V. TANISHUV MALAKAVIY AMALIYOTI BO„YICHA HUDUDIY MOLIYA
ORGANLARI VA INSTITUT TOMONIDAN TAYINLANGAN RAHBARLARNING MAJBURIYATLARI
Hududiy moliya organlari tomonidan tayinlangan rahbarning majburiyatlari Talabalar amaliyot o„tashi uchun hududiy moliya organlari rahbarining tegishli buyrug„i bilan qabul qilinadilar va ularga amaliyot rahbari tayinlanadi. Amaliyot bo„yicha rahbar amaliyot davri mobaynida talabaning amaliyot o„tashini nazorat qilib borishi talab qilinadi.
Hududiy moliya organlarining rahbariyati tomonidan tasdiqlangan grafik asosida amaliyot rahbari talabaning amaliyoti davomida bir b„limdan ikkinchi bo„limga joylashtiradi va nazorat qilib turadi. Har bir belgilangan bo„limda amaliyotga hududiy moliya organlari tomonidan tayinlangan mas‟ul xodim rahbarlik qiladi.
Hududiy moliya organlari tomonidan tayinlangan rahbar amaliyotni tashkil qilishda, talabaga amaliy ma‟lumotlar, ish hujjatlarini yoki nusxalarini to„plashga yordam beradi.
Amaliyot rahbari talabaning amaliyot daftarida belgilangan ishlarni o„z vaqtida to„liq bajarilishini, har kuni bajarayotgan ishlarini amaliyot daftarida yozib borishini nazorat qiladi, imzosi bilan tasdiqlab boradi. Amaliyot tugagandan so„ng, talabaning amaliyot davridagi faoliyati bo„yicha xulosasini amaliyot daftariga yozib beradi.
Institut tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarining majburiyatlariInstitutdan tayinlangan rahbarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
talabaning amaliyotga chiqishidan avval suhbat o„tkazish va amaliyot o„tash tartibini tushuntirish;
amaliyotni o„tash holati, talabaning bajarayotgan ishi, amaliyotga qatnashish davomatini nazorat qilib borish;
amaliyot daftarining to„liq hajmda bajarilishi, amaliyotni o„z muddatlarida o„tashini nazorat qilish, kamchiliklarini bartaraf etish bo„yicha chora-tadbirlar ko„rish;
amaliyot daftarini to„liq va to„g„ri to„ldirilayotganligini, rasmiylashtirilishini nazorat qilib borish;
amaliyot daftarining alohida ajratilgan joyida talabaning amaliyotni o„tashi va olgan ko„nikmalari haqida yozma ravishda o„z xulosasini berish;
amaliyot so„nggida talabaning amaliyot davomida orttirgan ko„nikmasini baholash.