Liderning qadriyatlar tizimidagi asosiy jihati - guruh manfaatini har narsadan ustun qo’yish, doimo guruh oldiga qo’yilgan vazifani echishga sidqidildan kirishish va bu jarayonda jamoani safarbar eta olishidir. Mehnat jamoasidagi lider avvalambor o’zining ishchanlik xususiyatlari bilan farqlanib turadi, chunki, u aynan mehnat faoliyati tufayli boshqalardan ajralib ko’zga tashlana boshlaydi. Bundan tashqari, lider, guruh manfaatini himoya etar ekan, kezi kelganda rasmiy munosabatlar tizimiga va rasmiy doiralar manfaatiga ham zid chiqa oladi. Natijada, jamoada rasmiy rahbar va norasmiy lider o’rtasida ziddiyat paydo bo’lishi mumkin. Korxona manfaatidan kelib chiqsak, jamoadagi rasmiy rahbar va norasmiy tizimda shakllanuvchi lider bir shaxs orqali ifodalanishi eng maqbul holdir.
Zamonaviy psixologiya fani, o’z yutuqlari orqali, liderga xos fazilatlar tabiati va unga erishish yo’l-yo’riqlari haqida etarlicha ma`lumot bera oladi. Shu munosabat bilan liderga xos bo’lgan jihatlarni uch toifaga kiritishimiz mumkin:
jamoa manfaatlariga yo’nalganlik;
2) kasbiy mohirlik, har qanday muammoli vaziyatda qiyinchilikni o’z bo’yniga olish va ishni oxirigacha hal etishda tashabbuskor bo’lish;
3) emotsional, hissiy jalb etuvchanlik xislatlari;
Shaxsning liderlik imkoniyatini rivojlantirishning zamonaviy yondoshuvlaridan biri, insonda shakllangan qobiliyatga suyanishni va shu qobiliyatni imkon bergan vaziyatda namoyon etilishini taqozo etadi. Bunday yondoshuv «situativ liderlik» deb atalib, unda lider deb, tan olingan shaxsning umumiy maqsadga erishish yo’lida muammoli vaziyatda o’z qobiliyatini namoyon eta olishi tushuniladi. Bu nazariyaga binoan guruh doimo bir necha liderga ega bo’lishi mumkin va kezi kelganda har bir jamoa a`zosi muammoli vaziyatni hal etadi.
XULOSA Fikrimcha, samarali foliyat olib boruvchi rahbar o’z jamoasida aynan shunday muhitni yaratishi kerakki, har bir xodim zarur vaziyatda o’z imkoniyatini ishga solish orqali muammoli vaziyatni hal etishda qatnashishi va boshqaruv jarayonida ishtirok etayotganini his qila olsin. Buning uchun jamoa, har qanday vaziyatni hal etishda chuqur mas`uliyat his etuvchi va o’z ishining ustalari bo’lgan professional xodimlarga ega bo’lishi lozim. Shu bilan birga, guruhda doimo shunday xodimlar topiladiki, ular paydo bo’luvchi ko’pgina muammoli vaziyatlarni hal eta oluvchi universal qobiliyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Sh. Sodiqova Maktabgacha pedagogika Toshkent 2013. 2. N. Qayumova Maktabgacha pedagogika Toshkent 2013 3. O‘. Xasanboyeva va boshqalar Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi Toshkent 2006 4. Ilk qadam Toshkent 2018 5. F. Qadirova Maktabgacha pedagogika 2019