6-mavzu. Moliya bo‟limining qishloq xo‟jaligida bozor mexanizmlarini joriy etish va tomorqa erlarini rivojlantirish sho‟basi faoliyati bilan tanishish Ushbu mavzu bo„yicha talaba moliya bo‟limining qishloq xo‟jaligida bozor mexanizmlarini joriy etish va tomorqa yerlarini rivojlantirish sho‟basi faoliyati, vazifalari va funksiyalarini o„rganadi hamda o„rganish natijasida jamlangan ma‟lumotlar asosida xulosalar yozadi.
7-mavzu. Moliya bo‟limining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sho‟basi faoliyatini o‟rganish
Ushbu mavzu bo„yicha talaba moliya bo‟limining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sho‟basi faoliyati, vazifalari va funksiyalarini o„rganadi hamda o„rganish natijasida jamlangan ma‟lumotlar asosida xulosalar yozadi.
8-mavzu. Moliya bo‟limining Byudjet ijrosi va hisobi sho‟basi faoliyati bilan tanishish
Ushbu mavzu bo„yicha talaba moliya bo‟limining Byudjet ijrosi va hisobi sho‟basi faoliyatini o‟rganish faoliyati, vazifalari va funksiyalarini o„rganadi hamda o„rganish natijasida jamlangan ma‟lumotlar asosida xulosalar yozadi.
9-mavzu. Moliya bo‟limining faoliyatini tartibga soluvchi me‟yoriy-huquqiy hujjatlari bilan tanishish
Ushbu mavzu bo„yicha talaba moliya bo‟limining faoliyatini tartibga soluvchi me‟yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishadi. Shuningdek, amaliyot obyektining moliyaviy faoliyati bilan bog„liq bo„linmalar xodimlarining vazifalari, majburiyatlari va huquqlarini tartibga soluvchi hujjatlarni o„rganadi hamda o„rganish natijasida jamlangan ma‟lumotlar asosida xulosalar yozadi.
IV. TANISHUV AMALIYOTINI O„TASH JARAYONIDA TALABANING
MAJBURIYATLARI
Tanishuv amaliyotni o„tash davrida talaba tegishli moliya bo‟limida o„rnatilgan ichki ish tartib-qoidalariga qat‟iy rioya qilishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi kerak. Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va tanishuv sanitariyasi qoidalarini o„rganishi va qat‟iy rioya qilishi zarur. Amaliyot o„tayotgan talaba amaliyot dasturida ko„rsatilgan barcha vazifalarni bajarishi, yo„riqnoma, xatlar va boshqa barcha huquqiy-me‟yoriy hujjatlar hamda ulardagi o„zgarishlar bilan tanishib borishi lozim. Amaliyot davomida talaba kafedra tomonidan berilgan amaliyot daftarini yuritib, unda har kuni bajargan ishlarini yoritib borishi lozim. Amaliyot daftarida bajarilgan ishlar quyidagi shaklda yozib boriladi:
Har bir ish kunining oxirida shu kungi amaliyot uchun rahbarlik qilgan moliya bo‟limining mas‟ul xodimi talabaning bajargan ishlarini amaliyot daftariga o„z imzosini qo„yishi orqali tasdiqlaydi.
Talaba moliya bo‟limida amalga oshirgan kunlik amaliyot ishlarini umumlashtirib, hisobot daftariga yozib boradi. Hisobot daftari tarkibi quyidagilardan iborat:
so„rovnoma1;
kirish; har bir bo„limda ko„rib chiqilishi lozim bo„lgan mavzular va savollar to„liq
ochib berilgan amaliyot natijalari; amaliy ma‟lumotlar;
har-bir mavzu tugagandan so„ng amalyot obyekti tomonidan muhr va rahbar
imzosi.