtirish imkoniyatlarini hisobga olish;
7.Ta’lim oluvchilar va bitiruvchilarni tayyorlash, ta’lim faoliyatining sifatini baholash mezonlari va tartibotini belgilash;
8.Standartning texnologikligi-uning bajarilishini nazorat qilish va uning me’yorlari va talablari buzilishining oldini olish imkoniyati ;
9.Standartlarga tajribada tekshiruvdan o‘tgan ta’lim faoliyatining ilg‘or me’yorlarni kiritish;
10. Davlat ta’lim standartlari O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlash tizimi qoidalari talablarini qoniqtirishi kerak.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin