1.Innovatsiya tushunchasi va pedagogik innovatsiya
2.Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish. 3.Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarning zarurati
Tayanch tushunchalar: innovatsiya, innovatsion ta’lim, innovatsion faoliyat, innovatsion jarayon, pedagogning ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvi, innovatsion ta’lim texnologiyalari (TT), hamkorlik ta’limi, loyiha ta’limi, hamkorlik TT, loyiha TT
“Innovatsion ta’lim texnologiyalari” tushunchasining mazmuni.
Lug’aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. Mazmunan esa tushuncha negizida “innovatsiya” tushunchasi muayyan tizimning ichki tuzilishini o’zgartirishga qaratilgan faoliyatni ifodalaydi.
Innovatsiyalarningasosiyko’rinishlariquyidagilarsanaladi:
- yangi g’oyalar;
- tizim yoki faoliyat yo’nalishini o’zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;
- noan’anaviyyondashuvlar;
- odatiybo’lmagantashabbuslar;
- ilg’or ish uslublari.
Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o’quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo’llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlayoladigan shakl, metod va texnologiyalar.
Ta’liminnovatsiyalari “innovatsionta’lim” debhamnomlanadi. “Innovatsionta’lim” tushunchasibirinchibor 1979 yilda “Rimklubi”daqo’llanilgan.
Ta’limin inovatsiyalari bir necha turga ajratiladi. Ular: Faoliyat yo’nalishiga ko’ra: pedagogik jarayonda yoki ta’lim tizimini boshqarishda qo’llaniladigan innovatsiyalar.
O’zgarishlarning ko’lamiga ko’ra: tarmoq (lokalь), modul va tiziminnovatsiyalari.
Kelib chiqishmanbaiga ko’ra:jamoa tomonidan bevositayaratilgan yoki o’zlashtirilga ninnovatsiyalar.
Ta’lim tizimida yoki o’quv faoliyatida innovatsiyalarni qo’llashda sarflangan mablag’ va kuchdan imkonqadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko’zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o’zgaruvchan mexanizmga ega bo’lishizarur.
Barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to’g’risida so’z yuritiladi.
Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo’lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o’zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi. Bordi-yu, faoliyat ma’lum kontseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o’zgartirishga xizmat qilsa, u holda u innovatsiya (yangilikkiritish) deb ataladi.