Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib


Ta`lim jarayoniga pedagogik texnologiyalar qo`llanilganda



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə58/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   114
Ushbu o’quv

Ta`lim jarayoniga pedagogik texnologiyalar qo`llanilganda:
– pedagogik jarayonning natijaviyligi ta`minlanadi va asoslanadi;
– talab etilgan natijaga erishishni kafolatlash uchun fan va amaliyotning eng so`nggi yutuqlari qo`llaniladi;
– pedagogik faoliyat ekstensiv (bekorga ko`p kuch, vaqt va resurs sarflash) tarzida emas, balki ilmiy asosda tashkil etiladi;
– faoliyatni “to`g`rilash” bo`yicha tadbirlarni kamaytirish maqsadida loyihalash va oldindan rejalashtirish ishlariga alohida e`tibor beriladi;
– ta`lim jarayonini rivojlantirish maqsadida zamonaviy axborot vositalaridan foydalaniladi.
Aytish mumkinki, bugungi kunda texnologiyalanuvchanlik inson faoliyatining tarkibiy qismiga aylandi. Ta`lim jarayonining samarasi va uning ilmiy maqbulligi o`zining yangi sifat da-rajasiga ko`tarilmoqda. Shunday qilib, pedagogik texnologiyalar – bu ilmiy asoslangan didaktik jarayon amalga oshiriladigan, samaradorligi va ishonchliligi yuqori bo`lgan hamda ta`lim natijasiga erishishni kafolatlaydigan pedagogik faoliyat. Pedagogik texnologiyani o`qitish, tarbiya, rivojlantirish texnologiyalari sifatida ham tavsiflash mumkin. O`qitish texnologiyasi (jarayon sifatida) pedagogik tadbirlar, amallar va usullar yig`indisi bo`lib, yaxlit didaktik tizimni tashkil etadi. Uni pedagogik amaliyotda joriy etilishi kafolatlangan ta`limiy natijaga erishishga olib keladi va unda ta`lim oluv-chilar shaxsi rivojlanishini ta`minlaydi. O`qitish texnologiyasi (natija sifatida) didaktik jarayonning ilmiy loyihasi (modeli) bo`lib, pedagogik amallarni muvaf-faqiyatli amalga oshirishni ta`minlaydi.
Tarbiya texnologiyasi – bu ma`lum maqsadga yo`naltirilgan tar-biyaviy jarayon hisoblanib, ta`lim oluvchilarda ijtimoiy tajriba unsurlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Rivojlantirish texnologiyasio`qitish texnologiyasi bilan uzviy bog`liq.
Psixik rivojlanish – bu insonda aqliy ko`nikmalar-ning shakllanish jarayoni. Qaerda ko`nikmalar shakllanishi jarayoni bo`lsa, o`sha erda har doim psixik rivojlanish kuzatiladi. O`qitishda yakuniy natija bilim, ma`lum maqsad asosida shakllantirilgan ko`nikma va malakalar bo`lsa, o`zlashtirilishi lozim bo`lgan o`quv materiali esa predmet mazmuni hisoblanadi. Ruhiy rivojlanishga ta`sir etuvchi omillar turlicha bo`ladi. Natija (psixik material) psixik ko`nikma (amal)larning shakllanganlik darajasi hisoblanadi. Biz quyida G.K.Selevko fikriga asoslanib, pedagogik texnologiyalar tasnifini keltirib o`tamiz. Qo`llanish darajasi bo`yicha: umumpedagogik, xususiy metodik (predmetlar), lokal (modul) texnologiyalar.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin