Uslubiy qo„llanma toshkent–2022 kirish


I. TANISHUV AMALIYOTINING MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə2/18
tarix20.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#157941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
amaliyot

I. TANISHUV AMALIYOTINING MAQSADI VA VAZIFALARI


Tanishuv amaliyotining maqsadi talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyat haqida boshlang„ich ma‟lumotlarni olish hamda nazariy bilimlarini mustahkamlashdan iborat.
Talabalar tomonidan O„zbekiston Respublikasi O‟zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy bo‟linmalari, ya‟ni moliya bo‟limi ning tashkiliy tuzilishini o„rganish, ish faoliyati haqida dastlabki bilimlarni egallashi amaliyotning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Shu bilan birga amaliyot davrida talabalar Moliya vazirligining va uning hududiy bo„limlarining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok etib borishlari maqsadga muvofiqdir.
II. TANISHUV AMALIYOT DAVRIDA TALABANING ISH JOYI VA VAQTNING TAQSIMLANISHI
Tanishuv amaliyotning dastlabki kuni moliya bo‟limining tashkiliy tuzilishi, bo„limlar ish faoliyati bilan tanishishdan boshlanadi. Moliya bo‟limi (boshqarmasi) mas‟ul xodimi amaliyotchiga bo„limning ichki intizomi, bo„limlarning ish faoliyati va jamoat ishlari to„g„risida qisqacha ma‟lumot beradi. Amaliyot tuman (shahar) moliya bo‟limining barcha bo‟lim va sho‟balari (ikkita bo‟lim va beshta sho‟ba)da o„tkaziladi. Talabadan amaliyot o„tash davomida amaliyot o„tiladigan har bir ish o„rniga oid amaldagi huquqiy-me‟yoriy hujjatlar, ularda foydalanilayotgan axborotkommunikatsiya vositalari, “UzASBO” DM, “DMBAT” zamonaviy veb-
texnologiyalarni qo„llash asosida ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan dasturlari bilan tanishib chiqish talab etiladi.
Talabalarning tanishuv amaliyotini o„tash davri o„quv jarayoni jadvali asosida belgilanib, quyidagicha taqsimlanadi:
1-jadval Amaliyot kunlari bo'yicha mavzular va ularning taqsimoti



Amaliyot ish joyi

Ish kunlari soni

1.

Moliya bo‟limining vazifalari, tashkiliy tuzilishi, funksiyalarini o‟rganish

3

2.

Mahalliy byudjetni shakllantirish, byudjet tashkilotlarini moliyaviy ta‟minlash bo‟limi faoliyati bilan tanishish

3

3.

Moliya bo‟limining byudjetning daromadlar bazasini mustahkamlash va byudjetlararo munosabatlar bo‟limi faoliyatini o‟rganish

4

4.

Moliya bo‟limining davlat maqsadli dasturlari monitoring sho‟basi faoliyati bilan tanishish

3

5.

Moliya bo‟limining obodonlashtirish, kommunal va yo‟l xo‟jaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta‟minlash sho‟basi faoliyatini o‟rganish

3

6.

Moliya bo‟limining qishloq xo‟jaligida bozor mexanizmlarini joriy etish va tomorqa yerlarini
rivojlantirish sho‟basi faoliyati bilan tanishish

4

7.

Moliya bo‟limining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sho‟basi faoliyatini o‟rganish

3

8.

Moliya bo‟limining byudjet ijrosi va hisobi sho‟basi faoliyati bilan tanishish

4

9.

Moliya bo‟limining faoliyatini tartibga soluvchi me‟yoriyhuquqiy hujjatlar bilan tanishish

3



Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin