Ўқув машғулотида таълим технологияси модели


Reja: Оq asоsiy va qizil asosiy sardaklarni tayyorlash



Yüklə 37,99 Mb.
səhifə12/83
tarix02.10.2023
ölçüsü37,99 Mb.
#151598
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83
OSHPAZLIK TAOMLARINI TAYYORLASH Amaiyot

Reja:

  1. Оq asоsiy va qizil asosiy sardaklarni tayyorlash.

  2. Garnirlarni tayyorlash.

  3. Pishloqli makaronlar taоmini tayyorlash.

Taomning qo’shimcha tarkibiy qismi qay la (vaju) deb ataladi. U yarim quyuq holatda bo’lib, ovqat tayyorlash jarayonida foydalaniladi yoki ta’mi va hidini yaxshilash uchun tayyor taomga qo’shib beriladi. Qaylalar ko’pgina issiq va yaxna taomlarga qo’shimcha hisoblanadi. Ularning ahamiyati shundan iboratki, ovqatning mazasini xilma-xil qiladi,unga quyuqroq shira beradi, quvvatini oshiradi, chunki ularning tarkibida sariyog’, smetana, tuxum, un va boshqa mahsulotlar bo’ladi. Vajudagi oqsil moddalar, yog’lar va uglevodlarni organizm oson hazm qiladi.


Ko’pgina vajular tarkibida ta’m beruvchi moddalar, ziravorlar, xushbo’y qiladigan narsalar miqdori talaygina bo’ladi, ular ovqat hazm qilish organlariga ishtahani ochadigan ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib, qaylalar ishtaha ochilishiga va ovqatning yaxshiroq hazm bo’lishiga yordam beradi. Qaylalar tayyorlangan ovqatning tashqi ko’rinishini yaxshilaydi, negaki ularning aksariyati yorqin rangda bo’lib, asosiy masalliqlarning rangidan ajralib turadi. Taomga vajuni to’gri tanlash katta ahamiyatga ega.
Qayla tayyorlash uchun stolga qo’yiladigan kichik qozonlardan, maxsus ko’chmas qozonlardan, shuningdek qaylalarning tagi olmasligi uchun tagi qallin kastrulka va chuqur tovalardan foydalaniladi. Bulardan tashqari, tunuka tovalar, chilcho’plar, elaklar, suzg’ichlar, cho’michlar, kapgirlar va boshqa anjomlar ham ishlatiladi. Ayrim qaylalar tayyorlash asnosida uzoq vaqt va yaxshilab ko’pchitishni talab qiladi, shuning uchun issiq taomlar yoki qayla sexida ko’pchitadigan mashina bo’lishi kerak. Agar taomga qayla alohida idishda beriladigan bo’lsa, u porsiyali maxsus idishga solinib, taqsimchadagi ovqatning yoniga qo’yiladi. Qayla ovqat bilan birga berilishi ham mumkin. Bir porsiya ovqatga 50,75,100 g qayla (ayrim hollarda 25 g) suzib beriladi.

Yüklə 37,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin