78 Entobakterin — bu preparat Rossiya o`simliklami himoya qilish instituti tomonidan ishlab chiqilgan bo`Iib, u Вас. thuringiensis bakteriyasining V serotipi hosilasi hisoblanadi. Entobakterin tig`iz, bir xil ko`rinishga ega bo`Igan kukunsimon modda bo`Iib, uning donachalari 0,8—1,5 mikron atrofidagi doirasimon sporalar va polimorf oqsilli qo`shilma moddalardan tashkil topgan. Uning bir grammida 30 nilrd.dan kam bo`Imagan tirik spora va shuncha miqdorda endotoksinli kristallar mavjud.
Xo`jaliklarda karam va sholg`om oq kapalagi hamda boshqa turdagi zararkunandalaming 1—2 yoshli qurtlariga qarshi gektariga 1—1,5 kg miqdorda sarflanadi. Odam va issiqqonli hayvonlarga hamda entomofaglar uchun zararsiz, lekin ipak qurti va asalarilar uchun ta'siri yuqori. Bu preparat 50 dan ortiq turdagi barg kemiruvchi (sabzavot, rezavor, bog` va o`rmon hamda g`o`za ekinlari zararkunan-dalari) hasharotlarga turii darajada ta'sir ko`rsatadi.
Biotrol (ВТВ) — AQSH mahsuloti bo`lib, «Nutrilite Products inc» fimiasi tomonidan 1957-yiIda o`simliklami mikrobiologik vositalar bilan himoya qilish rejasi asosida ishlab chiqarila boshlangan. So`ng Bacillus thuringiensis shtammlari tanlab olindi va shu (ВТВ-183) shtammlar asosida biologik insektitsidli preparat yaratildi. Bu ргера-ratning bir grammida 25 mlrd.ga yaqin hayotchan spora mavjud. Shuningdek, tamaki barg o`rovchisi, ko`sak qurti, karam kapalagi qurtiga qarshi har bir gektar maydonga 1—2 kg miqdorda sarilash tavsiya qilingan.
Baktofit — Вас. subtilis (IPM-215 shtammi) bakteriyasi asosida yaratilgan yangi bakterial preparat bo`Iib, Rossiyada ishlab chiqariladi. o`simliklarda zamburug` va bakterial kasalliklarga qarshi tavsiya etilgan. Qumq ho`IIanuvchi kukun ko`rinishda ishlab chiqariladi. Olmaning Venturia instgualis qo`ng`ir dog` va unshudring kasalligiga qarshi 0,7 foizli eritmasi bilan 3 marta ishlov berish tavsiya etiladi. Biologik faolligi uning boshqa kasalliklarga nisbatan ham raqobat qilish (antagonistik) xususiyatiga ega. Shuningdek, o`simliklarda esa antibiotik vazifasini o`taydi.
Turitsid XP— AQSHda yaratilgan bo`Iib, Вас. thuringiensis bakteriyasining uchinchi serotipi asosida ishlab chiqariladigan in-sektitsidli mikrobiologik preparat. Issiqqonli hayvonlar, asalarilar va odamlar uchun zararsiz. Eng sezuvchan o`simliklarga nisbatan ham fitotoksid ta'sir etmaydi va qoldiq miqdomi paydo qilmaydi. Ta'sir
79 qilish kuchi 16000 Aye mg.ga teng. Bir gramm preparatning tarkibida 30 mlrd.dan kam bo`Imagan tirik spora bor. Tangaqanotli hasha-rotlaming qurtlariga qarshi gektariga 0,3—2 kg miqdorda sarflanadi. Saqlanish muddati harorat 20°—23°C da bir yil.