Izohlilug’at
|
Muammolivaziyat
|
Ijodiyish
|
Test
|
Demak, innovatsion faoliyat yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos kelmasligi yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining yuzaga kelgan me’yor bilan to’qnashuvchi natijasida vujudga kelgan qator muammolarni yechishga yo’naltirilgan faoliyat sanaladi. U shaxsning, xususan, pedagogning innovatsion jarayonni tashkil etishga tashkiliy –texnologik, metodik va ijodiy jihatdan tayyorligi hisobiga tashkil etiladi. Pedagogik innovatsiyalarning izchil ravishda pedagogik faoliyatga yangiliklarni olib kirishga imkon berish orqali ta’lim tizimi yoki jarayoni muntazam rivojlanib boradi. Tarbiyachining innovatsion faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg’a undovchi, bunyodkorlikka rag’batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo’ladi hamda u ta’lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. Shu bois har bir tarbiyachi innovatsiyalarning mohiyatini to’la tushungan holda o’z faoliyatiga izchil tatbiq eta olsa ta’lim jarayoni ham sifat ham samaradorlik nuqtai nazardan taraqqiy etadi. Bu esa o’z navbatida ta’lim tizimining rivojini ta’minlaydi.
Interfaol metodlar va ularning didaktik imkoniyatlari. Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li – bu mashg‘ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb hisoblanmoqda. Interfaol metodlar – ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasida hamkorlikni qaror toptirish, faollikni oshirish, ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni samarali o‘zlashtirish, ularda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan metodlar sanaladi.
“Interfaol” tushunchasi ingliz tilida “interact”(rus tilida “interaktiv”) ifodalanib, lug‘aviy nuqtai nazardan “inter” – o‘zaro, ikki taraflama, “act” – harakat qilmoq, ish ko‘rmoq kabi ma’nolarni anglatadi
Interfaollik talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka hamda muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklari
Mantiqiy nuqtai nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy sub’ektlarning suhbat (dialog), o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatning olib borishlarini ifodalaydi.
Zamonaviy sharoitda interfaollik asosidagi suhbat (dialog) quyidagi shaxslar o‘rtasida tashkil etiladi (1-rasm):
Ta’limning “talaba – axborot-kommunikatsion texnologiyalar” shaklida tashkil etilishi talabalar tomonidan mustaqil ravishda yoki o‘qituvchi rahbarligida axborot texnologiyalari yordamida bilim, ko‘nikma, malakalarning o‘zlashtirilishini anglatadi.
O‘qitishning interfaol metodlarga asoslanishi bir qarashda nihoyatda oddiy, sodda va hatto “bolalar o‘yini” kabi taassurot uyg‘otadi. Biroq, bunda quyidagi omillarning mavjudligi talab etiladi (2-rasm):
Shu bilan birga ta’lim jarayonida interfaol metodlarni samarali foydalanishda quyidagi ikkilamchi omillar ham muhim o‘rin tutadi (3-rasm):
Ikkilamchi omillari
O‘qituvchi ta’lim jarayonida interfaol metodlar yordamida talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o‘z-o‘zini nazorat, o‘z-o‘zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil hamda tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ladi. Interfaol metodlarni qo‘llash orqali o‘qituvchi talabalarning aniq ta’limiy maqsadga erishish yo‘lida o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yo‘naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Interfaol metodlardan foydalanish jarayonida talabalar:
- guruh yoki jamoa bilan hamkorlikda ishlash;
- tengdoshlari orasida o‘z g‘oyalarini erkin bayon qilish,
bilimlarini hech qanday ruhiy to‘siqlarsiz namoyish etish;
- muammoni hal qilishga ijodiy yondashish;
- guruh yoki jamoadoshlari bilan ruhiy yaqinlikka erishish;
- o‘z ichki imkoniyat va qobiliyatlarini to‘liq namoyon qila olish;
- fikrlash, fikrlarni umumlashtirish va ular orasidan eng muhimlarini saralash;
- o‘z faoliyatini nazorat qilish va mustaqil baholash;
- o‘z imkoniyatlari va kuchiga ishonch hosil qilish;
- turli vaziyatlarda harakatlanish va murakkab vaziyatlardan chiqa
olish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi
Interfaol ta’limning asosiy belgilari quyidagilardir :
Interfaol metodlar: talabalarda bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi;
- har bir talabani rag‘batlantiradi;
- har bir talabaning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
- o‘quv materialining samarali o‘zlashtirilishi uchun qulay sharoit yaratadi;
- talabalarga ko‘p tomonlama ta’sir ko‘rsatadi;
talabalarda o‘rganilayotgan mavzular bo‘yicha fikr hamda munosabatni uyg‘otadi;
- talabalarda hayotiy zarur ko‘nikma, malakalarni shakllantiradi;
- talabalarning xulq-atvorini ijobiy tomonga o‘zgartirilishini ta’minlaydi
Izoh: Refleksiya (lot. “reflexio” – ortga qaytish, aks etish): kishining o‘z xatti-harakatlari, ularning asoslarini tushunib yetishi, fahmlashiga qaratilgan nazariy faoliyati; bilishning alohida faoliyati; shaxsiy kechinmalari, his-tuyg‘ulari va o‘y-xayollari mohiyatini fikrlash orqali anglash)3.
Ta’limni tashkil etishga interfaol yondashuvni qaror topshirish uchun o‘qituvchi (pedagog)lar bir qator shartlarga rioya eta olishlari zarur (33-rasm):
Bugungi kunda jahon ta’lim tizimida interfaol ta’limning quyidagi shakllarda amalga oshirilayotganligi barchaga ma’lum:
Asosiy shakllar
II. Interfaol metodlarning turlari. Bugungi kunda respublika ta’lim muassasalarida interfaol ta’limni tashkil etishda quyidagi eng ommaviy texnologiyalar4 qo‘llanilmoqda
Interfaol metodlarning qo‘llanilishi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida 500 dan ortiq interfaol metodlar faol qo‘llanilmoqda..
Dostları ilə paylaş: |