Usim-biol p65



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə35/70
tarix20.06.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#133186
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70
c1b50c4d7ef2b81e5d4db6ab0727de14 O`SIMLIKLARNI BIOLOGIK HIMOYA QILISH

Dendrobatsillin — bu preparat Irkutsk universiteti xodimlari tomonidan yaratilgan. Tarkibida kristall hosil qiluvchi endotoksin va sporalaribo`Igan Вас. thuringiensis bakteriyasining to`rtinchi serotipi asosida bakteriyali insektitsidli preparat. Rossiyada ishlab chiqariladi. Bir grammida 30 mlrd va 60 mlrd titrli suvda eruvchan hamda quruq kukun va pasta holida bo`Igan 20 mlrd titrli ko`rinishdagi preparatlar ishlab chiqarilmoqda. Preparat sporali-kristall qo`shilmalari 15— 60 foiz, namlovchi modda 5 foiz, sulfat-spirtli barda 20 foiz, to`Idiruvchi (каоЦп) 40 foizdan iborat.BioIogik faolligi 2000 EAgramm bo`Iib, preparatning namligi 6 foiz. Harorat 20—22°C da, 35—45 foiz namlikda 1,5 yilgacha saqlanadi. Bu davr ichida sporaning hayot-chanligi 15—20 foizga kamayadi, lekin biologik faolligi kamaymaydi.
o`zbekiston sharoitida ko`sak qurtiga qarshi gektariga 1,5—2 kg.dan sarflanganda 85—90 foiz qurtning nobud bo`Iishi kuzatilgan.
Sibirda Sibir ipakchisining ommaviy ko`payishining oldini olish uchun har yili sun'iy epizootiyalar hosil qilinadi. Dendrobatsilin Sibir ipakchisining 5—6 yoshlariga ham ta'siri yuqori bo`Iadi. Bundan tashqari, karam, sholg`om kapalaklari, karam kuyasi va bir qator sabzavot ekinlari zararkunandalariga qarshi gektariga 1,5—2 kg miqdorda sarilanadi.
Dendrobatsillin qo`llanilgan maydonlarda 8—10 kungacha o`zi-ning faoUigini yo`qotmaydi. Hosil ishlov berilgan kundan 5—6 kun va shifobaxsh o`simliklar esa 10 kundan keyin yig`ishtirib olinadi.
Gomelin — Belorus o`rmonchilik ihniy tadqiqot institutida yaratilgan. Bu preparat Bacthuringiensis (Hl) bakteriyasi asosida Rossiyada ishlab chiqariladi. Uning 1 grammida 90 va 100 mlrd titrdagi hayotchan sporalar bo`Igan (biologik faoUigi 1 grammda 2700 EA biriikka teng) tez ho`llanuvchan kukunsimon shaklida ishlab chiqariladi. Gomelinning namligi 9 foiz, preparat sporali-kristall qo`shilmasi 9—11 foiz, oziq muhitning qoldig`i 45—53 foiz, osh tuzi 7—15 foiz va to`ldiruvchi (kaolin) esa 100 foizni tashkil qiladi.
o`rmon zararkunandalari zlotoguzka, ko`k eman barg o`rovchisi, qayin ipakchisiga qarshi bir gektar maydonga 1,5—2,5 kg miqdorda konsentriangan shakldagi preparat sarilanadi. Ko`sak qurtiga qarshi
bir gektar maydonga 1 kg.dan sarilanganda biologik samaradoriigi 85—88,3 foizni tashkil qiladi. Saqlash muddati 1,5 yil.
Gomelin hasharotlarda ichak orqali ta'sir etadi. Qurilar oziq-langandan so`ng 4—5 kun ichida oziqlanishdan qoladi va 10—12 kun ichida to`liq nobud bo`Iadi. Ekinlarga ishlov berilgandan so`ng 8—10 kun davomida biologik faoUigini saqlay oladi. 5 kundan keyin yig`ishtirib olinadi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin