Usim-biol p65



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə36/70
tarix20.06.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#133186
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70
c1b50c4d7ef2b81e5d4db6ab0727de14 O`SIMLIKLARNI BIOLOGIK HIMOYA QILISH

Lepidotsid-100 — Rossiya kimyomash loyihalash ilmiy tadqiqot instituti xodimi В.М. Zurabova rahbariigida topilgan. Ta'sir qiluvchi qismi 2—52 shtammlining kristall hosil qiluvchi Вас. thuringiensis var. kurstaki (N^) bakteriyasi asosida ishlab chiqarilgan. Amerika Qo`shma Shtatlarida ishlab chiqarilgan Dipel singari ta'sir qilish xususiyatiga ega. Bu preparat konsentriangan va 1 grammida 100 mlrd hayotchan spora va biologik faoUigi 3000 EA grammga teng modda mavjud (30-rasm).
Preparatda spora kristalli qo`shilma 30—70 foiz, oziq muhitning qoldig`i 15 foiz, osh tuzi 10—30 foiz, to`Idiruvchi (kaoUn) 5—25 foizni tashkil etadi. 13°C haroratda saqlanish muddati 1,5 yil. Bu davr ichida biologik faolligini saqlagan holda 20 foizgacha hayotchan sporalar miqdori kamayishi mumkin. Laboratoriya sharoitida kalamush va sichqonlarga nisbatan ta'siri o`rgamlganda 15000 mg/kg; O 'D^^ va AK^^da esa baliqlar uchun mg// yetarii hisoblanadi. o`simlikka nisbatan ta'siri yo`q.




30-rasm. Mikrobiologik preparatlar. 81


Lepidotsid ko`pgina tangaqanotli hasharotlarga nisbatan yuqori samaraga ega. PoUz ekinlarida, kartoshka, meva va sabzavotlarga zarar
keltiruvchi turli xil zararkunandalarga qarshi keng miqyosda ishlatiladi. Shuningdek, paxta, kartoshka va sabzavot-poliz ekinlarida ОВХ-14 va ОВХ-28 rusumli moslamalar yordamida qo`IIaniladi. Tajriba natijalari shuni ko`rsatdiki, ko`sak qurtiga (2—3 yoshdagilar) har gektarga 1—1,5 kg sarf qilinganda 85,3—89,4 foizgacha biologik samara bergan. Hozirda ishlab chiqarishda foydalanish uchun tavsiya etilgan.
Dipel — bu preparat Вас. thuringlensis var. kurstaki asosida Amerika Qo`shma Shtatlarida «Abbot» firmasi tomonidan ishlab chiqariladi va besh xil ho`llanuvchan konsentrat kukuni, dust, eritmali konsentrati va donador ko`rinishidagi xo`rak shakllari mavjud. Uning bir milligrammida 16000 biologik faoliyatiga ega bo`lgan moddalar bor. Ho`Uanuvchan kukunli ko`rinishdagi yopiq konteynerlarda nisbiy namlik 30 foiz, o`rtacha harorat 20°C bo`Iganda 3 yilgacha saqlash mumkin.
Paxta yetishtirish bilan shug`ullanuvchi xo`jaliklarda g`o`zaning o`sishi davomida 2—3 yoshdagi ko`sak, ildiz qurtlari va karadrinalariga qarshi ОВХ-28 moslamasi yordamida ishlov beriladi. Sarf me'yori gektariga 2 kilogrammni tashkil etadi. 1—3 yoshdagi olma mevaxo`ri va meva kuyasining qurtlariga gektariga 1,5—2 kg miqdorda sarflanadi. Dipelning boshqa xildagi turlari hozir bizda qo`Uanilmagan. Har bir kemiruvchi zararkunandalarga qarshi kurash ishlarini ikki mar-tadan o`tkazish mumkin.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin