2.Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari, rivojlanish bosqichlari. Ma`lumki, darslik, o`quv qo`llanmalar, ilmiy-uslubiy va ommabop adabiyotlarda pedagogik texnologiya bilan uzviy bog`liq bo`lgan «o`qitish texnologiyasi, ta`lim texnologiyasi, tarbiya texnologiyasi, rivojlantirish texnologiyasi» kabi atamalar keng qo`llanilmoqda. Biroq hali ularning bir-birlaridan farqi va chegaralari qat`iy aniqlanib berilgani yo`q. Shunday bo`lsada, yuqorida keltirib o`tilgan va boshqa zamonaviy pedagogik tushunchalar bugungi kundagi ta`limga bo`lgan yondashuvlarning 10-15 yil ilgarigi pedagogik qarashlardan mutlaqo farq qilishini ko`rsatmoqda. Bu yillar davomida “pedagogik texnologiya”lar tushunchasining mazmuni va mohiyati o`zgardi va u yangi ma`no bilan boyidi. U yangicha nuqtai nazardan tahlil etilmoqda. Pedagogik texnologiya borasida aniq qarashlar va kontseptsiyalar shakllanmoqda. Masalan, bugungi kunda dastlabki paytlarda ta`lim-tarbiya uchun umumiy hisoblangan pedagogik texnologiyalarni ayrim pedagog-tadqiqotchilar tarbiya sohasiga qo`llash mumkin emasligini e`tirof etmoqdalar. Gap shundaki, har qanday pedagogik texnologiyalar pedagogik faoliyat jarayonida tashxislanuvchan maqsadni aniqlash va unga erishishni oldindan rejalashtirishni taqozo etadi. Albatta, ta`lim jarayonida tashxislanuvchan maqsadni belgilash imkoni mavjud. Ta`lim oluvchini kelgusidagi kasbiy faoliyatiga tayyorlash uchun o`quv materiallari etarli darajada. Maqsadga erishganlik, ya`ni ta`lim natijasi yakuniy nazorat qilinadi. Demak, o`qitishni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish va uning natijasini tekshirib ko`rish mumkin. Ammo tarbiya ishlarida muammo butunlay boshqacha tus oladi. Birinchidan, tarbiya jarayonida tashxislanuvchi maqsad qo`yib bo`lmaydi. Chunki, har bir (ta`lim oluvchi yoki tarbiyalanuvchi) inson ko`p omilli tizim bo`lib, alohida psixologik, psixofiziologik va shaxsiy xususiyatga ega. Pedagogik jarayonda ularni bir tizimga keltirish, alohida o`rganish, yaxlit holda tahlil etish yoki bir yo`nalishda birlashtirish ham ancha mushkul. Bu muammoni zamonaviy pedagogikaning bugungi kundagi imkoniyati bilan hal etib bo`lmaydi. Ikkinchidan, har qanday pedagogik texnologiyalar qo`yilgan maq-sadga erishishni kafolatlashi zarur. Biroq hozirgi vaqtgacha peda-gogikada insonning tarbiyalanganlik darajasini va unda shakllangan muayyan shaxsiy sifatlar va insoniy qadriyatlarni, umuman un-ga tarbiyaviy ta`sir ko`rsatish natijalarini aniqlash mezonlari ishlab chiqilmagan. Bunday mezonlarsiz esa pedagogik natijalarga erishishning kafolatlanganligi haqida fikr yuritishdan ma`no yo`q. Pedagogik texnologiyalar natijalarini sub`ektiv ekspert baho-lash nisbiy xarakterga ega. Uni me`yor yoki o`lchov tarzda deb qabul qilib bo`lmaydi. Uchinchidan, bu erda gap ta`lim oluvchilarda ma`lum shaxsiy sifatlarni shakllantirish haqida emas, balki ularning o`z-o`zini rivojlantirishi va kamol toptirish uchun eng maqbul shartsharo-itlarni yaratib berish haqida ketmoqda. Har qalay, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, “pedagogik texnologiya”lar tushunchasi ijtimoiy ongdan o`rin ola boshladi. U endilikda ilmiy va amaliy fikrlashga o`ziga xos yo`nalishlar ber-moqda. Uning regulyativ (muvofiqlashtiruvchi) ta`siri shundan ibo-ratki, pedagogika sohasidagi tadqiqotchi va amaliyotchilarni insoniy faoliyatlar sohasiga, shu jumladan, ta`lim muammosiga juda qiziqtirib qo`ydi, to`g`rirog`i, erkin ijodiy yondashuvni talab etmoqda.