Ўқув машғулотида таълим технологияси модели


Meva ekstraktlari asosida konsentratdan kisel tayyorlash



Yüklə 37,99 Mb.
səhifə83/83
tarix02.10.2023
ölçüsü37,99 Mb.
#151598
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
OSHPAZLIK TAOMLARINI TAYYORLASH Amaiyot

Meva ekstraktlari asosida konsentratdan kisel tayyorlash. Kisel klyukva, olcha, qulupnay, meva ekstrakti asosida tayyorlanadi. Bulardan tashqari, kisel tarkibiga shakar va kartoshka kraxmali ham kiritiladi.
Quruq kisel kukuni yoki oldindan ezg'ilab maydalangan briket kukuni teng miqdordagi sovuq suv bilan yaxshilab aralashtiriladi va aralashtirib turgan holda qaynab turgan suvga quyiladi, shakar hamda limon kislotasi qo'shiladi. Kisel qaynaguncha qizdiriladi va odatdagi usulda quyib beriladi.
Ishlatiladigan masalliqlar miqdori (g): konsentratdan tayyorlangan kisel - 120, shakar - 75, limon kislotasi - 1, suv - 930. Tayyor mahsulot chi- qishi- 1000.
Limon jelesi. Jele tarkibiga shakar, ovqatga yaroqli jelatin, limon kislotasi, essensiya, ovqatga yaroqli rang beruvchi moddalar kiradi. Jele 100 g og'irlikdagi qutichalarda ishlab chiqariladi. Quticha ichidagi narsa idishga solinib, ustidan qaynatilgan sovuq suv 1:4 nisbatda quyiladi. Jele shishishi uchun 40-50 min suvda tutib turiladi, keyin suvni aralashtirib turgan holda jelatin batamom eriguncha qizdiriladi, ammo qaynatilmaydi. Eritma suzg'ichdan o'tkazilib, qolipchalarga quyiladi va butkul quyulgunga qadar sovuq joyda saqlanadi. Odatdagi usulda suzib beriladi.
Shirin taomlar sifatiga qo'yiladigan talablar.
Ularni saqlash muddatlari
Shirin taomlar sifati ulaming tashqi ko'rinishi, mazasi, hidi, quyuq- suyuqligiga qarab baholanadi. Ovqatda begona ta'm va hid bo'lishiga, shakar kam bo'lishiga va quyuq-suyuqligi ushbu taom turiga mos kelmasligiga ruxsat etilmaydi. '
Tabiiy holda foydalanish uchun yaxshi pishgan, sifatli, yaxshilab yuvilgan mevalar tanlab olinadi.
Nazorat savollari:

  1. Issiq shirin taomlar deb qanday taomlarga aytiladi?

  2. Guruchli pudding nima?

O’ A Oshpazlik taomlarini tayyorlash fanidan o’quvchilar bilimini baxolash mezoni



T/r

Mezonlar




1

Olgan bilimlarni ishlab chiqarishda qo’llay oladigan bu fanni boshqa fanlar bilan bog’lay oladigan mustaqil ish va vazifalarni to’liq bajargan va yangilik kiritishga intilgan har jixatdan boshqa o’quvchilarga o’rnak bo’ladigan

5

2

O’quv ko’rgazmali qurollardan foydalana oladigan olgan bilimlarni xalq xo’jaligidagi o’rnini to’g’ri tushungan mustaqil fikirlay oladigan, olgan bilimlarini tushuntirib bera oladigan

4

3

Darslarda 95% gacha qatnashgan ma’ruza matnini yozgan o’quv qurollari to’liq bo’lgan adabiyotlardan foydalanishni bilgan

3

4

Ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko’nikmalarni 55%dan kam o’zlashtirgan o’quvchilar

2

Izoh: o’quv dasturining mantiqan tugallangan bo’limi bo’yicha o’quvchi albatta baxolanadi va natijasi o’tish balidan (3 baxo) past bo’lganda qayta nazorat belgilanadi


Yüklə 37,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin