kalibrlashni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan xonalarni va yordamchi xodimlarni ajratadi;
sifatli kalibrlash ishlarini o‘tkazish uchun barcha sharoitlarni ta’minlaydi;
o‘lchash vositalarini kalibrlash foydalanish joyida o‘tkazilgan taqdirda — kalibrlashni
amalga oshiradigan ijrochiga tegishli bo‘lgan kalibrlash va yordamchi vositalarning saqlanishini
ta’minlaydi;
ko‘chma (mobil) kalibrlash laboratoriyasidan foydalanilganda —
uning muhandislik
kommunikatsiyalariga ulanishini ta’minlaydi, u turadigan joyni taqdim etadi, shuningdek, uning
saqlanishini ta’minlaydi.
17. Ijrochi bir ish kuni mobaynida arizani ko‘rib chiqadi va ariza beruvchi bilan
o‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma tuzadi yoki kalibrlashni
o‘tkazish imkoni bo‘lmagan taqdirda ariza beruvchiga kalibrlashni o‘tkazishni rad etishning
asoslangan sabablari ko‘rsatilgan xat yuboradi.
O‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish uchun shartnomalar elektron shaklda ham
tuzilish mumkin.
18. O‘lchash vositalarini kalibrlash ijrochi tomonidan o‘lchash
vositalarini
kalibrlashdan o‘tkazishga tuzilgan shartnomaga asosan to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab
o‘n ish kuni mobaynida o‘tkaziladi.
O‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish davomiyligi o‘n ish kunidan oshmasligi
kerak, kalibrlashdan o‘tkazish vaqtining normasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq ko‘rsatilgan muddatdan oshadigan o‘lchash
vositalari bundan mustasno.
19. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar davlat tilida yoki rus tilida bayon etilgan bo‘lishi
kerak. Agar hujjatlar boshqa tillarda bayon etilgan bo‘lsa, u holda ularga asl nusxasiga mos
tarjimasi
ilova qilinadi, uning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi.
20. Ariza beruvchidan ushbu Qoidalarning
14-bandida
nazarda tutilmagan hujjatlar va
ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ariza beruvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha ravishda boshqa hujjatlarni ham taqdim
etishi mumkin.
Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar bevosita, elektron shaklda yoki pochta aloqasi
orqali taqdim etilishi mumkin.
21. Kalibrlashni o‘tkazish vaqtida bajaruvchi o‘lchash vositalari tashqi omillar
ta’siridan shikastlanishi uchun javob beradi.
22. Ijrochi faqat kalibrlash o‘tkazish vaqtida natijalarning aniqligini kafolatlaydi.
O‘lchash vositalari ariza beruvchiga topshirilgan paytdan boshlab ijrochi o‘lchash vositalari
metrologik tavsiflari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga
muvofiqligi uchun javob bermaydi.
23. O‘lchash vositasining qo‘llanishi mumkinligi haqida qaror qabul qilinishi ariza
beruvchiga yuklatiladi. Kalibrlash o‘tkazishga imkon bermaydigan sabablar yuzaga kelganda
ijrochi tomonidan ariza beruvchiga kalibrlash o‘tkazish imkoni yo‘qligining
sabablari
ko‘rsatilgan dalolatnoma taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: