Usim-biol p65



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə12/70
tarix20.06.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#133186
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   70
c1b50c4d7ef2b81e5d4db6ab0727de14 O`SIMLIKLARNI BIOLOGIK HIMOYA QILISH

Turkum. Pardaqanotlilar Humenoptera
Yirik turkumlardan biri. Kattaligi o`rtacha (0,2—0,5 mm), og`iz apparati kemiruvchi tipdatuzilgan. Ko`pchilikturlari boshqahasha-rotlaming turli davrlaridagi lichinkalari, g`umbaklari va tuxumlarining tekinxo`ri. Bular xalsidsimonlar, proktotruponidlarvaboshqabo`g`im-oyoqlilar bilan faol oziqlanadi.
Turkumlarikkita kenja turkumga— botiqqorinchalilarvaxipcha bellilarga bo`linadi hamda bir qator oilalarni o`z ichiga oladi. Xip-cha bellilar kenja turkumi oyoq o`ynagichi oddiy yoki ikki bo`g`imli. Lichinkalari oyoqsiz, bosh qismi kichik, oq tusda bo`Iadi. Turkum-ning 3 ta oilasi tekinxo`r hisoblanadi. Xalsidsimonlar, asl yaydoqchilar va proktotmpoidlar oilasi bunga misol bo`ladi.
Asl yaydoqchilar bosh oilasi Ichneumonoidae
Bulaming hamma vakillari hasharotlar va boshqa turli bo`g`im-oyoqlilarda tekinxo`rlik qiluvchi turlami o`z ichiga oladi. Yaydoqchilar va ixnevmonidlar ulaming asosiy vakili hisoblanadi. Lichinkalari bir qancha vaqtgacha o`z o`ljasi tanasi ichida rivojlanadi.
Ixnevmonidlar, asl yaydoqchilar (Ichneumonoidae) — parda-qanotlilar turkumiga qarashli ixnevmonidlar bosh oilasiga mansub оЦа. Bularga deyarli yirik, serharakatchan turlari kiradi. Ular ko`pchilik tangaqanotlilar, ikki qanotli va boshqa hasharotlar hamda o`simlikxo`r kanalaming ichki hamdatashqi tekinxo`ri hisoblanadi. Odatda, xo`jayin
28
tanasida yoki pillaning ichida qishlab chiqadi. Voyaga yetgan ixnev-monidlaro`simlikgulining nektari, changlari, shiralari va koksidlardan ajralib chiqadigan qiyom shudring suyuqligi (padr) bilan oziqlanadi. Asosan, quyidagi avlodlar tunlamlaming qurtida tekinxo`riik qiladi: o`roqsimon banxus (Banchus Ғ.), yaltiroq lissonota (Lissonota Crav) hamda Pimpla Ғ., Ichneumon L. kabi avlodlari. Zararii hasharotlar-ning nufuzini belgilangan me'yorda chegaralab turishda muhim ahamiyatga ega. Ba'zi biriari — yirtqich. Ulaming ko`pchiligi boshqa joydan keltirilib iqlimlashtirilgan va zararii organizmga nisbatan bio-logik kurashda unumli foydalaniladi.
Lissonota (Lissonota nitida Grav.) — asosan, don tunlamiga nisbatan qo`IIaniladi. Don tunlamining qurti oxirgi yoshlarida (7—8 yosh), ya'ni lichinkali davrining ikkinchi yoshida qishlab chiqadi. Lichinkalarining rivojlanishi mayning oxiri — iyunning boshlarida tamomlanadi. Pergamentli ko`rinishdagi yupqa parda bilan o`ralgan, to`q sariq yoki jigarrang bo`Igan yassi shakldagi pilla ichida tup-roqda g`umbakka ketadi. Voyaga yetganlarining uchib chiqishi iyun oyining uchinchi dekadasida ro`y beradi hamda don tunlami bilan deyarii bir vaqtga to`g`ri keladi. Kapalaklari qo`shimcha oziqlanadi vatuxumini 1—4 yoshgachabo`Igan o`lja qurtlaming tanasiga qo`yadi. Urg`ochilari o`rtacha 80—250 tagacha tuxum qo`yadi. Yilda bitta avlod beradi. Dala sharoitida 20—60 foizgacha don tunlamini zarariaydi.
Batiplaktist (Bathyplectes — curculionis Thoms) — respublikamiz sharoitida fitonomus lichinkalarida tekinxo`riik qiladi va ikkita bo`g`in berib rivojlanadi. Dastlabki qishlovdan chiqqan tekinxo`r mart — aprel, ikkinchi avlodi esa aprel va may oyining oxirigacha davom etadi. Urg`ochilari fitonomusning 3—4 yoshlarini zararlaydi. So`ng tana ichida rivojlangan tekinxo`r рШа o`raydi, lekin g`umbakka aylanmaydi.
Fitonomus pillasining uchida to`rsimon teshik hosil bo`Igan-ligi — voyaga yetgan tekinxo`ming uchib chiqqanligini bildiradi. Batiplektis lichinka bosqichida, pilla ichida qishlaydi. Bir gektar maydonda 8000 tagacha tekinxo`r qishlashi mumkin.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin