Usim-biol p65



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə15/70
tarix20.06.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#133186
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70
c1b50c4d7ef2b81e5d4db6ab0727de14 O`SIMLIKLARNI BIOLOGIK HIMOYA QILISH

Oila. Xalsidlar Chalcidoidea
Odatda, o`lchami 2—3 mm va biroz yirikroq. Voyaga yetgan xalsidlar erkin holda yashaydi. Ular o`simlik gullari nektari yoki so`ruvchi hasharotlardan ajralib chiqqan suyuqliklar, urg`ochilari esa o`z xo`jayinlarining gemolimfasi bilan oziqlanadi.
Shuningdek, bitta urg`ochi tekinxo`r bir nechta tirik yoki koksidlar oziqasini so`rishi mumkin. Ba'zibirlari poliembrional xususiyatga ega. Har xil bosqichlarida (tuxumdan to yetuk hasharotgacha) qishlaydi. Biologik kurash ishlarida keng foydalaniladi (Trixogramma, Afelinus).
Oila. MeMniular—Aphelinidae
Bu oila turli xil zararkunandalarga keng doirada moslashtirilgan mayda (1 mm.gacha) tekinxo`r hasharotlami o`z ichiga oladi. Ko`pcMIik turlari turli mayda hasharotlaming (qalqondorlar, shiralar va aleyrod-lar) ichki va tashqi tekinxo`ridir. Afelinidlar orasida autoparazitizm keng tarqalgan. Ko`pchiligi zararkunandalarga qarshi biologik kurash ishlarini olib borish uchun joriy etilgan (introduksiyalangan). Masalan, A. mali qon bitiga qarshi, foydali rospalptella — Kaliforniya qalqondo-riga qarshi, prospalptella berleze — tut qalqondoriga qarshi.
Ular o`zlarining xo`jayin hasharotlarining miqdorini o`z vaqtida bir me'yorda tutib turish xususiyatiga ega.
Afelinus (Aphelinus mali Hald.) — asosan, bog`Iarda keng tarqalgan. A. mali kabi turlari olmada zarar keltiruvchi qon bitiga (Eriosomola-nigerum) qarshi kurash uchun joriy etilgan (intro-duksiyalangan). Qon bitining hamma lichinkalari bit tanasi ichida qishlab chiqadi va bahorda, havo harorati 5°C dan yuqori bo`Iganda lichinkalar g`umbakka aylanadi.
Voyaga yetgan tekinxo`ming o`lchami 0,8—1,3 mm. Tekinxo`ming tuxumdan chiqqan lichinkasi qon bitining ichki qismini yeb bitiradi. Zararlangan bitlar bir necha kundan so`ng oziqlanishdan qoladi. Tanasi shishadi, qorayadi va nihoyat nobud bo`ladi. Lichinkalar
34
oziqlanib bo`Igandan so`ng qon biti tanasi ichida g`umbakka aylanadi. Keyinchalik yetuk zoti xo`jayinning tanasini kemirib, teshikcha hosil qiladi va uchib chiqadi. Bitta urg`ochi afelinus 100 va undan ortiq tuxum qo`yadi. Yil davomida 6—9 avlod beradi. Ba'zi bir turlari koksidlarga qarshi biologik usulda kurashda foydalaniladi. Odatda, bir gektar maydonga mingtaga yaqin tekinxo`r tarqatiladi.


Enkarziya (Encarsia formosa Gah.) — pardaqanotlilar turkumiga mansub, Aphelinidae oilasining vakili. E. formosa tropik tur bo`Iib, issiqxona oqqanotining (Trialeurodes vaporariorum) tekinxo`ri hisoblanadi (ll-rasm). Ko`pchilik mamlakatlarda iqlimlashtirilgan. Issiqxonalarda keng ko`Iamda qo`IIanilmoqda. Enkarziyaning urg`ochisi oqqanotning lichinkasiga bittadan tuxum qo`yadi. Lichinkasi oqqanot tanasidagi oziqa bilan oziqlanadi. Bu davrda oqqanot lichinkasi tezda no-bud bo`Iadi va mumiyolanib qoladi. Enkarziya, o`z navbatida, mumiyo ichida g`umbakka aylanadi.
Enkarziyaning rivojlanishida qulay harorat 27—30°C, nisbiy havo namligi 70 foiz bo`Isa yetarli hisob-lanadi. Shuningdek, ommaviy usulda
ko`paytirish yo`Iga qo`yilgan. Voyaga ll-msm. Enkarziya (urg`ochisi). yetgan hasharotni yelim surtilgan
sariq plyonka tutqichga jalb qilish va ushlab qolish maqsadida taj-riba sinovlari olib borilmoqda. Oziqabop o`simliklar, tamaki va kun-gaboqarda ko`paytirilayotgan oqqanotlar lichinkalarida urchitiladi. Issiqxonalarda harorat past (kuzgi—qishki va qishki—bahor mav-sumida) bo`Iganda pushtdoriigi keskin kamayadi va enkarziya oq-qanotlarga qaraganda sekin ko`payadi.
Enkarziya dizane va enkarziya lyute. Наг ikkala tur bir-biriga o`xshaydi. Lekin enkarziya lyutening umumiy ko`rinishi sariq tusda bo`Iib, qorin qismining birinchi bo`g`imidan sariq chiziq o`tgan. Enkarziyalarning havo harorati 26—30°C va nisbiy havo namligi 60—70 foiz bo`Iganda faolligi ortadi hamda oqqanotlarni yaxshi zarariaydi.
Enkarziyalaming qishlab chiqishi nimfa holatida 35—45 foizgacha bo`Iishi kuzatilgan. Bu turiar 25—30 kun hayot kechiradi va shu davr ichida 60—70 ta oqqanot lichinkasini zarariaydi. Enkarziyaning
35
bir avlodi rivojlanishi 12—14 kunni, oqqanotning rivojlanishi esa 21— 28 kunni tashkil qiladi. Bu esa enkarziyaning biologik samaradorligining oshishiga (71—90 foiz) imkon yaratadi. Asosan, 1:10 va 1:5 nisbatda tarqatish usuli ishlab chiqilgan.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin