VI. TALABANING TANISHUV MALAKAVIY AMALIYOTI BO„YICHA OLGAN BILIM-KO„NIKMASINI BAHOLASH TARTIBI VA MEZONLARI Amaliyot daftarida tanishuv malakaviy amaliyoti yuzasidan xulosalar har bir mavzu bo„yicha alohida yoziladi. Har bir mavzu bo„yicha xulosalar yozishda jamlangan ma‟lumotlar asosida jadval va rasmlar (diagramma va grafikalar)dan foydalanish maqsadga muvofiq.
Tanishuv malakaviy amaliyoti tugagandan so„ng, talaba tomonidan 3 ish kuni ichida talaba tomonidan to„ldirilgan, oxirgi sahifasida hududiy moliya organidan berilgan xulosa rasmiylashtirilgan amaliyot daftarini kafedradan ro„yxatdan o„tkazadi.
Tanishuv malakaviy amaliyoti bo„yicha talabaning olgan bilim-ko„nikmasini baholash orqali talabaning nazariy jihatdan olgan bilimlari, mustaqil fikrlay olish qobiliyati, uning dunyoqarashi, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog„lay olishi, amaliy bilim darajasi alohida hisobga olinadi. Amaliyot bo„yicha talabaning bilimko„nikmasi 100 ballik tizimda baholanadi va natijasi institutdan biriktilgan rahbar tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtiriladi.
2 -jadval
Amaliyot daftari talaba tomonidan to„liq va to„g„ri rasmiylashtirilishi, barcha savollarga javob bera olishi, talaba amaliyot daftarida ma„lumotlarni tahlil etishi va mustaqil bayon etishi hamda barcha bajargan ishlari bo„yicha yakuniy fikr va xulosalar bildira olishi, huquqiy-me‟yoriy hujjatlarning mazmunini yorita olishi va u bo„yicha o„zgarishlarni tushuntira olishi