Tabiiy yangi mevalar Mevalar tarkibida qand moddasi, vitaminlar, organik kislotalar, mineral tuzlar va hokazolar bo'lgani uchun ovqatlanishda muhim o'rin tutadi. Yangi mevalar pishgan bo'lsagina ovqatga ishlatiladi.
Yangi mevalar. Mevalar saralanib, poyachalari, mevabandlari olib tashlanadi, qaynatilib, sovitilgan suvda 2-3 min qoldirib yuviladi, aralashtiriladi, chayiladi, chovli yoki elakka solinib suvi silqitiladi. Agar mevalar juda ifloslangan bo'lsa, bir necha marta yuviladi. Qurigan (suvi silqitilgan) mevalar suzib berish oldidan ko'ra, desert taqsimchasi, kremankaga solinadi. Mevalarga shakar yoki tozalangan qand kukuni sepib berilishi mumkin. Uzum bir boshdan solinadi va shakar sepmasdan beriladi. Yertut (zemlyanika) qulupnay, xo'jag'at (malina) smetana, sut, ko'pirtirilgan qaymoq yoki yogurt bilan suzib beriladi.
Yangi tarvuz, qovun. Bular yuvilib, suvi silqitiladi (quritiladi), uzunasiga ikkiga ajratilib, bar bir bo'lagi tilimlarga, yiriklari esa karchlarga kesib bo'linadi. Tarvuz va qovunlaming po'sti va urug'ini olib tashlash mumkin. sovitilgan holatda beriladi. Alohida idishda tozalangan qand kukuni yoki shakar berish mumkin (bir porsiyaga 15 g).
Tarvuz yoki qowmning qalin bo'laklaridan o'ygich yordamida zoldirlar shaklida go'shti kesib olinishi mumkin. Shaffof ko'raga (vazaga) solib beriladi.
Meva salatlar ham tayyorlanadi.
Qovun salat. Tarvuz va qovim go'shtidan zoldirlar shaklida kesib olingan bo'laklar qulupnay bilan aralashtirilib, shaffof porsiyali salatdonga solinadi, ustiga limon yoki apelsin sharbati quyib, yalpiz barglari bilan bezatib beriladi.
Meva desert. Uni taj^orlash uchun bir necha xil mevalardan, shu jumladan ekzotik mevalardan ham foydalaniladi. Ananasning ustki qismi va tagi kesib tashlanadi, silindrsimon o'ygich yordamida o'zagi kesib olinadi- da, go'shti pallachalarga kesib bo'linadi. Kivi qattiq mevalaming tagi tomonidan kesilib, yupqa po'stidan tozalanadi, pallacha yoki doiracha qilib to'g'raladi. Uncha katta bo'lmagan mango mevalari uzunasiga teng bo'lmagan ikki bo'lakka kesib ajratiladi, ichki pallachasi danagi bilan birga olib tashlanadi. Bo'laklaming har biri kubik qilib to'g'raladi va kesiklarini tashqariga o'girib, ajratib olinadi. Bananlar tozalanadi va pallacha qilib to'g'raladi. Anor mevasi bo'laklarga bo'linib, donlari ajratib olinadi Chiroyli pastak ko'raga pallacha, doiracha, kubik qilib kesilgan ananas, kivi, tarvuz, mango, apelsin, banan bo'laklari doira bo'yicha terib chiqiladi. Ustiga yarim bo'lak xurmo, anor donlari, yalpiz barglari qo'yib bezatiladi va muz kubiklari bilan beriladi.